Iqtisodiy talimot doc


 Markscha iqtisodiy ta'limotning tarixiy taqdiri



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/150
tarix31.01.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#99872
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   150
6-IQTISODIY-TALIMOTLAR-TARIXI-2005-oquv-qollanma-A.Razzaqov-va-bosh

12.6. Markscha iqtisodiy ta'limotning tarixiy taqdiri 
Markscha g`oyalar davr sinovidan o`tdimi? degan o`rinli savol 
tug`iladi. Umuman, o`z davrida sotsialistik va konkret Sovet davlati va 
dunyoning 1.5 mlrd aholisini o`z ichiga olgan sotsialistik lager deb atalgan 
mamlakatlardagi ijtimoiy tuzumning mazmuni nimadan iborat edi, hozirda 
bu yo`lni davom ettirayotgan davlatlarning istiqboli qanday? kabi muam-
molar bugungi kunda oz emas. Bu murakkab savollarga baholi kudrat o`z 
fikrimizni bildiramiz. 
Imperializm sotsialistik inqilob arafasi ekanligi dastlab Rossiyada, 
keyinroq qisqa vaqt bo`lsa ham Germaniya (Bavariya), Vengriya, Mon-
goliya va II Jahon urushidan keyin ba'zi davlatlarda isbotlandi. Lekin bu 
inqilob yuksak rivojlangan, ishchi sinfi ko`pchilikni tashkil etgan joylarda 
emas, nisbatan o`rta yoki kam rivojlangan davlatlarda ro`y berdi. 
Markscha ta'limot asoschilarining umumxalq mulkini yaratish, 
xususiy mulkchilikni yo`q qilish, iqtisodiyotni qat'iy rejalashtirish, raqo-
batni yo`qotish, ya'ni bozor iqtisodiyotini bekor qilish to`g`risidagi 
g`oyalari (Sovet davlati va boshqalarda) o`zini oqlamadi. 
Lenin va leninchilarning oktabr to`ntarilishi jahon revolutsiyasiga 
aylanadi, degan umidlari ham ro`yobga chiqmadi. Oqibatda Sovet davlati 
amalda yagona sotsialistik mamlakat bo`lib qoldi. Bizda bashorat qilingan 
umumxalq, ya'ni davlat mulki asosiy bo`lib oldi, qisman kolxoz-kooperativ 
jamoat mulki saqlandi, xususiy mulkchilik barham topdi, bozor iqtisodiyoti 
o`rniga markazdan rejalashtirilgan iqtisodiyot keldi, ilgari qoloq davlat 
qisqa vaqt ichida ancha ilg`or mamlakatlar qatoriga o`tib oldi. Agar shu 
yutuq bo`lmaganda, Gitler Germaniyasi sobiq Ittifoqni yer bilan yakson 
qilib yuborgan bo`lar edi. Lekin 70-yillarda, ayniqsa, 80-90 yillarda Sovet 
Ittifoqi inqirozga yuz tutdi. Xo`sh, sotsializm va kommunizm g`oyasi puch 
bo`lib chiqdimi yoki gap boshqa yerdami? 
Bu yerda tarixga ekskursiya qilishga to`g`ri keladi. Kapitalizm 
(ayniqsa imperializm, davlat-monopolistik kapitalizm bosqichida) avvalgi 
jamiyatlardan ijobiy farq qiladi, uning ko`plab imkoniyatlari borligi 
aniqlanmoqda; ayniqsa burjuaziya katta tajribaga ega (XVIII asrning 
o`rtasida paydo bo`lgan bu sinfning 250 yillik tajribasi bor), o`z boshidan 
qanchadan-qancha jarayonlarni o`tkazdi, u feodal munosabatlarga qarshi 
qonli kurashda hokimiyatni qo`lga olgach, asosiy ishlab chiqarish vosita-
larining egasiga aylandi, dastlab ekspluatatsiyaning jirkanch usullari 
qo`llanildi (14-16 soatlik ish kuni, bolalar va ayollarning mehnatidan foy-
dalanildi, ish haqi nihoyatda oz, sotsial sharoit g`oyatda og`ir edi), oqi-
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


258 
batda bir qancha sotsial inqiloblar va iqtisodiy inqirozlarni boshidan ke-
chirdi, bu sinf kurashlarda chiniqdi, tajriba orttirdi, o`zini himoya qilish, 
yashash uchun yo`l kidirdi, ilojini topdi. Dastlabki va keyingi yillarda 
mustamlakalar (koloniyalar) joniga oro kirdi, ular hisobiga metropoli-
yaning iqtisodiy va demakki, siyosiy ahvoli nisbatan yaxshilandi. 
Mustamlakachilik sistemasi tugagan hozirgi paytda ham ilgari ko-
loniya bo`lgan davlatlar o`z qarzlarini emas, hatto foizlarini to`lashga ham 
qodir emaslar (masalan, Janubiy Amerika davlatlari AQSH ga juda katta 
qarzdor). Yana bir fikr shuki, barcha kapitalistik davlatlarning ravnaqi bir 
xil emas, balki turlichadir. 
Rossiyadagi inqilob (chet el intervensiyasi bejiz emas), sotsializm 
yo`lini birinchi bo`lib tanlagan davlatlar - SSSR, Mongoliya va boshqalar, 
II Jahon urushi, yangi sotsialistik yo`ldan borishni istagan davlatlar, 
mustamlakachilik sistemasining yemirilishi, iqtisodiy va siyosiy inqirozlar 
kapitalistik davlatlar oldiga yangidan yangi muammolarni qo`ydi. Katta ta-
jribaga ega bo`lgan burjuaziya ilmiy-texnika progressidan unumli foy-
dalandi, ishlab chiqarishni o`stirdi, foyda oshdi, ishchilar sinfi va xalqning 
moddiy turmush darajasini oshirishga va sotsial tenglikni yumshatishga er-
ishdi. Masalan, AQSHda milliy boylikning 60 foizi 1 foiz aholining 
qo`lida, bunga xalq jim qarab tura olmaydi. Shuning uchun bu sistema 
yo`qolish xavfining oldini olishga majbur edi (SSSR tajribasi). 
Shu vaqt davomida SSSR deb atalgan sobiq mamlakatda rivojlanish 
tobora susayib bordi, sotsial tanglik kuchaydi, bunga bir qancha sabablar 
bor. Avvalo voqealarni sun'iy tezlashtirishga urinildi. 1928 yildan boshlab 
yangi iqtisodiy siyosat vazifalari inkor etildi, vaholanki bu jiddiy va uzo-
qqa mo`ljallangan siyosat edi. Kapitalistik munosabatlarga chek qo`yishga 
shoshildik, ma'muriy-buyruqbozlik usulini joriy qilib, ayniqsa qishloq 
xo`jaligida majburiy kollektivizatsiya kabi yirik xatolarga yo`l qo`ydik, 
dehqonlar va ishbilarmonlarning faoliyatiga sun'iy to`siqlar yaratdik. Ik-
kinchi beshyillik oxirida sotsializm qurib bitkazilganligini e'lon qildik va 
AQSHga yetib olish va undan o`zib ketish vazifasini belgiladik. II Jahon 
urushi oqibatlari va undan keyingi voqealar, sovuq urush, qurollanish poy-
gasi (40-50 foiz harajat), boshqa davlatlarga beg`araz yordam, ilmiy-
texnika taraqqiyotiga e'tiborning kamligi (kibernetika va genetikani dastlab 
inkor etish) iqtisodiyotda qo`pol xatolar va yomon oqibatlarga olib keldi. 
Ayniqsa, og`ir sanoatning ustun rivojlanish qonuni katta ziyon keltirdi. 
1953 yilda Stalin vafotidan so`ng G.M.Malenkov tomonidan xalq iste'mol 
mollarini ko`proq ishlab chiqarish g`oyasi zararli deb e'lon qilindi. Ayniqsa 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


259 
N.S.Xrushchevning iqtisodiy siyosati xalq xo`jaligini keskin og`ir ahvolga 
solib qo`ydi. 
Ilg`or kapitalistik davlatlarda qayta qurish (agar shunday deyish 
joiz bo`lsa) ancha ilgari boshlandi. Masalan AQSHda 1929-33 yillar buyuk 
inqiroz davrida 17 mln ishsiz bo`lgan paytda sotsializatsiya rejalari tuzildi, 
insonning manfaatlarini ta'minlamay, himoyalamay borib halokatga 
uchrash mumkinligi ayon bo`lib qoldi (buning uchun 200-250 yil kerak 
bo`ldi). 
II Jahon urushidan keyin Germaniyada L.Erxard tomonidan ijti-
moiy yo`naltirilgan iqtisodiyotga yo`l ochildi, Shvetsiya va bir qancha 
mamlakatlarda davlat tomonidan sotsial himoya kuchli qilib qo`yildi. 
Yuqorida aytilganidek, bir qancha davlatlar sotsializm g`oyasidan 
voz kechmagan. XXRda sotsializm asoslarini qurish 50-100 yillik vazifa 
qilib belgilangan, KXDR, Kuba va Vyetnam sotsialistik respublikasida 
ham bu jamiyatni qurish uchun harakat bor. 
Markscha ta'limot tarix sinovidan to`la o`tmadi. Uning taqdiri kela-
jak tarixi hukmiga havola etiladi. 
XULOSA 
Sen-Simonizm ta'limoti o`z rivojida to`rtta bosqichni bosib o`tdi. 
Birinchi bosqich uning 1815 yilgacha yozilgan asarlarida yoritilib, 
olimning ijtimoiy-iqtisodiy tafakkuri endi shakllanib borayotgan edi. 
Ikkinchi bosqich Sen-Simon hayotining so`nggi o`n yilligida yozilgan 
asarlarni o`z ichiga olib, ularda kapitalizm tabiiy va abadiy degan fikrdan 
qaytib, yangi, qarama-qarshilik va raqobat o`rniga birodarlik va 
hamkorlikka asoslangan jamiyat vujudga kelishi ko`rsatiladi. Bu 
almashinuv tinch yo`l bilan, "industriallar jamiyati"ning rivojlanishi va 
feodallarni tugatish asosida olib boriladi. Sen-Simon umuman xususiy 
mulkchilikka qarshi chiqqan emas, u faqat jamiyatda ma'lum nazorat 
o`rnatilganligi maqsadga muvofiqdir, deb hisoblaydi. 
Uchinchi bosqichga Sen-Simonning vafotidan keyin olti yil ichida 
uning shogirdlari yaratgan asarlar hamda ularning tashviqot va amaliy 
faoliyati kiradi. Bu bochkichda Sen-Simonizm sotsialistik ta'limotga 
aylanib, xususiy mulkchilikni bartaraf etishni, boylikni har kimning 
mehnati va layoqatiga qarab taqsim qilishni , ishlab chiqarishni esa 
rejalashtirishni talab qiladi. Bu g`oyalar to`liq ravishda 1829 yillarda Sen-
Simonning yaqin shogirdlari S.A.Bazar, B.P.Anfonten, B.O.Rodrig 
tomonidan Parijda o`qilgan ommaviy ma'ruzalarda o`z aksini topdi. 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


260 
Sen-Simon va uning shogirdlari asarlarida siyosiy iqtisodning 
asosiy kategoriyalarining ilmiy tahlilini uchratmaymiz. Ular qiymat 
shakllarini, ish haqi, foyda va yer rentasining xususiyatlarini o`rganishni 
maqsad qilganlari yo`q. Balki, siyosiy iqtisod fani oldiga yangi vazifalarni: 
kapitalistik ishlab chiqarish usulining vujudga kelishi va rivojlanishi, 
undagi qarama-qarshiliklar, nima uchun va qanday ko`rinishda 
sotsializmga o`rin bo`shatishi kerakligini o`rganishni qo`yadi. 
1831 yilda boshlangan to`rtinchi bosqich Sen-Simonizm inqirozi 
bosqichidir. Ishchilar orasida mustahkam o`rin egallamagan Sen-
Simonchilar dastlabki revolutsiyalar davrida ancha o`zlarini yo`qotib 
qo`ydilar. Natijada ular orasida kelishmovchiliklar vujudga kelib, ikkiga 
bulinishga, keyinchalik esa umuman Sen-Simonizmning oqim sifatida 
tarqalib ketishiga sabab bo`ldi. 
Sen-Simon agar yangi jamiyatning umumiy qiyofasini, ya'ni 
eskizini yaratgan bo`lsa, Furye o`z navbatida undagi mehnatni va hayotni 
tashkil qiluvchi alohida yacheykalarning mohiyatlarini o`rgandi. Furye 
asarlari va g`oyalarining ahamiyati shundan iboratki, olimning o`zi 
kapitalizm qonuniyatlarini o`rganishga harakat qildi. Uning mehnatni 
tashkil qilish, mehnatni tabiiy zarurat o`rnida bilish va musobaqalar 
to`g`risidagi g`oyalari hozirgi davrda ham katta ahamiyatga egadir. 
Xayoliy sotsialistlar ichida Ouen birinchi bo`lib klassik iqtisodiy 
maktab prinsiplari asosida kapitalizmga qarshi xulosalarni chiqardi. U o`z 
qarashlarini Rikardoning qiymatning mehnat nazariyasi asosida yaratib, 
ayrim hollarda Buagilber qarashlaridan ham keng foydalandi. 
Sen-Simon va Furye ta'limotlari bilan tanishgan chogimizda 
ularning g`oyalari to`liq sotsialistik bo`lmay, hali xususiy mulkni saqlab 
qolganliklari, kapitalistlarning sinf sifatida saqlab qolinishi va ularning 
ishlab chiqarish vositalaridan foydalanib, foyda olishlari mumkinligini 
kuzatamiz. Ouen sistemasi esa ulardan farq qilib, nafaqat sotsialistik 
qarashlarni rivojlantirdi, shu bilan birga ikkinchi yuqori faza bo`lmish 
kommunizmni ham tasvirladi. 
Lekin Ouen ta'limoti ham qarama-qarshiliklar va tartibsizliklardan 
xoli emas edi. Chunki sinfiy munosabatlarning yetilmaganligi jamiyatni 
qayta qurish imkoniyatini bermas edi. Garchand Ouen ishchilar sinfining 
tutgan o`rnini to`g`ri tushunmagan bo`lsada, o`z g`oyalari bilan marksistik 
iqtisodiy ta'limotning vujudga kelishida alohida o`rin egallagan edi. 
R.Ouen tashviqotlaridan ruhlangan klassik iqtisodchilar Smit va 
Rikardo ta'limotlari bilan yaqindan tanish bo`lgan va siyosiy iqtisodda 
ishchilar manfaatlarini birinchi bor ifoda etgan kishilar sotsialist-
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


261 
rikardochilar edi. Ularning iqtisodiy g`oyalari Ouennikiga nisbatan ancha 
mukammal bo`lib, Rikardo ta'limotini ilmiy rivojlantirishga urindilar. 
Sotsialistlar Rikardoning "qiymatning mehnat nazariyasi"ni chuqur 
o`rganib, uni mantiqiy nihoyasiga yetkazdilar. Ular mehnat bilan kapital 
o`rtasidagi ayirboshlashni mavjud qonunlarga zid deb fanda foydani ilmiy 
izohlash zarur deb ko`rsatdilar. Lekin o`zlari bunga haqiqiy ilmiy ta'rif 
bera olmadilar. 
XIX asrning 20-30 yillarida sotsialist-rikardochilar ilk ishchilar 
harakatlari shakllanayotgan davrda katta ijobiy yutuqlarga erishdilar va 
iqtisodiy ta'limotlar tarixi fani rivojiga ma'lum hissa qo`shdilar. 
XIX asrning o`rtalarida marksizm iqtisodiy ta'limoti vujudga keldi. 
Bu ta'limot bo`yicha kapitalizmning o`z davri uchun (avvalgi 
formatsiyalarga nisbatan ustunligi ijobiy tomonlari ko`rsatib berildi. Lekin 
bu jamiyatning kelajagi yo`q ekanligi, o`z o`rnini yangi jamiyatga 
bo`shatib berishi "isbotlandi"). qiymatning mehnat nazariyasi asosida 
ishchilarning ishlab chiqarish vositasidan mahrum qilinishi (yoki 
kapitalistlar tomonidan egallanishi) natijasida kapitalistlar qo`shimcha 
qiymat olish yo`li bilan doimo boyib borishi, ishchilarning "ekspluatatsiya 
qilinishi va qashshoqlashib borishi" qonuni ochildi. 
Kapitalizm ichki qarama-qarshiliklarining chuqurlashuvi tufayli 
bozor mexanizmi ularni tartibga sola olmadi. Korxonalarning hajmi 
inqirozlar tufayli doimo o`sib borishi, firmalarnng yiriklashuv tendensiyasi 
kapitalizm 
xususiyatidir. 
Ayrim 
odamlar 
tomonidan 
mulkning 
monopolizatsiyasi ro`y beradi, ishchi kuchi tovarga aylanadi, ommaning 
proletarlashuvi kuchayadi, ularning ko`pchiligida ishsizlik va boshqa 
negativ holatlar tufayli norozilik ortadi, oxir-oqibatda kapitalistik jamiyat 
yemiriladi. Bu jarayon dastlab eng rivojlangan bir qancha mamlakatlarda 
bir vaqtning o`zida ro`y beradi, deb bashorat qilindi. Yangi jamiyatda 
xususiy mulk o`rniga umumxalq mulkining ustun bo`lishi ko`rsatildi. 
XIX asrning oxiri va XX asr boshida kapitalizmning 
monopoliyalashgan davrida leninizm ta'limoti yuzaga kelgan bo`lib, 
marksizm to`ldirildi va rivojlantirildi. Bu ta'limotga ko`ra kapitalizmning 
yemirilishi va inqilob nisbatan past rivojlangan, imperializm zanjirlari 
bo`sh bo`lgan ayrim mamlakatlarda ham ro`y berishi mumkinligi 
ko`rsatildi. Bu bashorat XX asr boshida qisman Rossiya, Mongoliya, II 
Jahon urushidan keyin bir qancha Yevropa, Osiyo va Amerika 
mamlakatlarida oqlandi. 70 yildan ortiq davom etgan "sotsialistik" jamiyat 
qurish tajribasi o`zini to`la oqlamadi. Ayniqsa, sof bozor munosabatlaridan 
voz kechish, davlat mulkining yetakchi bo`lib olishi va davlatning 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


262 
iqtisodiyotga faol aralashuvi, xususiy mulk va xususiy savdoning inkor 
etilishi, yerga davlat monopoliyasi, erkin raqobatning musobaqa bilan 
almashtirilishi, 
baholarning 
yuqoridan 
qat'iy 
belgilanishi, 
planlashtirishning yuqoridan qat'iy joriy qilinishi, erkin tanlash huquqining 
cheklanganligi va boshqalar bozor munosabatlarining yangi shakli - 
ma'muriy-buyruqbozlik asosidagi iqtisodiyotni keltirib chiqardi, erkin 
bozorga zid iqtisodiyotni vujudga keltirdi. Oqibatda sobiq SSSR va boshqa 
"sotsialistik" deb atalgan mamlakatlarda iqtisodiy va siyosiy inqiroz ro`y 
berdi, ular parchalandi va bozor iqtisodiyoti yo`liga o`tishga majbur bo`ldi. 

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə