143
Ikki davlat bir-biri bilan import – eksport savdo-sotiq aloqalarini
olib borar ekan, birinchi davlatning ikkinchi davlat valutasiga, ikkinchi
davlatning birinchi davlat valutasiga ehtiyoji paydo bo‘ladi. Bu esa har bir
davlat valutasiga nisbatan, xuddi tovarlarga bo‘lganidek,
talab va taklifini
keltirib chiqaradi. Davlat valutasining kursi unga bo‘lgan talab va taklifga
nisbatan shakllanadi. Davlatdan eksport qilinadigan tovarlar hajmiga
qarab, davlat valutasiga bo‘lgan talab shakllanadi. Davlatdan ko‘p tovar
eksport qilinsa, davlatning valutasiga bo‘lgan talab ham oshadi.
Davlat
valutasining taklifi esa bu davlatning boshqa davlatdan sotib olmoqchi
bo‘lgan import tovarlarining hajmidan kelib chiqib shakllanadi. Davlat
uchun qancha ko‘p import tovarlari kerak bo‘lsa, davlat valutasining
taklifi ham shuncha ko‘p bo‘ladi.
Valuta kursining o‘zgarishiga, odatda, unga bo‘lgan
talab va taklifning
o‘zgarishi sabab bo‘ladi. Agar Rossiyaning O‘zbekiston tovarlariga bo‘lgan
talabi O‘zbekistonning Rossiya tovarlariga bo‘lgan talabidan kamaysa,
Rossiya rublining O‘zbekiston so‘miga nisbatan kursi ko‘tariladi. Ya’ni
Bilasizmi?
O‘zbekiston Respublikasida xorijiy valutalarning so‘mga nisbatan
kursini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilab beradi.
Tijorat banklari esa Markaziy bank belgilagan kursdan kelib chiqib
jismoniy yoki yuridik shaxslardan valutani sotib olish va sotish kursini
belgilashadi. Shuning uchun ham turli tijorat banklardagi valutani
sotib olish yoki sotish kurslari farqlanishi mumkin. Masalan, 2019- yil
7- iyul kuni Turonbank 1 AQSH dollarini 8430 so‘mdan
sotib olib,
8480 so‘mdan sotsa, Uzkomstroybank 8560 so‘mdan sotib olib, 8600
so‘mdan sotgan.
Dostları ilə paylaş: