Iqtisodiy talimot doc


U.Jevons va L.Valrasning marjinalistik g`oyalari



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/150
tarix31.01.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#99872
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   150
6-IQTISODIY-TALIMOTLAR-TARIXI-2005-oquv-qollanma-A.Razzaqov-va-bosh

14.3. U.Jevons va L.Valrasning marjinalistik g`oyalari 
Uilyam Stenli Jevons (1835-1882) London 
universitetida matematika va kimyo fanlaridan tahsil 
olish bilan birga siyosiy iqtisodni ham qiziqib 
o`rgangan. 1863 yilda Manchester shahridagi kollejga 
siyosiy iqtisod o`qituvchisi bo`lib ishga kirdi. Oradan 
ko`p vaqt o`tmasdan iqtisodiy mavzudagi uning asosiy 
asarlari e'lon qilindi. Ular quyidagilar: "Siyosiy iqtisod 
nazariyasi" (1871) va "Fan tamoyillari" (1874) va 
boshqalar. 
XIX asrning oxirigacha U.Jevons va uning asarlari o`zining kuchli 
matematik ifodasi tufayli o`quvchilar tomonidan to`liq e'tibor bilan qabul 
qilinmadi. Lekin uning g`oyalaridagi subektivizm asosiy ilmiy asarlarida 
aniq o`z o`rnini topgan edi. Masalan, iste'mol, talab, foydalilik haqida o`z 
holicha tushunchalar berish bilan birga U.Jevons tovarlar narxi uning 
me'yoriy foydaliligi bilan funksional bog`liqdir deb ko`rsatadi. Shuningdek 
olim klassiklarning raqobat haqidagi fikrlarini qo`llab, sotuvchi va oluvchi 
o`zaro muloqatda bo`lib kerakli ma'lumotni bir-biridan olishi mumkin deb 
ko`rsatadi. 
Natijada u quyidagi xulosa keltirib chiqaradi: 
bozordagi sotuvchilar (subyektlar) insonlar ehtiyoji 
uchun zarur bo`lgan tovarlarni muhayo qilib, ularning 
iste'mollarini to`laroq qondiradilar. Shu fikri bilan U. 
Jevons 
dastlabkilardan 
bo`lib me'yoriy 
tahlilni 
maydonga tashlaydi va marjinalizm asoschilaridan 
biriga 
aylandi. 
U(1834-1910) 
marjinalizmning 
Lozanna 
(Shveytsariya) 
deb ataluvchi 
maktabi 
asoschisi hisoblanadi. Unga keyinchalik Pareto, 
Italiyadan Borone, shvetsiyalik Kassel', amerikalik Leontyev va boshqalar 
qo`shildi. L.Valrasning "Sof iqtisodiy fan elementlari" (1874) asari iqtiso-
diyot bilimlari olamida matematikaning shaxdam qadamlariga asos soldi. 
Shu sababli u matematik maktabning davomchisi hamdir. Har qanday iqti-
sodiy tahlilni matematik izohlashga intilish bu maktab va uning izdosh-
larining xarakterli xususiyati hisoblanadi. Valrasning fikricha, har qanday 
iqtisodiy nazariyani faqat matematika asosida qisqa, aniq va ochiq isbot-
lash mumkin. Uning o`zi matematika ni yaxshi bilgan va Kurnoni o`zining 
ustozi deb hisoblagan holda undan ilhomlangan. 

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə