Boshlang’ich sinflarda xalq og’zaki ijodining tarbiyaviy ahamiyati kubayeva Nazira Abdullayevna Toshkent viloyati Angren shahri



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/3
tarix01.10.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#125228
1   2   3
boshlang-ich-sinflarda-xalq-og-zaki-ijodining-tarbiyaviy-ahamiyati

O`smir yoshdagi ( 12 yoshdan 16 yoshgacha) bolalar ertaklari. 
Bu davr yoshidagi bolalarda 
katta ishlarni amalga oshirish, qahramonliklarga intilish, fantaziyaga qiziqish yuqori 
bo`ladi. Ular ko`proq aql va tafakkurni charxlaydigan, bahodirlik, afsonaviy, sarguzasht 
xarakterdagi ertaklarni qiziqib, sevib o`qiydilar.
Ertak qahramoni aql bilan ish tutib, qiyin jumboqlarni yechadi, tadbir bilan ish tutib, 
dahshatli kuchlarni yengadi. Masalan, “Susambil”, “Uch og’a-ini botirlar” ertaklarida sujet 
tuzilishi ixcham voqea va hodisalardan iboratligi, sodda ifodalanishi o`qimishlilikni 
ta`minlaydi. Ma’lum bo‘ladiki, qahramon ismi berilsa ham, berilmasa ham asosiy maqsad 
ertakdagi hikoya qilinayotgan voqea oddiy maishiy turmush sharoitida kechganini 
ta’kidlashdan iborat bo‘ladi. Keyingi maqsad asar ishtirokchilari boshidan kechirgan 
turmush lavhalari vositasida yosh avlodning barkamol inson bo‘lib etishuvi uchun 
tarbiyaviy zamin hozirlashdan iboratdir. «Uch og‘a-ini botirlar» ertagida mo‘ysafid ota o‘z 
o‘g‘illarini qo‘rqmas, jasur qilib o‘stiradi. O‘z farzandlarini baxt topish safariga otlantirar 
ekan, ularga uchta maslahat beradi: «To‘g‘ri bo‘ling, bexavotir bo‘lasiz. Maqtanchoq 
bo‘lmang, uyatga qolmaysiz. Dangasa bo‘lmang, baxtsiz bo‘lmaysiz». Bu pand mohiyatini 
tahlil qilsak, hayotga tayyorlanishi lozim insonning haqiqiy amal qilishi kerak hisoblangan 
fazilatlar aks etganiga ishonch hosil qilamiz.
Bu ertaklarda tarbiyaviylik, ma`naviy yetuklik, komillik, odamiylik, fikran teranlik ustivor 
darajada tavsiflanadi.
Rivoyatlar 
mazmun yo‘nalishiga ko‘ra tarixiy voqelar, ularda ishtirok etgan shaxslar jasorati 
yoki xiyonati asosida yoki yurtimiz viloyatlaridagi o‘rin-joylarning nomlanishini izohlash 
maqsadida yaratilgan turlarga bo‘linadi. Tarixiy rivoyatlarda To‘maris, Shiroq, Jaloliddin 
Manguberdi, Temur Malik, Amir Temur kabi yurti ozodligi va mustaqilligi uchun jonini 
qurbon qilgan el farzandlari mardligi, shu bilan birga o‘zining o‘tkinchi hirsiy nafsi yo‘lida 
vataniga xiyonat qilgan Dalvarzin, Guldursunga o‘xshagan xiyonatkor shaxslar kirdikorlari 


[462] 
hikoya qilinadi. Mard, jasurlarning ishlari ham, xoinlarning xiyonati ham unutilmaydi. 
O‘zbekiston – dunyoda o‘zining ilmiy kashfiyotlari, fan rivojiga qo‘shgan hissalari, badiiy 
ijodda yaratgan asarlari bilan mashhur farzandlar yurti. Imom Buxoriy, Beruniy, Ibn Sino, 
Ulug‘bek, Navoiy, Behzod, Boburdek ulug‘ insonlar nomini sharaflovchi o‘nlab rivoyatlar 
xalq qalbida saqlanib kelmoqda. Masalan, 3-o’qish darsligidagi “
Ibn Sinoning shogirdlari
” 
rivoyatida bilimdonligi va donoligi, “
Bobur va kabutar
” rivoyatida Boburning ziyrakligi 
alohida ta’kidlab ko’rsatilgan.
Maqol va topishmoq 
- bu ikki tushuncha inson tafakkurining shakllanishida katta 
ahamiyatga ega. Maqollar insonni axloq-odobga o‘rgatsa, topishmoqlar uni mantiqiy 
fikrlashga, topqirlikka, hozirjavoblikka undaydi. Maqol inson nutqini bezaydi (xalqimizda 
«So‘z ko‘rki maqol», deb bejiz aytilmagan), uning ta’sir kuchini oshiradi. Biror-bir fikrni 
uqtiriShda ishlatilgan maqol uni chuqur o‘zlashtirishga xizmat qiladi. Maqollar pand-
nasihatlar, tarbiyaviy suhbatlarda o‘git sifatida ham keladi. Shuning uchun uni «Otalar 
so‘zi» ham deyishadi. Buning boisi, har bir maqol ota-bobolarimiz tomonidan yaratilib, bir 
necha mingyilliklar davomida sayqal topib kelayotgani, yaxshilik, ezgu ishlarga undaydigan 
bebaho ma’naviy boyligimiz ekanidir. Maqolda mazmun aniq, xulosa tugal, ifoda ravon 
bo’lib, unda ibratli fikr aytiladi. Bu fikr rad etib bo‘lmaydigan hukm shaklida keltiriladi. 
Masalan, “Ona yurting omon bo’lsa, rangi ro’ying somon bo’lmas”, «Ona yurting - oltin 
beshiging», «Kishi yurtida shoh bo’lguncha, o‘z yurtingda gado bo‘l», “Bulbul chamanni 
sevar, odam - vatanni” kabi maqollarni hech bir e’tirozsiz qabul qilamiz. Chunki bu 
maqollarda bolalarni ona-Vatanni sevishga, Vatanga muhabbat Onaga muhabbat kabi 
muqaddas va yuksak tuyg’uligini uqdirishga qaratilgan.
Ma’lumki, ko‘plab maqollardagi yana bir xususiyat ularda so‘zlarning qofiyadosh bo‘lib 
kelishidir. Masalan, «Yuz ko‘rki soqol, so‘z ko‘rki maqol», «Aql - yoshdan, odob - 
boshdan». Shu xislati bilan maqollar topishmoqlarga o‘xshab ketadi. «Bir parcha patir, 
olamga tatir» (oy) topishmog’idagi «patir» va «tatir» so‘zlaridek, maqoldagi «yoshdan» va 
«boshdan» so‘zlari bir-biriga qofiyadoshdir. Biroq bu o‘xshashlik tashqi shaklda ko‘rinadi. 
Mazmunan ular o‘zida boshqa-boshqa ma’nolarni tashiydi. Maqol ibratli fikrni anglatsa, 
topishmoq kishini jumboqda yashiringan ma’noni topishga undaydi, idrokini sinaydi.


[463] 
Xalq maqollari - boyligimiz. Ota-bobolarimizning siz bilan bizga qoldirgan xazinalaridan 
biridir. Ulardan kerak o‘rinlarda foydalanishni odat qilishimiz kerak. Shunda ular butun 
umrimiz davomida hamrohimiz bo‘ladi. Har bir gapirgan gapning salmog‘i oshadi. 
Sermazmun, ta’sirchan, keskir bo‘ladi.
Topishmoqlar kishining tasavvuri va tafakkurini o‘stiradi, ayniqsa, bolalarni topag‘on 
bo’lishga, hozirjavoblikka o‘rgatadi. Topishmoqlar xalq og‘zaki ijodining boshqa janrlari, 
jumladan, doston va ertaklar ichida ham uchraydi. Ular doston va ertaklar mazmunini 
boyitib, ularning qiziqarliligini, o‘qishliligini ta’minlaydi. Xalq og’zaki ijodidagi doston 
yoki ertak qahramonlari bir-birlarining aqli va farosatini topishmoqlar orqali sinaydilar. Bu 
hodisa ko‘proq ertaklarda uchraydi.
Topishmoqlar mavzu jihatdan rang-barang bo’lib, ular olam va odam bilan bog‘liq barcha 
narsa va hodisalarni qamrab oladi.
Maqol va topishmoqlar, o‘zlarining o‘xshash va farqli jihatlaridan qat’i nazar, inson 
tarbiyasiga xizmat qiladi, uni ziyraklik va zukkolikka unday di.
Yoshligimizda o‘ynagan quvlashmachoq, bekinmachoq va boshqa o‘yinlarda kimdir 
xizmatda qolishi kerak bo‘lgan. Guruh ikkiga bo‘linganda, xolislik talab qilingan. 
Shuningdek, sanashni o’rganayotganda sanamalarga murojaat qilganmiz.
Shunday qilib, o‘zbekning butun fazilati, falsafasi, donoligi, dunyoqarashi, oliy 
himmatliligi, turli hayotiy vaziyatlarga munosabati maqollarda aks etgan. Insondagi 
mehnatga muhabbat, ishq tuyg‘ulari qo‘shiqlarda eng go‘zal ichki kechinmalar sifatida 
ifodalangan. Ertaklarda xalqimizning eng oliy orzu-havaslari namoyon bo‘ladi. Ular bilan 
tanishgan yosh avlod o‘zbek uchun vatan, xalq, oila, mehnat, ilm, g‘urur naqadar muqaddas 
tushunchalar ekanini anglab yetadi. 
 
Foydalanilganadabiyotlar: 
1. Imomov K., Mirzayev T., Sarimsoqov B., Safarov O. O’zbek xalq og’zaki poetik ijodi. –
Toshkent,” O’qituvchi”, 1990.


[464] 
2. Jumaboyev M. “Bolalar adabiyoti va folklor”. –T.,O’qituvchi, 1990.
3. Madayev O., Sobitova T. Xalq og`zaki poetik ijodi. –Toshkent: ”Sharq” nashriyot-matbaa 
aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati, 2003.
4. M.Umarova, X.Xamroqulova, R.Tojiboyeva 4- sinf “O’qish” kitobi 2019- y 
5.www.arxiv.uz 

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə