|
Iqtisodiy bilim asoslari84019 (2)137
Eksport
—
mamlakatda ishlab chiqarilgan va chet mamlakatlarga
sotilgan tovar va xizmatlar.
Import
— chet mamlakatlardan sotib olingan tovar va xizmatlar.
Tashqi savdo hajmi
—
mamlakat import va eksportini tashkil
etuvchi tovar va xizmatlarining jami qiymati.
Tashqi savdo balansi (saldosi)
— mamlakatning eksport va import
hajmlari orasidagi farq.
Mamlakatda ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarni chet mamlakatlarga
sotish
eksport
deb ataladi. Tovar va xizmatlarni chet mamlakatlardan sotib
olishga esa
import
deyiladi.
Mamlakatning import va eksport qilgan tovar
va xizmatlari qiymatlarining yig‘indisi
tashqi savdo
hajmini aniqlaydi.
Tashqi savdo hajmi mamlakatning xalqaro savdo-sotiq jarayonida
qanchalik ishtirok etayotganini bildiradi. Mamlakatning xalqaro savdo-
sotiqdagi ishtirokining samaradorligini import va eksport hajmlarini
taqqoslash yordamida aniqlash mumkin. Mamlakatning eksporti va
importi hajmlari orasidagi farq
tashqi savdo balansi (saldosi)ni
aniqlaydi.
Agar mamlakatning chetga sotayotgan eksport tovar va xizmatlari hajmi
mamlakatga keltirilayotgan import tovar va xizmatlari hajmidan ko‘p
bo‘lsa, tashqi savdo balansi (saldosi) musbat bo‘ladi. Aks holda esa tashqi
savdo balansi (saldosi) manfiy bo‘lib, xalqaro savdo-sotiqda muammolar
paydo bo‘ladi. Chunki tovarlarni chetga sotishdan tushgan chet el valutasi
miqdori chetdan olib kelinayotgan tovarlarni sotib olishga yetmay qoladi.
Natijada tashqi savdoda valuta tanqisligi vujudga keladi.
1. Davlatlar o‘rtasidagi savdo-sotiqning ahamiyati nimada?
2. Mutlaq va nisbiy ustunlik tamoyillarining bir-biridan farqi nimada?
3. Mamlakatimiz qanday tovarlar ishlab chiqarish bo‘yicha MDH
mamlakatlariga nisbatan mutlaq ustunlikka ega deb o‘ylaysiz?
4. Import va eksportning bir-biridan farqi nimada?
5. Mamlakatning tashqi savdo hajmi nimadan tashkil topadi?
6. Mamlakatning tashqi savdo saldosi qachon manfiy va qachon musbat
bo‘ladi? Bularning qay biri mamlakat uchun foydali?
Dostları ilə paylaş: |
|
|