136
Ishlab chiqarishga ketgan ishchi kuchi sarfi, soatda
1-mamlakatda
2-mamlakatda
Plastmassa idish
10
20
Elektr lampochkasi
30
40
Unga ko‘ra, 1- mamlakatda bir dona elektr lampochkasi va bir dona
plastmassa idish ishlab chiqarish uchun 2- mamlakatdagiga qaraganda kam
ish vaqti sarflanadi, ya’ni 1- mamlakat bu
sohalarda mutlaq ustunlikka
ega. Lekin 1- mamlakatda elektr lampochkasi ishlab chiqarishning
muqobil qiymati 30 : 10 = 3 dona plastmassa idishni, 2- mamlakatda esa
40 : 20 = 2 dona plastmassa idishni tashkil qiladi. Demak, 2-
mamlakat
elekrt lampochkasi ishlab chiqarishda 1- mamlakatga nisbatan nisbiy
ustunlikka ega. Ikkinchi tomondan, 1- mamlakat plastmassa idish
ishlab chiqarishda 2-mamlakatga nisbatan nisbiy ustunlikka ega.
Chunki
bir dona plastmassa idishni ishlab chiqarishning muqobil qiymati
1- mamlakatda 10 : 30 = 1/3 ta elektr lampochkasini, 2- mamlakatda
esa 20 : 40 = 1/2 ta elektr lampochkasini tashkil qiladi.
Shu bois, agar
1- mamlakat plastmassa idish ishlab chiqarishni o‘zida tashkil qilib,
2- mamlakatga sotsa va elektr lampochkasini 2- mamlakatdan sotib
olsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Chunki elektr lampochkasi ishlab
chiqarishning muqobil qiymati 1- mamlakatda 2- mamlakatga qaraganda
yuqori.
Xuddi shuningdek, 2- mamlakat elektr lampochkasini ishlab
chiqarishni o‘zida tashkil qilib, 1- mamlakatga sotsa va plastmassa idishni
1-
mamlakatdan sotib olsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Demak, har bir
davlat muqobil qiymati boshqa davlatlardagiga nisbatan kam bo‘lgan
tovarni ishlab chiqarib, chetga sotishi lozim.
Nisbiy ustunlik nazariyasi
buyuk ingliz iqtisodchi olimi David Rikardo tomonidan yaratilgan.
Ingliz iqtisodchisi David
Rikardoning shoh asari
“Siyosiy iqtisod va soliq solish qoidalari” deb ataladi.
Rikardoni iqtisodiyot olamida Adam Smitdan keyingi
eng taniqli olim sifatida tan olishadi.
Rikardoning ilmiy izlanishlari xalqaro bozordagi
savdo erkinligi masalalariga qaratilgandir. U hozirgi
zamon iqtisodchilari nisbiy
ustunlik qoidalari deb
ataydigan konsepsiyani birinchi bo‘lib ilgari surdi.
Rikardo olim sifatida xalqaro savdoni tariflar va
boshqa sun’iy to‘siqlardan iloji boricha xoli qilish
David Rikardo
(1772 – 1823)
mamlakatlar iqtisodiyoti uchun foydali ekanini asoslab bergan.
http:eduportal.uz