Iqtisodiy talimot doc


K.Marksning iqtisodiy ta'limoti



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/150
tarix31.01.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#99872
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   150
6-IQTISODIY-TALIMOTLAR-TARIXI-2005-oquv-qollanma-A.Razzaqov-va-bosh

12.5. K.Marksning iqtisodiy ta'limoti 
Uning bosh iqtisodiy asari "Kapital" bo`lib, unda asosiy iqtisodiy 
g`oyalari ilgari suriladi (1-jildi 1867 nashr etilgan). Marksning iqtisodiy 
merosida klassik maktab g`oyalari asosiydir. Bu olimning tadqiqot pred-
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


248 
metida iqtisodiyotda ishlab chiqarish sohalari muammolarning tahlili ustu-
vordir. V.Petti tadqiqotlariga baho berib, ishlab chiqarishning burjua mu-
nosabatlarining ichki aloqalari o`rganishi ta'kidlanadi.
Tadqiqot uslubi boshqa olimlardan keskin farq qilmaydi, iqtisodiy 
jarayonlar siyosat va davlatga nisbatan ustuvor hisoblanadi, ammo kapital-
izm va shunga muvofiq xo`jalik yuritishning bozor mexanizmi o`tkinchi 
deb qaraladi.
Bazis va ustqurma to`g`risidagi konsepsiya olim metodologiyasi 
markaziy o`rinni egallaydi. Unga ko`ra ishlab chiqarish yetakchi hisobla-
nadi formatsiyalar to`g`risidagi fikrda esa kapitalistik jamiyatning 
o`tkinchiligi ko`rsatiladi, bunga asosiy sabab ishlab chiqarish vositalariga 
xususiy mulk va bozor anarxiyasidir. Yangi jamiyat sotsializm va kommu-
nizm bo`lib, unda ishlab chiqarish vositalari xususiy o`zlashtirish obyekti 
bo`lmaydi. 
Sinflar to`g`risidagi nazariyada sinfiy kurash masalasi asosiydir, 
bunda kapitalistlar va ishchilar sinfi hisobga olinadi, uchinchi sinf 
to`g`risida shu narsa aytiladiki,mamlakatning industrlashib borishi tufayli 
rentaning daromad sifatidagi ahamiyati kamayib boradi. 
Kapitalga nisbatan ishchilarni ekspluatatsiya qilish va ishchi kuchi 
ustidan xokimiyat o`rnatish vositasi sifatida qaraladi. qapitalizmdagi va 
demak, bozor munosabatidagi qarama-qarshilar kapital bilan bog`lanadi. 
Undan tashqari kapital tovarni ishchi kuchi bilan birlashtirib, o`sib boru-
vchi qiymatga aylanadi. qo`shimcha qiymat bilan kapital o`zaro chambar-
chas bog`liqligi ko`rsatiladi. Faqat qo`shimcha qiymat yaratuvchi yoki 
kapitalning o`z-o`zidan o`sishga xizmat qiluvchi ishchigina unumli bo`ladi 
deb baho beriladi. 
Kapitalning organik tuzilishi to`g`risidagi g`oya "yangilik" bo`lib, 
asosiy va o`zgaruvchi kapitalning nisbati -SG`V ga tenlashtiriladi. Bundan 
ekspluatatsiya nomasi (qo`shimcha qiymat normasi)-qo`shimcha qiymat-
ning o`zgaruvchan kapitalga nisbati sifatida qaraladi (A. Smit va D. Rikar-
dolarda kapital asosiy va aylanma qisimlarga bo`lingan). Bu yerda asosiy 
kapital (mashina, asbob-uskuna, xomashyo....) qo`shimcha qiymat yarat-
maydi. 
Kapitalning jamg`arilishi sanoatning markazlashuvi va konsentrat-
siya bilan bog`lanadi, bu esa ishsizlik (rezerv) kuchayishiga olib keladi, 
bunday jamg`arilishning absolut, umumiy qonuni deb ataladi. 
K.Marksda qiymatning mehnat nazariyasi to`g`risida to`la ma'lu-
mot beriladi, qiymatning mehnat sariflari bilan o`lchanishi birdan-bir 
to`g`ri deb qaraladi. Ammo talab va taklifga ko`ra, tovar bahosi qiymatga 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


249 
nisbatan oshishi va kamayishi mumkin. "Ishlab chiqarish bahosi" konsep-
siyasi ilgari surilib, qiymatga qiyos qilinadi (xarid bahosi bilan tenglashtiri-
ladi). Oddiy tovar ishlab chiqarishda (to bozor iqtisodiyoti) va kapital-
izmning dastlabki davrida baholar qiymat qonuni bilan tartibga solinar 
ekan. Rivojlangan kapitalistik iqtisodiyotida esa baho A.Smit bo`yicha 
tabiiy baho, D.Rikarda bo`yicha ishlab chiqarish bahosi (yoki qiymati), 
fiziokratlar bo`yicha zaruriy baho deb qaraladi. Uzoq muddat davomida 
ishlab chiqarish bahosi taklifning zaruriy shartidir. 
Marksning bu g`oyasiga Kondratyev "mehnat nazariyasining yuqori 
shakli" deb baho beriladi. Mark Blaug fikricha, marksistlarning qarashalari 
shunga borib taqaladiki, agar biz qiymatning mehnat nazariyasidan bosla-
masak, kapitalistlar mehnat jarayonida ishtirok etmasdan turib, umumiy 
mahsulotning bir qismini o`zlashtirishni isbotlab bera olmaymiz (ya'ni es-
pluatatsiya manbayi yo`qoladi).
Pul nazariyasi Rikardo - Mill g`oyalariga amal qilinadi ammo, 
pulning miqdoriy nazariyasi inkor etiladi. Bunda ma'lum davr davomida 
savdo oborotlari va pul massasi oborotlari (aylanmasi) doimiy emasligi 
dalil qilib ko`rsatiladi. 
Marksning qo`shimcha qiymat nazariyasi asosiy bo`lib, uning vu-
judga kelishi quyidagicha "isbotlanadi" (klassik maktab g`oyalari bo`yicha 
hamma narsa o`z qimmatida sotiladi va shu qimmatda olinadi, ya'ni or-
tiqcha narsa yuzaga kelmaydi). mehnat aniq miqdoriy o`lchovga ega, ish-
chi kuchining qimmatini baholash esa - bu katta darajadagi muammodir, 
hamda fe'l-atvor holati va kollektiv va psixologiya (ruhi) tomonidan 
aniqlanadi. Shu sababli qo`shimcha qiymatning manbayi bo`lib, faqat o`z 
ishchi kuchini sotayotgan unumli ishchilarning "haqqi to`lanmagan 
mehnat" hisoblanadi. Bu "zaruriy" va "qo`shimcha" ish vaqtidagi jarayon-
dir. "qo`shimcha vaqt" va "qo`shimcha mehnat" bilan "qo`shimcha daro-
mad" yuzaga keladi. 
"Unumli mehnat" to`g`risidagi fiziokratlar (yuqoridagi boblarda 
berilgan) tomonidan ishlab chiqarilgan. Marks bu g`oyani rivojlantirib 
shunday xulosa chiqaradi: birinchidan, agar mehnat "mutloq" bo`lmagan 
shakldagi qo`shimcha qiymatni, ya'ni "nisbiy qo`shimcha qiymatini" 
yaratsa (bu tirikchilik vositalari qiymati (qiymati) arzonlashuviga olib ke-
ladi); ikkinchidan, unumli mehnat muomala sohasida emas, ishlab chiqar-
ish sohasida qo`shimcha qiymat yaratgandagina unumli bo`ladi. 
Daromadlar to`g`risida fikr yuritib, yollanma ishchilar o`z "ku-
chini" sotib kapitalistdan oladigan haqdir (bu yerda "ishchi kuchi" ish 
haqiga almashtiriladi), vaholanki klassik maktab vakillari bo`yicha mehnat 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


250 
uchun ish haqi beriladi. Bu nazariyaga ko`ra, ish haqi ishchi va uning oilasi 
hayotini ta'minlash uchun zarur tovarlarga ekvivalentdir. Uning miqdori 
ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash va texnologik jihozlash darajasiga 
bog`liq, bu esa oxirgi oqibatda ish haqi o`sishi uchun to`siq bo`ladi, chunki 
texnik-iqtisodiy taraqqiyot doimiy ortiqcha ishchi kuchini yaratadi. Kapi-
talist va ishchi o`rtasidagi almashuv munosabatlari ishchi ziyoniga bo`ladi. 
Hech vaqt real ish haqi mehnat ishlab chiqarish kuchlari o`sishiga mu-
tanosib ravishda o`smaydi. Erkin raqobat iqtisodiyoti sharoitida ishchilar 
kasaba Kumitalariga suyangan hollarda ham bu sharoitni o`zgartira olmay-
dilar. Mehnat unumdorligi o`sishi tufayli, tovar va xizmatlar qiymatining 
puldagi ifodasi pasayib borishi oqibatida ishchilar tomonidan sotib olinadi-
gan tovarlar bahosining har doim adekvat pasayishiga olib keladi, bu esa 
ishchilar ahvolining doimo yomonlashuvidir. 
Foyda va foyda normasi. Bu daromad shakli sohibkor tomonidan 
ekspluatatsiya yordamida paydo bo`ladi; Rikardodagi foyda normasi emas, 
boshqa qo`shimcha Qiymat normasi, hatto ekspluatatsiya normasi 
to`g`risida fikr yuritiladi. 
Korxona yoki sohadagi qo`shimcha qiymat hissasi o`zgaruvchi 
kapital va mehnat hissasi qancha ko`p bo`lsa, shuncha ko`p bo`ladi, kapi-
talning organik tuzilishida (SG`V) doimiy kapital hissasi kam bo`lsa, de-
mak, korxona qanchalik mashina va boshqa texnikalar bilan yaxshi Kurol-
langan bo`lsa, shuncha kam bo`ladi. 
Qo`shimcha qiymat normasi va foyda normasi o`rtasidagi farq 
shundan iboratki, birinchisi O’zgaruvchi (V) kapitalga nisbat shaklida, ik-
kinchisi esa umumiy kapital (CQV)ga nisbat shaklida bo`ladi. Foyda nor-
masi pasayib borish tendensiyasiga ega (Rikardo-Mill bUyicha hayot 
uchun zarur mahsulotlarga baho oshuvi, demografik omillar, tuproq unum-
dorligi pasayishi va boshqalar), ammo Mark bo`yicha buning sababi kapi-
talning organik tuzilishi (SG`V)da o`zgaruvchan (V) kapitalning hissasi 
kamayishi va, demak, kapitalning jamg`arilishi bilan bog`liq.
Ekspluatatsiyani kuchaytirish (yoki qo`shimcha qiymatni oshirish) 
ning yo`llari 2 ta, ish soatlari oshiriladi (absolut) yoki mehnat unumdorligi 
orttiriladi (nisbiy).
Marks Seniorning "So`nggi soat nazariyasi"ni qattiq tanqid ostiga 
oladi (yuqorida berilgan). Bu g`oya umuman yangilik edi.
Rikardo fikricha, foyda normasining pasayish tendensiyasi mashi-
nalarning takomillashuvi (texnik kashfiyotlar) va agronomiya fanidagi 
yangiliklar tufayli o`zgarib (to`xtab-to`xtab) turishi mumkin bo`lsa. Marks 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


251 
fikricha bu jarayon kapitalizmni o`z ichidan yemirmaguncha davom etav-
erar ekan. 
Renta to`g`risidagi nazariya D.Rikardonikidan farq qilmaydi, 
ammo differensial renta bilan absolut renta ham borligi aytiladi. So`nggi 
renta qishloq xo`jaligidagi kapital organik tuzilishini pastligi (SG`V) va 
yerga xususiy mulk borligi bilan izohlanadi. Xususiy yer egasi ijarachi-
fermerdan rentaning tabiiy darajasidan yuqoriroq ijara haqi talab qilib olish 
imkoniga ega bo`ladi.
Takror ishlab chiqarish nazariyasida Marks takror ishlab chiqarish-
ning o`z sxemasini ilgari suradi. Avvalgi (Smit-Sey) mualliflar bo`yicha, 
yalpi milliy mahsulot jamiyat sinflarining daromadlar summasiga teng deb 
qaraladi. Marksda esa iqtisodiyot ikki tarmoqqa bo`lib qaraladi: ishlab 
chiqarish vositalari va iste'mol mollari; kengaytirilgan takror ishlab chiqar-
ish tahlil etiladi (F.Kenyeda oddiy takror ishlab chiqarish). Marksning 
kengaytirilgan takror ishlab chiqarish sxemasi fan tarixida iqtisodiy 
o`sishning birinchi matematik modeli deb hisoblash mumkin. 
Marks iqtisodiy inqiroz (krizis)larning avvalgi namoyondalari 
(Sismondi, Maltus va b.) fikrini tahlil etadi va xatolarini ko`rsatib beradi. 
Yirik ishlab chiqarish tufayli iste'molning pasayishi oqibatidagi inqirozlar, 
ularni tugatish uchun "uchinchi shaxslar" (T.Maltus) zarurligi to`g`risidagi 
g`oyalar yanada chuqurlashtiriladi.
Marksning "Kapital" asarida inqirozlar nazariyasidan ko`ra, mu-
qarrar umumiy ortiqcha ishlab chiqarish davriga olib keluvchi kapitalning 
(sabab-oqibat) jamg`arilishi va kapitalizmda daromadlarning taqsimlan-
ishiga baho beradi. Ortiqcha ishlab chiqarish inqirozlari bozor iqtisodiyoti 
stixiyasi bilan bog`lanadi. Xo`jalik anarxiyasi ishlab chiqarish va iste'mol 
o`rtasidagi nomuvofiqlik tufayli Yuzaga keladi, realizatsiya muammosi 
kuchayadi. Sey qonuni tanqid qilinadi. Marksning yozishicha, har bir odam 
bir narsa sotgani uchun, uni darhol sotib olishi majbur emas. Bu esa or-
tiqcha ishlab chiqarish inqiroziga olib kelishi mumkin, chunki umumiy 
xarajatlar umumiy daromaddan kam bo`ladi. 
Siklik o`sishning moddiy asoslari tahlil etilib, asosiy kapitalning 
(har 5-10 yilda) yangilanib turishi bilan bog`liq deb ko`rsatiladi. Marks 
bo`yicha iqtisodiyot tarkibining o`zgarishi yangi investitsiya va yangi ish 
joylari paydo bo`lishi bilan ro`y beradi, bu jarayon foyda normasi pasay-
guncha davom etadi, keyin mehnat rezervlari armiyasi o`sadi, ish haqi 
pasayadi va inqiroz sharoiti paydo bo`ladi. 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


252 
Yuqorida markscha iqtisodiy ta'limotning asosiy xususiyatlari tahlil 
etildi, endi shu g`oyalarning nazariy va amaliy ahamiyati to`g`risida fikr 
yuritiladi.
Hozirgi davrda marksizmga bo`lgan munosabat salbiy hisoblanadi. 
Ammo, bu ta'limotning muxoliflari ham ayniqsa Karl Marksning (1818-
1883) iqtisodiyot nazariyasiga qo`shgan buyuk hissasini tan olmoqdalar 
(masalan, R.Xeylbroner, L.Turou. "
Экономика
для
всех
"). Umuman, iqti-
sodiyot g`oyalari tarixida uch shaxs - A.Smit, K.Marks va J.M.Keyns 
ta'limotlariga alohida e'tibor beriladi. Shuning uchun odatda K.Marks va 
Fridrix Engel'sning (1820-1895) kapitalizmga bo`lgan munosabatlariga 
baho beriladi. Bu ikki olimning ta'limoti bir-biri bilan chambarchas 
bog`lanib ketgan bo`lib, bu yagona ta'limot marksizm deb ataladi, shuning 
uchun ko`proq K.Marksning nomi tilga olinadi. Bu olimning iqtisodiy 
qarashlarini tushunish uchun ularni boshqa tadqiqotchi - A.Smit g`oyalari 
bilan solishtirishni o`rinli deb hisoblaymiz. 
A.Smit kapitalizmni tartibga solish va taraqqiyotining me'mori edi. 
K.Marks esa bu jamiyatning illatlari va bo`lajak o`limi tashbexchisi 
bo`lgan. Ularning qarashlarida tarixga bo`lgan turli munosabat ochiq-oydin 
bo`lib qoladi. A.Smitning fikricha, insoniyat ovchilar va baliqchilarning ilk 
va sodda jamiyatidan oliy kommersiya jamiyati sari boradigan yo`lni bosib 
o`tdi. K.Marks esa insoniyat tarixi sinflarning to`xtovsiz kurashi, barcha 
davrlarda ezuvchi va eziluvchilar o`rtasidagi antogonistik raqobati hisobiga 
rivojlanishini aytadi. A.Smit va ko`pgina boshqa olimlar kapitalistik tizim 
oxir-oqibatda jamiyatdagi barcha taraflarning shaxsiy manfaatlari bilan 
ijtimoiy manfaatlarining uyg`unligi (garmoniyasi)ni, bu jarayon abadiy 
yoki jilla bo`lmasa juda uzoq vaqt davom etishini bashorat qiladilar. Marks 
esa sinfiy kurash ziddiyat va antagonizmni vujudga keltiradi va kapitalistik 
tizimning umri qisqa, ish haqi va foyda o`rtasidagi qarama-qarshilik kapi-
talizmni o`zgartiradi va uni yakson etadi, degan fikrni bildiradi. 
Smit fikricha, ayrim shaxslar va jamiyat manfaatining mos tushishi 
"Ko`rinmas qo`l" orqali (tabiiy Qonunlar va raqobat natijasida) tartibga 
solib turiladi. Vaholanki, Marks fikricha, ishlab chiqarish vositalari 
markazlashuvi va mehnatning ijtimoiylashuvi kapitalizmni inqilobiy yo`l 
bilan boshqa jamiyatga o`tishini taqozo etadi. Smit xususiy mulkni himoya 
qilsa, markschilar umumxalq (davlat) mulkini afzal deb hisoblaydilar.
Markschilar kapitalizmni rivojlanayotgan tizim, deb qaradilar va 
boshqa hali to`la aniq bo`lmagan jamiyat sari ketayoganligini aniqladilar 
(buni ba'zilar sotsializm deb qaraydilar). Marks iqtisodchi sifatida bozorni 
kapital va boylik jamg`arishning kuchli vositasi sifatida biladi. Ammo bu 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


253 
jarayonni Smitdan boshqacharoq tahlil qiladi. Agar Smit bo`yicha bozor 
o`zini-o`zi boshqara olsa, Marksda bu o`sish turli to`siqlar, inqirozlar 
orqali ro`y beradi. Marks jamg`arilish jarayonini biznesmen nuqtayi 
nazaridan o`rganadi: asosiy masala shundaki, ma'lum kapital (bankdagi pul 
yoki korxonaga qo`yilgan mablag`) foyda keltirishi kerak. Marks iborasi 
bo`yicha P (pul summasi) undan kattaroq P1 ga aylanishi kerak. Bunga 
Marksning javobi quyidagicha: kapitalistlar o`z pullarini tovar va ishchi 
kuchini sotib olishga ishlatadilar, shunday qilib ishlab chiqarish jarayoni 
uchun asos solinadi, kerakli xom ashyo, yarim fabrikatlar olinadi, ishlab 
chiqarish quvvatlari va ishchi kuchi yollanadi. Bu bosqichda hamma nar-
sani haqiqiy bahoda olish qiyinchiligi yuzaga keladi. Real hayotda (ma-
salan, mehnat qimmat tursa) P o`zgarmas holda qoladi va jamg`arilish 
jarayoni boshlanmaydi. 
Agar yuqoridagi birinchi bosqich muvaffaqiyatli o`tsa, pul kapitali 
yollanma ishchi kuchi va moddiy ne'matlar zahirasiga aylansa, ya'ni pul 
mehnat jarayoni bilan materiallar, xom ashyo, yarim fabrikatlar orqali 
qo`shilib ketsa, keyingi bosqichga o`tiladi. 
Xuddi shu yerda fabrika sexlarida foyda yuzaga keladi, uning man-
bayi shundaki, kapitalistlar ishchi kuchiga ular tomonidan ajratilgan qiy-
matdan kamroq haq to`laydilar. Foyda, ya'ni P va P1 orasidagi farq amalda 
haq to`lanmagan mehnat bo`lib chiqadi. Bu Marksning qo`shimcha qiymat 
nazariyasi foydaning manbayi sifatida kapitalizmni tahlil etishda juda mu-
himdir. 
Bu qo`shimcha qiymat odatda ikki yo`l bilan vujudga kelishi mum-
kin: 
1. Ish soatlarini cho`zish (absoyut). 
2. Zaruriy ish vaqtini qisqartirish (nisbiy) yoki mehnat unumdor-
ligini oshirish; 
Marksning fikricha, ish kuni ikki qismdan iborat bo`lib, birinchi za-
ruriy ish vaqtida ishchi va ishlab chiqarishga ketgan sarfharajatlar to`la 
qoplanadi va qolgan vaqtda (qo`shimcha ish vaqtida) qo`shimcha qiymat 
hosil bo`ladi, ya'ni haq to`lanmagan ish vaqti kapitalist tomonidan 
o`zlashtiriladi (odatda ish kunining yarmi yoki ma'lum qismi o`shanga sar-
flanadi). Kapitalist avvalgi davrlarda ish soatlarini ko`paytirish yo`li bilan 
qo`shimcha ish vaqtini cho`zgan bo`lsa, keyingi paytlarda zaruriy ish 
vaqtini qisqartirish yo`lini qidiradi va bu ko`pincha ishlab chiqarishga 
mashinalashtirish, avtomatika, telemexanikani kiritish bilan amalga oshiri-
ladi. 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


254 
Marks kapitalizmning to`g`ri tizim emasligini, uning turli inqi-
rozlar, siklik o`zgarishlarga moyilligini ko`rsatib berdi. Haqiqatdan ham 
Smitning fikridan farqli ravishda kapitalizm tizimining kibernetik kafolat-
langan jarayondan ancha uzoqligi aniq. Kapital jamg`arilishi mehnat va 
kapital manfaatlarining noaniqligi, qarama-qarshiligini yengishi kerak 
bo`lgan bozor tizimi bilan bevosita bog`liqdir. Biznesning asosiy maqsadi 
boylik to`plash bo`lsa ham bu maqsadga erishish har doim ham amalga 
oshavermaydi. 
"Kapital" asarida kapitalizmning turg`un emasligi oxir-oqibatda 
tizimning qulashiga olib keladi, degan xulosa chiqariladi. Bu asarda yana 
ikkita muhim fikr berilgan: 
1. Korxonalar hajmi inqirozlar tufayli doim o`sib boradi, bu esa 
iqtisodiyotning monopollashuviga va qulashiga sabab bo`ladi. Inqirozlar 
tufayli bankrot bo`lgan korxonalar mulki boshqa firmalar tomonidan sotib 
olinadi. Bundan firma va fermerlarning yiriklashuv tendensiyasi kapital-
izmning muhim ajralmas xususiyatidir. 
2. Ommaning "proletarlashuvi" natijasida sinfiy kurash ke-
skinlashuvi kutiladi. Inqirozlar tufayli kichik biznes va mustaqil hunar-
mandlar ommaviy ravishda ko`chaga haydaladi. Shunday qilib jamiyat 
tarkibida oz sonli kapitalist-magnatlar hamda ko`p sonli, mulkdan mahrum 
etilgan, norozi, "proletarlashgan" ommadan iborat ikki sinf paydo bo`ladi, 
"...oxir-oqibatda bu jarayon uzluksiz davom etishi mumkin bo`lmay qoladi. 
Kapital monopoliyasi o`zi yaratgan ishlab chiqarish usulining kishaniga 
aylanadi. Ishlab chiqarish vositalarining markazlashuvi va mehnatning 
ijtimoiylashuvi kapitalizm bilan mos kelmay qoladi. Kapitalizm qobig`i 
portlaydi. Kapitalistik xususiy mulk zil ketadi. Ekspropriatorlar ekspropri-
atsiya qilinadi..." 
Kapitalizm jamiyati boshqa yangi jamiyatga inqilobiy yo`l bilan o`z 
o`rnini beradi, deb bashorat qilingan edi. Bu xodisa eng rivojlangan mam-
lakatlarning bir qanchasida har holda bir vaqtda ro`y berishi kerak edi. 
Ilgari surilgan iqtisodiy munozara asosan kapitalizm oxir-oqibatda 
o`zini o`zi vayron eta oladimi, degan masalaga borib takaladi. Kapital-
izmning ichki qarama-qarshiliklarining chuqurlashuvi tufayli bozor mex-
anizmi ularni tartibga sola oladimi, degan va boshqa savollarga aniq javob 
berish qiyin. Marks tanqidchilari to`la ishonch bilan kapitalizm vayron 
bo`lmadi, ishchilar sinfi qashshoqlashmadi, foyda normasining pasayishi 
va boshqa prognozlari tasdiqlanmadi, demoqdalar. 
Uning tarafdorlari esa buning aksini isbotlamoqdalar. Ularning fik-
richa, kapitalizm XX asrning 30-yillari deyarli vayron bo`ldi, odamlarning 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


255 
"proletarlashuvi" tobora ortib bor-moqda, masalan, 1800 yilda 80 foiz 
amerikaliklar yollangan holda ishlagan bo`lsalar, ularning hissasi hozir 10 
foizdan tushgan, Marks aytganidek, firmalar hajmi tobora yiriklashmoqda, 
kapitalistik tizim nokapitalistik Osiyo, Janubiy Amerika va Afrikaga to-
bora kirib bormoqda. 
Bu borada o`z fikrimizni bildirmoqchi bo`lsak, shuni aytib o`tish 
kerakki, marksizm g`oyalari o`sha davr uchun ko`p jihatdan to`g`ri edi. 
Kapitalizm shakllanayotgan va rivojlanayotgan davrda ishchilarning ahvoli 
keskin yomonlashdi, ekspluatatsiya kuchaydi, inqilobiy vaziyat yuzaga 
keldi va bu qisman amalda ro`y berdi. Ammo inqirozlar girdobiga uchra-
gan yetakchi kapitalistik mamlakatlar ahvolni to`g`rilash uchun o`z iqtiso-
diy siyosatlarini keskin o`zgartirishga majbur bo`ldilar, ijtimoiy bozor 
elementlaridan foydalanish yo`liga o`tdilar. Bunda sobiq SSSR va boshqa 
"sotsialistik" deb atalgan davlatlarning ta'siri ham kuchli bo`ldi. Bu davrda 
kapitalizm yangi davrga moslashdi va aslida "sotsializm" elementlarini 
hayotda qo`llay boshladi. Hozirgi XX asr kapitalizmi XIX asrdagidan ke-
skin farq qiladi. 
Olimlar Marksning otashin demokrat bo`lganligini tan olgan holda, 
uning juda shoshqalok odam ekanligini ham aytmoqdalar. 
Taniqli 
iqtisodchi 
olim 
Mark 
Blaugning 
ta'kidlashicha, 
K.Marksning iqtisodiy ta'limoti hozirgi davrda ham dolzarbdir (“
Эконо
-
мическая
мысль
реттоспектив
”, 
стр
207). Lekin bu olim "qiymat" tu-
shunchasini "qimmat" bilan alishtirgan (qimmat qonuni, qo`shimcha qim-
mat qonuni va boshqalar). Uningcha, Marks qimmat qonunidan nisbiy 
baho, kapitalga foyda normasini aniqlash uchun foydalanadi, boshqacha 
aytanda, uning tizimida "qo`shimcha qimmat" qanday aniqlanishi 
ko`rsatiladi. Asosiy kapital "S", aylanma kapital "V", qo`shimcha qimmat 
"S" (Marksda "m") xarflari bilan belgilansa, yalpi milliy mahsulot C Q V 
Q S bilan, sof milliy mahsulot V Q S bilan aniqlanadi. qo`shimcha qimmat 
normasi g q S G` V shaklida keltiriladi. Kapitalning organik tuzilishi q q C 
G` C Q V (yoki V G` C Q V) shaklida ifodalangan. Marks iqtisodiy ta'li-
motining asosi qo`shimcha qimmatning paydo bo`lishi quyidagilar bilan 
tushuntiriladi. Jamiyat a'zolarining katta qismi mulkdan mahrum etilgan, 
bu mulk ozchilik qo`lida to`planganligi tufayli, ko`pchilik o`zlarining 
mehnat quvvatlarini sotish hisobiga tirikchilik qilishga majbur. Ishchi ku-
chi tovar sifatida (boshqa tovarlar kabi) bozorda to`la bahoda sotiladi va 
sotib olinadi. Ammo bu ishchi kuchi yaratgan qimmat ishchi kuchi bahosi-
dan ortiq bo`ladi. Ana shu farq (ish haqi to`lanmagan mehnat) qo`shimcha 
qimmatdir. 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


256 
Marksda xalq ommasining absolut yoki nisbiy qashshoqlashuvi 
masalasi ham muhimdir. Lekin M.Blaugning ma'lumotlariga ko`ra, 
Marksning yuqoridagi g`oyasi, kichik va o`rtacha korxonalarning yo`qolib 
borishi, foyda normasining pasayib borishi to`g`risidagi fikrlari hatto 
nazariy jihatdan ham isbotlanmaydi (O`sha kitob, 227-bet). 
Marks ishchilarning real ish haqlari oshib borishi mumkinligini in-
kor etmaydi. Ammo, mehnat unumdorligining ortishi har doim maoshning 
oshishiga olib kelmaydi, bu absolut qashshoqlashuvdir. Kapitalizmning 
tarixiy rivojlanishi har doim ham bu g`oyaning to`g`ri ekanligini isbot-
lamaydi. Ko`pgina mamlakatlarda ishchilar sinfining ahvoli yaxshilanib 
borgan. Markscha iqtisodiy ta'limotning asosi bo`lgan qo`shimcha qiymat 
nazariyasi ham haqiqatdan yiroq, deb topildi. 
Xususiy mulkning inkor etilishi, umumxalq mulkining afzalliklari 
ham hayot sinovidan o`tmadi. Barcha turdagi mulklarning mavjudligi, 
ayniqsa xususiy mulkdagi rag`batlantiruvchi kuch tarixda va umuman iqti-
sodiyotda muhimdir. 
Bu olimlarning buyuk xizmatlari shuki, ular ijtimoiy iqtisodiy for-
matsiyalar to`g`risidagi ta'limotni, uni tashkil etuvchi tarkibiy element-
larini, formatsiyalarning almashuv sabablarini, kapitalizmning rivojlanishi 
qonunlarini, uning ichki harakatlantiruvchi kuchlari, ichki qarama-
qarshiligi, bu formatsiyaning o`tkinchi xarakterini ifodalab berdilar, takror 
ishlab chiqarish va iqtisodiy inqirozlar, ishlab chiqarish bahosi, mehnat-
ning tovarda aks etgan ikkiyoqlama xarakteri, tovar qarama-qarshiligi, 
qo`shimcha qiymat to`g`risidagi ta'limotlarni ishlab chiqdilar; qiymat evo-
lutsiyasining noyob tahlili; absolut rentaning mohiyati ochib berildi; kapi-
talistik ekspluatatsiyaning umumiy xarakteristikasi berilgan. 
Shuni ham aytib o`tish kerakki, sotsialistik jamiyat qurish borasida 
marksizmning asosiy g`oyalari dogmatik ravishda buzib qo`llanildi. Asosiy 
e'tibor sinflar o`rtasidagi antagonizmga qarshi qaratiladi. Jamiyatni kela-
jakda rivojlantirish tavsiyalari ikkinchi darajali deb qaraldi. Kapitalizmni 
faqat ekspluatatorlik jamiyati ekanligiga ortiqcha urg`u berildi. Kapitalizm 
esa sharoit taqozosi tufayli adaptatsiyaga moyilligini namoyish etdi. 
Marks va Engelsning iqtisodiy qarashlari ular hayotligi davridayoq 
qattiq tanqidga uchradi. Sotsialistik va kommunistik jamiyat to`g`risidagi 
g`oyalar ham ahamiyatini yo`qotib bormoqda. 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


257 

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə