9 – E. Sariqov, B. Xaydarov
140
Davlat milliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash
maqsadida,
imtiyozli qarz va soliq imtiyozlari berib, mamlakatda ishlab chiqarilgan
mahsulotlarning chetdan keltirilgan mahsulotlardan arzon bo‘lishini
ta’minlashi mumkin. Davlat tomonidan o‘rnatiladigan
bunday cheklash-
lar va chora-tadbirlar
proteksionizm
deb ataladi. Bunday siyosat, iqtisodi-
yotning tanazzuldan so‘ng
tiklanayotgan paytlarda, vaqtinchalik majburiy
chora sifatida qo‘llanishi mumkin. Lekin keyingi paytlarda, tashqi savdoga
bir davlat qo‘ygan to‘siqqa javoban boshqa davlatlar ham qarshi choralarni
qo‘llash hollari tez-tez uchrab turibdi. Masalan, 2018- yili AQSH po‘lat
ishlab chiqaruvchi mahalliy kompaniyalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida,
po‘lat importi bojini 25% belgiladi. Bunga javoban, Rossiya yo‘l-qurilish
texnikasi, neft-gaz uskunalari va optik tola importiga 25-40% boj belgiladi.
Tashqi savdoni erkinlashtirish
deganda unga qo‘yilgan cheklovlarni
yengillashtirib borib, umuman olib tashlash tushuniladi. Ayni paytda,
respublikamiz tashqi savdoni erkinlashtirish yo‘lidan bormoqda.
Tashqi savdoni cheklash bo‘yicha davlatlar o‘rtasidagi “janglar”dan
ravshanki, har ikkala tomon ham yutqazadi. Shunday ekan,
davlatlar
jahon bozorini hamjihatlikda, kelishgan holda boshqarib turishlari maq-
sadga muvofiq bo‘ladi. Shu maqsadda, 23 davlat tomonidan 1947- yili
GATT — Savdo va tariflar to‘g‘risidagi bosh kelishuv imzolandi.
Bu kelishuvga qo‘shilgan davlatlar o‘zaro
teng sharoitlarda savdo
qilishga, import kvotalarini bekor qilishga, bojlarni kamaytirishga kelishib
olishdi.
Hozirda bu kelishuv 130 dan ortiq davlatlar tomonidan imzolangan.
Endilikda bu kelishuv a’zolari WTO — Butunjahon savdo tashkilotiga
Dostları ilə paylaş: