141
1. Mamlakatlar tashqi savdoni nima sababdan cheklashga majbur
bo‘ladilar?
2. Tashqi savdoni qanday usullar bilan cheklash mumkin?
3. Tashqi savdoni cheklashga qaratilgan har bir chora-tadbirning ijobiy
va salbiy tomonlarini tahlil qiling.
4. Tashqi savdoni cheklashdan kim zarar va kim foyda ko‘radi?
5. Xalqaro iqtisodiy tashkilotlar nima maqsadda tuziladi?
6. Qanday xalqaro iqtisodiy tashkilotlarni bilasiz?
BILIMINGIZNI SINAB KO‘RING!
Topshiriq
Taxminan bir xil sifatdagi tovar birinchi mamlakatda 1000 AQSH
dollari, ikkinchi mamlakatda esa 800 AQSH
dollari tannarxida ishlab
chiqarilsin.
1. birinchi mamlakat va ikkinchi mamlakat o‘rtasidagi erkin savdo-
sotiqdan: a) ikkinchi mamlakat fuqarolari; b) birinchi mamlakat
hukumati; d) ikkinchi mamlakat ishlab chiqarish kompaniyalari;
e) birinchi mamlakat ishlab chiqarish
kompaniyalaridan qaysi biri
ko‘proq manfaatdor bo‘ladi? Nega?
2. birinchi mamlakat hukumati bu sharoitda, sizningcha, qanday
chora-tadbirlarni ko‘rishi lozim?
3. Faraz qilaylik, birinchi mamlakat hukumati ikkinchi
mamlakatning
har bir tovariga 300 AQSH dollari soliq belgiladi. birinchi mamlakat
bozorida qanday o‘zgarishlar yuz berishi mumkin? Bu qarordan:
a) birinchi mamlakat iste’molchilari; b) birinchi mamlakat
hukumati; d) birinchi mamlakat ishlab chiqarish kompaniyalari;
e) ikkinchi mamlakat ishlab chiqarish kompaniyalaridan qaysi biri
ko‘proq zarar ko‘radi? Javobingizni asoslang.
birlashishgan. XX asrda xalqaro savdo-sotiqning rivojlanishi qator
davlatlar iqtisodiyotining keskin o‘sishiga olib keldi.
Shu tufayli Yevropa
davlatlari Yevropa Ittifoqini tuzishdi. Hozirda Yevropa Ittifoqiga
ko‘pchilik Yevropa davlatlari a’zo bo‘lib, ular o‘rtasidagi barcha savdo
to‘siqlari olib tashlangan. 2002- yil yanvaridan boshlab, bu davlatlarda
umumiy pul birligi — yevro muomalaga kiritildi. Janubiy-Sharqiy Osiyo
mamlakatlari assotsiatsiyasi (ACEAN) ham iqtisodiy hamkorlik tashkiloti
bo‘lib,
unga Indoneziya, Malayziya, Filippin, Singapur, Tailand va
Bruney davlatlari kiradi.
http:eduportal.uz
142
Aytaylik, tadbirkor Yevropa davlatlari bo‘ylab xizmat safariga otlandi.
Albatta, unga safar xarajatlari uchun xorijiy davlat valutasi —
yevro kerak
bo‘ladi. Tadbirkor O‘zbekiston so‘mini yevroga almashtirish uchun Milliy
bankning valuta ayirboshlash shoxobchalaridan biriga bordi va devorga
osig‘liq turgan, yuqorida tasvirlangan jadvalga ko‘zi tushdi.
1. Agar u yigirma million so‘mni: a) yevroga; b) AQSH dollariga;
d) ingliz funt sterlingiga almashtirmoqchi bo‘lsa, unga qancha chet
el valutasini berishadi?
2. Agar
u safardan qaytib kelib, ortib qolgan 200 yevroni so‘mga
almashtirmoqchi bo‘lsa, unga bankda qancha so‘m berishadi?
Dostları ilə paylaş: