Boshlang’ich sinflarda xalq og’zaki ijodining tarbiyaviy ahamiyati kubayeva Nazira Abdullayevna Toshkent viloyati Angren shahri



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix01.10.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#125228
  1   2   3
boshlang-ich-sinflarda-xalq-og-zaki-ijodining-tarbiyaviy-ahamiyati



[457] 
BOSHLANG’ICH SINFLARDA XALQ OG’ZAKI IJODINING TARBIYAVIY 
AHAMIYATI 
Kubayeva Nazira Abdullayevna 
Toshkent viloyati Angren shahri 
7- umumta’lim maktabi 
Boshlang’ich sinf o’qituvchisi 
 
Annotatsiya: 
Ushbu maqolada boshlang’ich sinf o’qish darslarida xalq og’zaki ijodi orqali 
o’quvchilar tafakkurini o’stirish, ma’naviy dunyosini shakllantirishning tarbiyaviy 
ahamiyati xususida so’z yuritilgan. 
Kalit so’zlar: 
xalq og’zaki ijodi, ertak, topishmoq, janr, doston,milliy qadriyatlar 
Mustaqil O`zbekistonda milliy qadriyatlar tiklanayotgan hozirgi davrda xalq yaratgan
merosini yosh avlod ongi shuurida tasavvur hosil qilish, umuminsoniy qadriyatlarni
har tomonlama o`rgatish va tatbiq etish davr talabi.
Qolaversa, har bir shaxsning zimmasidagi mas`uliyati hisoblanadi. Ana shu as`uliyatni
his qilgan inson kelajak avlodimizning yangi fikrlaydigan, izlanuvchan, mehr-oqibatli,
yurtsevar, elparvar egalarini yetishtirishda, tarbiyalashda o`z hissasini qo`shadi. Buyuk 
allomalarimizning ibratomuz hayotlari,
Vatan, xalq uchun qilgan xizmatlari haqida, aziz –avliyolarning ilmi-urfoni haqida,
mamlakat osoyishtaligi, tinchligi, xalq or-nomusi uchun kurashgan sarkardalar haqida,
qolaversa, Vatanning har bir go`shasi xususida ota-bobolarimiz yaratgan rivoyatlar
o`zining ilmiy, badiiy ahamiyati bilan qimmatlidir. Rivoyatlar mavzu doirasi nuqtai
nazaridan asoslanib, tahlillar, misollar bilan yoritilgan. Rivoyatlarni izchil o`rganish
va tatbiq etish yosh avlod kamoloti uchun muhim manba hisoblanadi. Latifa va
topishmoqlar esa hozirjavoblikda, tez aytishlar so’zlarni to’g’ri talaffuz qilishda,
maqollar so’zga husn berishda, fikrni yorqin, ta’sirchan qilishda muhim ahamiyat kasb


[458] 
etadi. Xalqimiz o’z quvonchini, sh odligini yoki g’am-hasratini o’z qo’shiqlarida yorqin
aks ettirgan. Bolalar tasavvurini, fantaziyasini o`stirishda ertaklar alohida o`rin tutadi.
Har bir aytiladigan ertak bolalarda yangicha taassurot qoldiradi. Bolalar ertak
qahramonlariga o`xshashga harakat qiladilar, sehrli narsalarga ega bo`lishni istaydilar
yoki o`zlari sehrgarga aylanib qolishni va qahramon singari behisob kuch-qudratga
qodir bo`lishni orzu qiladilar. Ertaklar yordamida yaxshilik va yomonlik sahrolarida, 
adir-u tog`liklarida sayohat qiladilar. Ana shu davrdan boshlab nima yaxshi-yu nima
yomon ekanligini anglay boshlaydilar. Bolalar ulg`aygan sari o`zlaridan kichiklarga
ertak aytib berishga, ularni aqlli, vazmin bo`lishga, o`jar, injiq qiliqlarini tashlashga
undaydilar. Ular ham o`zlarini kichik tarbiyachilar sifatida tutadilar. Umuman olganda,
xalq og`zaki badiiy ijodi katta-yu kichik, yosh-u qari uchun birdek donishmandlik
majmuasi hisoblanadi. Asrlar o`tsa-da, buyuk allomalarimiz asarlarida ta`lim-tarbiya 
masalalari badiiy ifodalansa-da, xalq tafakkurining mahsuli bo`lgan folklor asarlari
ma`naviy jihatdan olamshumul ahamiyat kasb etishda davom etaveradi.
Ma’naviyat qadim zamonlardan inson dunyoqarashini, xatti-harakatini, jamiyatda tutgan 
o‘rnini, xalqqa, vatanga, atrofidagi odamlarga bo‘lgan munosabatini boshqaruvchi omil 
hisoblanadi. Ma’naviy qashshoq kimsa hayotda ro‘y berayotgan voqealarga loqayd bo‘ladi. 
Loqaydlik esa tuzatib bo‘lmas oqibatlarga olib keladi. Ma’naviy qashshoq odam uchun 
Vatan, xalq, oila kabi muqaddas tushunchalar yot. Shuning uchun keksa avlod, avvalo, 
farzandning ma’naviy dunyosini shakllantirish chorasini rejalashtirgan. Aslini olganda, xalq 
dostonlari, ertaklari, qo‘shiqlari, maqollari va boshqa o‘nlab janrdagi asarlar yosh avlodning 
ma’naviyatini boyitish, uni haqiqiy inson darajasiga yetishini ta’minlash maqsadini nazarda 
tutgan holda yaratilgan. O‘tgan asrgacha bugungi kundagi matbuot, o‘quv dargohlari, 
madaniyat markazlari, radio, televideniye, internet kabi ta’lim, ma’rifat tizimi bo‘lmagan. 
Bu vazifalarni bajarish, asosan, xalq og‘zaki ijodi zimmasiga yuklatilgan. Natijada, xalq 
og‘zaki ijodi xalq pedagogikasini tashkil etgan.
Ertaklar – yaxshilikka yetaklar, deb xalqimiz bejizga aytishmagan. Ertak-larning tarbiyaviy 
ahamiyati katta. Ertaklarda voqealar asosan mo`jizali tarzda ifodalanadi. Binobarin, mo`jiza 
yoki fantaziya voqea va hodisalarni hayot bilan bog`lab, haqiqat, ozodlik, to`g`rilik, 


[459] 
odamiylik kabi didaktik g`oyalarni tashviq etadi, syujet rivojiga kuch bag`ishlaydi, 
tinglovchi e`tiborini o`ziga jalb qilib, ajoyibotlar olamiga olib kiradi, shirin tuyg`ular 
dunyosiga g`arq etadi.
Umumlashtirilgan holda ertakka xos quyidagicha ta`rif e`tirof etilgan: “Hayot haqiqati bilan 
bog`liq bo`lib, fantastik hamda hayotiy uydirmalar asosiga qurilgan, didaktik g`oya 
tashuvchi og`zaki hikoyalar ertak deb ataladi.”
Darhaqiqat, ertaklar bolalarga mo`ljallangan ijod turi bo`lib, ularni tuzilishi jihatidan 
bolalarning yosh xususiyatiga ko`ra quyidagicha tasniflash mumkin:
Kichik yoshdagi bolalar ertaklari (2 yoshdan 6 yoshgacha);
O`rta yoshdagi bolalar ertaklari ( 7 yoshdan 11 yoshgacha);
O`smir yoshdagi bolalar ertaklari ( 12 yoshdan 16 yoshgacha).

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə