Boshlang’ich sinflarda xalq og’zaki ijodining tarbiyaviy ahamiyati kubayeva Nazira Abdullayevna Toshkent viloyati Angren shahri



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix01.10.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#125228
1   2   3
boshlang-ich-sinflarda-xalq-og-zaki-ijodining-tarbiyaviy-ahamiyati

Kichik yoshdagi (2 yoshdan 6 yoshgacha) bolalarga 
aytiladigan ertaklarning voqeasi juda 
sodda, ishtirok etuvchi ertak qahramonlari va personajlarining ham soni 3-4 nafardan 
oshmaydi. Ularning ham aksariyati bolalarga tanish uy hayvonlari, parrandalari, qushlar 
yoki o`rmon hayvonlari, Shuningdek, oila a`zolariga o`xshagan nomlari tanish (ota-ona, 
bobo-buvi, tog`a va shu kabi) kishilardan iborat. Bunday ertaklar xususan, bolalarni ovutish, 
fikrini biror narsaga jalb qilish, biror foydali odatga o`rgatish, ularga notanish hayvonlarning 
o`zini, xarakterini tanishtirish maqsadida aytiladi. Masalan, “Qarg’avoy”, “ Ur, to’qmoq”, 
“Oltin tarvuz” kabi ertaklarda go`dakning olamdagi mavjudotni ongli ravishda anglab 
borishiga yordam beradi. Chunki bola atrof-muhit bilan tanisha boshlashi mobaynida 
dastlab hayvonlarga juda qiziqib, sinchkov nazar tashlaydi, ko`rgan hayvonlaru 
parrandalarni ushlab ko`rishga intiladi. Sababi, bolaning aksariyat o`yinchoqlari hayvonlar 
shaklidan iborat. Bu yoshdagi bolalarga ertak voqeasi tovush tembriga ko`ra ohang 
yordamida, ko`z, qo`l, gavda harakatlari orqali hikoya qilinadi. Shuningdek, ertak aytuvchi 
bolalarning diqqatini bir joyga to`plash, qiziqtirish va tinglashga tayyorlash uchun ertak oldi 
deb atalmish an`anaviy qolip jumlalardan foydalanishi zarur. An`anaviy qoliplardan biri bu 
boshlamadir. Boshlanma ertakning dastlabki qismini ta`riflaydi. Ertaklarda an`anaviy 


[460] 
boshlama voqeaning qay vaqt bo`lib o`tganini bildirmaydi, noaniq, umumiy tarzda 
ifodalaydi. Ertak aytuvchi kichik va o`rta yoshdagi bolalarga mo`ljallangan har qanday 
ertaklarni tinglovchi diqqatini tezda o`ziga jalb qilishi uchun “Bir bor ekan, bir yo`q ekan, 
och ekan, to`q ekan, bo`ri bakovul ekan, tulki yasovul ekan, qarg`a qaqimchi ekan, 
chumchuq chaqimchi ekan, g`oz karnaychi ekan, o`rdak surnaychi ekan, tovuq qoq etdi
bilmadim qaqqa ketdi” – tarzida an`anaviy boshlama qolipdan foydalanishi maqsadga 
muvofiqdir.
O`rta yoshdagi (7 yoshdan 11 yoshgacha) bolalar ertaklari
. Bu yoshdagi bolalarning 
xotirasi, fikrlash doirasi ancha takomillashgan bo`lib, ular oila, turmush haqida qisman 
tushunchaga ega bo`ladilar. Ularga yanada fikran chuqurroq, biroz bo`lsa-da o`ylab, xulosa 
chiqarishga undaydigan ertaklar tavsiya etiladi. Bu yoshdagi bolalar ertaklarining hajmi 
ham kattalashib boradi, mazmun-mohiyati kengayadi, sodda fikrlar sekin-asta 
chuqurlashadi, bolalar voqea-hodisalarning ikkinchi - ko`chma ma`nolarini ham anglay 
boshlaydilar. Bu yoshdagi bolalar majoz asosiga qurilgan hayvonlar haqidagi ertaklar va 
ixcham syujet asosiga qurilgan sehrli ertaklarga juda qiziqadilar. Masalan, “Maymun va 
duradgor” ertagida o’ziga aloqador bo’lmagan ishga aralashishning oqibati nima bo’lishi 
aytilsa, “Rostgo’y bola” “Uch o’g’il” ertagida to’g’risozlik, rostgo’ylik g’oyasi ilgari 
surilgan.
Bunday ertaklar bolalarga qorong`i va yorug`lik, sovuqlik va issiqlik, yomonlik va 
yaxshilik, yolg`on so`z va to`g`ri so`z, zulm va adolat haqidagi tushunchalarni anglatish 
bilan birga, yaxshi va yomon kishilar obrazlarini ham yaqqol tasvirlaydi. Tashqi dunyo 
bolalarning ko`z o`ngida kengayib, oddiy tasvirlar, voqea – hodisalarning sodda holatlari 
murakkablashib boradi.
Ertaklar, avvalo, bolalarning jonivor hayvonlarga, parrandalarga bo`lgan qizi-qishi, mehrini 
oshirsa, ikkinchidan,mehnat orqali farovon, tinch, osoyishta turmush kechirish mumkinligi 
uqtiriladi. Ertaklarning yakuni qissadan hissa chiqarishga undaydi. Ya`ni, “ Yaxshilik 
qilsang – yaxshilik topasan, yomonlik qilsang – jazo olasan”, “Mehnat qilsang-rohat 
ko`rasan”,“Mehnatdan kelsa boylik, turmush bo`lar chiroylik” kabi maqollarning ma`nosi 


[461] 
izohlansa, bolalar har bir o`qigan ertak-larining xulosasini maqollar bilan izohlashga harakat 
qiladilar. Bu bolalarning tafakkurini charxlash bilan birga, ko`proq maqollar yod olishiga 
ham yordam beradi.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə