Iqtisodiy talimot doc


Asosiy tushuncha va iboralar



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə104/150
tarix31.01.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#99872
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   150
6-IQTISODIY-TALIMOTLAR-TARIXI-2005-oquv-qollanma-A.Razzaqov-va-bosh

Asosiy tushuncha va iboralar 
Neoklassika; A. Marshall; "Ekonomiks"; baho, talab, taklif; talab 
elastikligi; "Marshall xochi"; "iste'mol ortiqchaligi"; "reprezentativ firma"; 
J.B.Klark; "chegaraviy naflik"; "eng yuqori unumdorlik"; statika va 
dinamika; V.Pareto; "befarqlik egri chiziqlari"; "Pareto optimumi". 
Nazorat va mulohaza uchun savollar 
1. A.Marshall bo`yicha bozor bahosi nima? 
2. Baho, talab va taklif o`rtasidagi bog`lanish qanday?
3. Taklif elastikligi deganda nima tushuniladi? 
4. "Marshall hochi"ning mazmunini izohlab bering? 
5. Ishlab chiqarish hajmlari o`sishi va nisbiy ishlab chiqarish 
xarajatlari o`rtasidagi bog`lanish nima? 
6. Doimiy va o`zgaruvchi xarajatlarni izohlang. 
7. J.B.Klarkning statik va dinamik iqtisodiyot to`g`risidagi 
g`oyalari nimani anglatadi? 
8. "Eng yuqori unumdorlik qonuni"ning asosiy xususiyatlari. 
9. V.Paretoning umumiy iqtisodiy muvozanat konsepsiyasi mohi-
yati nimadan iborat? 
10. Naflikni maksimum qilish uchun nima asos qilib olingan? 
11. V.Paretoning "befarqlik egri chiziqlari" nimani bildiradi? 
12.
Pareto optimumini izohlang. 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


306 
Bir kun urush bo`lgan yerdan, qirq kun baraka ko`tariladi.
Maqol. 
 
16-BOB. IQTISODIYOTNI TARTIBGA SOLISH 
KONSEPSIYALARI. IQTISODIY TA'LIMOTLARDAGI 
INSTITUTSIONAL YO`NALISH 
 
16.1. Institutsionalizmning asosiy xususiyatlari 
XIX asr oxiri - XX asr boshlarida olamda bo`lib o`tgan aniq ijti-
moiy-iqtisodiy o`zgarishlar tufayli jahondagi mamlakatlarning salohiyoti 
keskin o`zgardi, ilgari ilg`or bo`lgan davlatlar 2-o`rinlarga (Angliya, Fran-
siya), nisbatan qoloq bo`lgan davlatlar esa 1-o`rinlarga chiqib olishdi 
(AQSH, Germaniya). Xuddi shu davrda yetakchi mamlakatlarda erkin 
raqobatga asoslangan iqtisodiyotdan ko`pincha monopolistik (mono-bir) 
iqtisodiyotga o`tish kuchaydi. Monopoliya kuchayishi monopol foyda ol-
ishga imkon yaratdi va iqtisodiy rivojlanishga salbiy ta'sir qila boshladi. 
Shu sababli antimonopol choralar qo`llash g`oyasi ilgari surildi, bu birinchi 
AQSHda ro`y berdi. Keyinchalik (va hozirda) barcha davlatlar bunday 
chorani qo`llaydilar. 
Antitrest siyosati yo`li bilan iqtisodiyot ustidan ijtimoiy nazorat-
ning turlicha metod (usul)lari Kullanila boshlandi. Ana shu usullarning 
nazariy asoslari yuzaga keldi va hozirda ham mavjud. 
Iqtisodiy ta'limotlardagi institutsionalizm yo`nalishi AQSHda XX 
asrning 20-30 yillarida keng tarqaldi, ammo u ancha oldin, XIX asrning 
ohirlarida vujudga kelgan (T.Veblennning 1899y. chiqqan "Bekorchi sin-
flar nazariyasi" asari bilan bog`liq). Bu yo`nalish nomi lotincha "instituto" 
- urf-odat, ko`rsatma, muassasa so`zidan olingan va kapitalizmning imperi-
alizm bosqichiga o`tishi bilan bog`liq ravishda ro`y berdi (sanoat va moliya 
monopoliyalari, korxonalarning yiriklashuvi va boshqalar), chunki bu davr 
rivojlanishi erkin raqobatga asoslangan avvalgi davr ta'limotlari bilan izoh-
lash mumkin bo`lmay qoldi. 
Bu ta'limot yo`nalishi vakillarining fikricha, institutlar jamiyat rivo-
jlanishining harakatlantiruvchi kuchi bo`lib xizmat qiladilar. Bu tushuncha 
tagida ijtimoiy xodisalar, masalan, oila, davlat, monopoliya, kasaba 
uyushmalari va boshqa muassasalar yotadi, ya'ni jamoat ruhining namoyon 
bo`lishi, yurish-turish va o`ylash usulini xalqning ma'lum guruhlari uchun 
odatiy, an'anaviy, shuningdek huquqiy, axloqiy va boshqa ko`rinishlarini 
o`z ichiga oladi. Bu yo`nalish mafkurachilarining fikricha, iqtisodiy kate-
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


307 
goriyalar bo`lgan xususiy mulk, soliq, pul, kredit, foyda, savdo va bosh-
qalar jamiyat ruhining paydo bo`lishi shaklidir. Demak, ular obyektiv iqti-
sodiy qonunlaning mavjudligini to`la tan olmaydilar va jamoat ruhiyatining 
evolutsiyasini tahlil etadilar.
Institutsionalizm ma'lum ma'noda neoklassik yo`nalishga muxolif-
dir. 
Neoklassiklar bozor iqtisodiyotini o`zini-o`zi boshqara oladigan 
(A.Smit fikri) sistema deb qarasalar (sof iqtisodiyot fani), institutsionalizm 
tarafdorlari iqtisodiyot rivojlinishining harakatlantiruvchi kuchlari moddiy 
omillar bilan birga tarixiy kontekstda qaraladigan ma'naviy, axloqiy, huqu-
qiy va boshqa omillarga ham bog`liqdir deb o`ylaydilar. 
Demak, bu yangi yo`nalishning tadqiqot predmeti sifatida ijtimoiy-
iqtisodiy, shu bilan birga noiqtisodiy muammolarni tahlil etish ilgari suri-
ladi. Shu bilan birga, tadqiqot obyektlari, ya'ni institutlar birinchi yoki ik-
kinchi darajali deb Karalmaydi va bir-biriga qarama-qarshi qo`yilmaydi. 
Bu yo`nalishning tadqiqot usulida ayrim olimlar fikricha Germani-
yada vujudga kelgan tarixiy maktabga katta o`xshashlik bor. 
Tarixiy va ijtimoiy muxit omillarining hisobga olinishi tarixiy mak-
tab bilan yaqinlikni anglatsa ham, ammo to`la yakdillik yo`q. Yangi 
yo`nalish neoklassiklarning marjinalizm g`oyalariga asoslangan matematik 
va ekonometrik prinsiplarini keng qo`llaydilar. 
Institutsionalizmga xos bo`lgan uslubiy xususiyatlar quyidagilardir: 
1) neoklassikaga xos abstraksiyaning yuqori darajasi va ayniqsa 
baho nazariyasining ortodoksal statik xarakteridan qoniqmaslik; 
2) iqtisodiy nazariyani boshqa ijtimoiy fanlar bilan integratsiyaga 
intilish yoki fanlararo yondoshuv ustuvorligiga ishonch; 
3) klassik va neoklassik nazariyalarda empirizm (tajribaga suyan-
ish) yetishmasligidan norozilik, chuqur miqdoriy tadqiqotlar o`tkazishga 
chorlash.
Bu yo`nalishning vujudga kelish, shakllanishi va evolutsiyasining 
ma'lum tarixi bor. Uning mafkurachilari T.Veblen, J.Kommons, U.Mitchell 
asarlarida iqtisodiy sikl va inqirozlar tarixi bo`yicha faktik materiallar jam-
langan. Bu olimlar jamiyat a'zolari uchun xos bo`lgan urf-odat, an'ana, 
odob-ahloq, instinktlarni o`rganish bilan shug`ullanadilar. Ularda nazariy 
tadqiqotdan ko`ra, yozib borish, qayd etish uslubi ortiqroqdir. 
Institutsionalizm evolutsiyasi (rivoji)ni uch davrga bo`lish mumkin: 
1. 20-30 yillarda institutsionalizmning keng tarqalishi. Bu davrning 
bosh mafkurachisi T.Veblendir (1857-1920), uni J.R.Kommons (1862-
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


308 
1945), U.Mitchell (1874-1948), J.Gobson (1858-1940), U.Gamiltonlar faol 
himoya qildilar. 
2. 
Urushdan 
keyingi 
kechki 
institutsionalizm. 
Bu 
davr 
mafkurachilari iqtisodiyotdagi qarama-qarshiliklarni izohlab berish bilan 
birga F.Ruzvelt tomonidan ilgari surilgan "Yangi kurs" islohotlarini 
amalga oshirish bo`yicha tavsiyanomalarni ham ilgari surdilar. Ular demo-
grafiya va antropologiyani o`rgandilar, ishchilar harakatining kasaba 
uyushmalari nazariyalarini ishlab chiqdilar. 50 yillarda J.M.Klark "Iqtiso-
diy institutlar va insonlar farovonligi", A.Berli "Mulksiz hokimiyat" va 
"XX asr kapitalistik inqilobi" kitoblarini chop etdilar, G.Minz o`zining 
maqolalarida aksionerlar soni ortishi, kapital mulkning kapital funksiyadan 
ajralish jarayonini qayd etdi. 
3. 60-70 yillarda ijtimoiy-institutsional yo`nalish, ya'ni neoinstitut-
sionalizm paydo bo`ldi. 60-yillardagi institutsiona-lizm asoslari amerikalik 
nazariyotchi A.Lou va shvetsiyalik iqtisodchi G.Myurdal tomonidan ishlab 
chiqildi. Hozirgi davrdagi ijtimoiy-institutsional yo`nalish ta'limoti 
J.K.Gelbreyt va R.Xeylbronerlar tomonidan davom ettirilgan. 
Bu yo`nalish g`oyalari "iqtisodiy o`sish omillari nazariyasi"ning 
mafkurachisi U.Rostou, so`l keynschilik yo`nalish (o`sish nazariyasi) ta-
rafdorlari hamda Joan Robinson asarlarida ham o`z aksini topgan. Ameri-
kalik institutsionalizm vakillari iqtisodiy jarayonlar asosining umumiy tu-
shunchasiga ega emaslar. Masalan, Veblen iqtisodiy jarayonlarni 
ruhshunoslik, biologiya va antropologiya bilan bog`langan deb hisoblasa, 
Kommons - ruhshunoslik va huquqni, Mitchell - antropologiya va mate-
matik hisob-kitoblarni ustun qo`yadi. 
Amerikalik 
neoinstitutsionalizm 
nazariyotchilari 
iqtisodiy 
jarayonlarni industriya rivoji va texnokratiya rolining o`sishi bilan 
bog`lamoqdalar, shuningdek bu jarayonlarning borishini tushuntirishda 
jamiyat ijtimoiy hayotiga asoslanmoqdalar. Bunday xilma-xillik tufayli 
ijtimoiy-institutsional yo`nalish ichida turli oqim va maktablar vujudga 
keldi. 
Institutsionalizmdagi ana shunday uchta asosiy: 
1. Ijtimoiy-psixologik; 
2. Ijtimoiy-huquqiy; 
3. Empirik yoki konyunktur-statistik oqimni ajratish mumkin. Le-
kin, shu bilan birga, barcha yo`nalishlar uchun xos bo`lgan umumiylik ham 
mavjud. Ularning barchasi ozmi-ko`pmi burjua jamiyatini axloqiy-
psixologik jihatdan tanqid ostiga oladilar, iqtisodiyot fanida reformistik 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


309 
yo`lni oqlaydilar va bu oqim olimlari burjua jamiyatini mutlaq maqtashdan 
chetlangandirlar. 
Bu yo`nalish g`oyalariga baho berib, g`arb iqtisodchilari institut-
sionalizmni "Formalizmga qarshi g`alayon" deb qaramoqdalar, uni klassik 
iqtisodiy maktabga qarama-qarshi qo`ymoqdalar. Bu yo`nalishning paydo 
bo`lishi va avvalgilaridan farq qilishi vaqt va sharoit taqozosi tufaylidir, 
chunki kapitalizm avvalgi davrdagidan keskin o`zgardi, davlat va jamoat 
tashkilotlari, ayniqsa, kasaba uyushmalarining roli ortib ketdi. Ularni hi-
sobga olmaslikning iloji yo`q edi. 
Ikkinchi tomondan bu yo`nalishning "norozilik kayfiyati" "eng yu-
qori naf nazariyasi"ga ham qarshi qaratilgan edi. Agar bu nazariya mik-
roiqtisodiy tahlil bilan shug`ullansa, institutsionalizm makroiqtisodiy 
tahlilni amalga oshiradi. "Yuqori naf" vakillari jamiyat asosiy iqtisodiy 
subyekti sifatida Robinzon (alohida individ)ni tanlashsa, institutsionalizm 
mafkurachilari kollektiv - jamoa "psixologiyasi"ni birinchi o`ringa 
qo`yadilar. Ular "yuqori naf" nazariyasiga qarshi chiqib, jamiyatning stixi-
yali rivoji o`rniga ishlab chiqarishni boshqarishda ijtimoiy tadbirlar 
qo`llashni afzal ko`rdilar. 
Boshqa maktablardan farqli ravishda, institutsionalizm iqtisodiy 
hayotning ba'zi ijtimoiy tomonlarini tanqidiy o`rganishni asos qilib oldi, 
ammo davlat monopolistik kapitalizmi tizimini qo`llab-quvvatladi. 
Ularning g`oyalarida "Ijtimoiy nazorat"ni himoya qilish orqali 
yangi sharoitda iqtisodiyotni tartiblashni tashkil etishni lozim deb 
ko`rsatiladi. Ayniqsa, bu sharoitda huquqiy masalalarni rivojlantirish 
muammosi dolzarb qilib qo`yildi. Ular "erkin sohibkorlik" va marjinaliz-
mga qarshi chiqib, iqtisodiyotda avtomatik barqarorlik mexanizmi borligini 
inkor etdilar va iqtisodiy jarayonlarni miqdoriy tahlil qilishning tarafdorlari 
edilar. Keynsdan ancha avvalroq ular davlat iqtisodiyotga faol aralashishi 
kerak, degan fikrni ilgari surdilar. 
Endi shu yo`nalish tarafdorlarining ayrim g`oyalari bilan tanishib 
chiqamiz. 
Ijtimoiy-psixologik institutsionalizmning asoschisi Torsteyn Ve-
blen va uning tarafdorlari iqtisodiy jarayonlarga psixologik jihatdan yon-
dashib, iqtisodiy rivojlanishning psixologik nazariyasini yaratishga intildi-
lar. Veblenning asosiy asarlari "Bekorchi sinflar nazariyasi" (1899), "Mo-
hirlik instinkti" (1914), "Fanning hozirgi sivilizatsiyadagi o`rni va boshqa 
ocherklar" (1919), "Muhandislar va baho tizimi" (1921) va "Zamonaviy 
o`zgaruvchi tizimlar to`g`risidagi ocherklar" (1934) kitoblarida jamlangan. 
U keng sotsiologik tadqiqotlar olib borish asosida unga zamondosh bo`lgan 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


310 
jamiyatni juda qattiq tanqid ostiga oldi. Kapitalizm illatlari mavjud xususiy 
mulk bilan tushuntiriladi (sotsialistik yo`nalishni eslang). Xususiy mulkn-
ing tanqid qilinishi albatta burjuaziya mafkurachilarini ham tashvishga 
soldi. Uningcha, xususiy mulk, ayniqsa rantye (absenteistik mulk) borligi 
tufayli aholining ma'lum bir qismi parazitik hayot kechiradi. Shu tufayli 
kapitalizmning harakatlantiruvchi kuchi buzilib boradi, ayniydi. Veblen 
marksist bo`lmagan, ammo kapitalizm tuzumining yaramasligini tan olgan, 
u hatto birinchi paytlarda 1917 yildagi oktabr inqilobini qutlagan, uni 
mavjud tuzumni o`zgartirish kerak, degan fikrning tasdigi deb o`ylagan. 
Amalda esa u kapitalizmni "texnokratik" jamiyatda islohotlar yo`li bilan 
"yaxshilash" usulini taklif etadi. Bu g`oyalar marksizmga zid fikrlardir. 

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə