138
27 MAVZU
FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
XALQARO IQTISODIY MUNOSABATLAR
Xalqaro biznes markazda iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha o‘zbek-koreys
yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yigi‘lish davomida tomonlar Iqtisodiy
taraqqiyot va hamkorlik
jamg‘armasining 2018-2020- yillarga mo‘ljallangan kreditlari bo‘yicha
loyihalarni amalga oshirish haqida fikr almashdilar. Loyihalar dasturining
umumiy miqdori 500 mln. dollarga teng.
Tomonlar Toshkentda Koreya ilg‘or texnologiyalar instituti bilan
birgalikda o‘quv-amaliy to‘qimachilik
texnoparkini tashkil qilish
loyihasini o‘z vaqtida amalga oshirish, o‘zbek-koreys biznes markazini
tashkil qilish bo‘yicha masalararni muhokama qildilar.
Shuningdek, tomonlar bolalar ko‘p tarmoqli
tibbiy markazini yaratish
loyihasini ko‘rib chiqdilar.
Majlisda yana O‘zbekistonda Koreys madaniyati va san’at uyini
tashkil qilish masalasini ham muhokama qildilar.
1. Koreya Respublikasi O‘zbekistonda yuqorida keltirilgan loyihalarni
amalga oshirishdan
qanday manfaat topadi, deb o‘ylaysiz?
2. O‘zbekiston Respublikasi bu loyihalarni qanday maqsadlarni ko‘zlab
amalga oshirmoqda?
3. Kichik biznes subyektlari darajasidagi o‘zaro aloqalarning qanday
o‘ziga xos afzalliklari bor?
4. Yuqorida keltirilgan munosabatlar xalqaro o‘zaro manfaatli iqtisodiy
munosabatlarga misol bo‘la oladimi? Javobingizni asoslang.
http:eduportal.uz
139
Hozirgi globallashgan dunyoda xalqaro iqtisodiy munosabatlarni
yo‘lga qo‘ymasdan taraqqiyotga erishishning iloji yo‘q.
Jahonda
globallashuv darajasi ortib borar ekan xalqaro iqtisodiy hamkorlikning
ahamiyati ham ortib boraveradi. Mamlakatdan mamlakatga nafaqat
tovarlar, balki ishchi kuchi, kapital va texnologiyalar oqib o‘tishi
tobora
kuchayib bormoqda. Yirik kompaniyalarga bitta mamlakat hududi
torlik qilib qolmoqda va ular transmilliy korporatsiyalarga aylanmoqda.
Xalqaro iqtisodiy hamkorlikni o‘z vaqtida va oqilona yo‘lga qo‘yib
olish har qanday mamlakat uchun eng kuchli zaruratga aylanib qoldi.
O‘zbekistonda ham jahondagi eng rivojlangan mamlakatlar bilan ikki
taraflama va ko‘p taraflama iqtisodiy aloqalarni
mustahkamlash borasida
ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Bu esa o‘z navbatida mamlakatimizga
katta hajmdagi investitsiyalar kirib kelishiga,
yangi zavod, fabrika va
yirik inshootlar qurilishiga imkoniyat yaratmoqda.
Umuman olganda, jahon bozorlari ham davlatlardagi ichki bozorlar
kabi hamma uchun ochiq raqobat bozori bo‘lishi lozim. Lekin, afsuski,
amalda jahon bozorlarida ahvol boshqacha. Ba’zi davlatlar o‘z
ichki
bozorlarini, o‘z ishlab chiqaruvchilarini chet el firmalari bilan bo‘ladigan
raqobatdan himoya qilish maqsadida tashqi savdo-sotiqqa to‘siqlar,
cheklashlarni joriy etadi. Bunday savdo to‘siqlariga quyidagilar kiradi:
Dostları ilə paylaş: