135
davrlarda shakllana boshlagan. Hozirgi kunda esa jahon bozorida
ishtirok etmaydigan mamlakatning o‘zi yo‘q hisob. Jahon bozori ta’sirida
mamlakatlar o‘rtasida ixtisoslashuv jarayonlari o‘ta chuqurlashib ketdi.
Jahon bozori ichida tovar,
ishchi kuchi, kapital va valuta bozorlari
shakllandi. Jahon bozorida rivojlangan mamlakatlar yetakchi o‘rin tutadi.
Ular ko‘proq tayyor mahsulotlar va texnologiyalar bilan qatnashadilar.
Rivojlanayotgan mamlakatlar esa ko‘proq xom ashyo va ishchi kuchi bilan
jahon bozorida qatnashadilar. Lekin so‘nggi
yillarda Xitoy, Hindiston
kabi rivojlanayotgan mamlakatlarning tayyor mahsulot va texnologiyalari
ham yetakchi o‘rinlarni egallab bormoqda.
Bir davlatda neft konlari bor, ikkinchisida esa yo‘q. Ikkinchi davlatda
temir konlari ko‘p, birinchisida esa yo‘q. Tabiiy resurslarning
bunday notekis
taqsimlanishi bu davlatlarni bir-biri bilan savdo-sotiq qilishga undab turadi.
Rossiyada o‘rmonlar ko‘p bo‘lib, yog‘ochsozlik sanoati taraqqiy
etgan. O‘zbekistonning tabiiy iqlim sharoiti paxta yetishtirishga juda
qulay bo‘lib, respublikamizda paxtachilik juda rivojlangan. Paxtani
Rossiyaning iqlimi issiqroq bo‘lgan janubiy hududlaridagina
yetishtirish
mumkin. Lekin hosildorlik juda kam bo‘ladi. O‘zbekistonda esa yangi
o‘rmonlarni tashkil qilish juda qimmatga tushadi. Demak, O‘zbekiston
paxta yetishtirishda, Rossiya yog‘ochsozlikda mutlaq ustunlikka ega.
Shuning uchun Rossiya iqtisodiyoti yog‘ochsozlikka, O‘zbekiston
iqtisodiyoti esa paxtachilikka ixtisoslashadi. Ya’ni har bir davlat nisbatan
arzonga tushadigan mahsulot turini ishlab
chiqaradi va bir-biri bilan
ularni ayirboshlaydi. Bunday ixtisoslashuvdan har ikkala davlat ham
manfaat ko‘radi va shu bois o‘zaro savdo-sotiq qiladi. Mutlaq ustunlik
tamoyili asosida davlatlarning ixtisoslashuvi yer
yuzidagi bor resurslardan
tejamli va samarali foydalanishga olib keladi. Unga ko‘ra har bir davlat
qaysi tovarni boshqa davlatlarga qaraganda kamroq resurslar sarflab ishlab
chiqara olsa, o‘sha tovarni ishlab chiqarishga ixtisoslashishi lozim.
Mutlaq ustunlik nazariyasini Adam Smit aniq ifodalab bergan.
Unga ko‘ra, mamlakatlar o‘zlarida boshqa
mamlakatlardagiga nisbatan
kamroq xarajat qilib ishlab chiqariladigan tovarlarni eksport qiladilar,
boshqa mamlakatlarda o‘zlaridagiga nisbatan kamroq xarajat qilib ishlab
chiqariladigan tovarlarni import qiladilar.
Dostları ilə paylaş: