Iqtisodiy talimot doc



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/150
tarix31.01.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#99872
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   150
6-IQTISODIY-TALIMOTLAR-TARIXI-2005-oquv-qollanma-A.Razzaqov-va-bosh

TO`RTINCHI QISM 
XIX ASR OXIRI - XX ASRLARDAGI IQTISODIY TA'LIMOTLAR 
Oldingdan oqqan suvning qadri yo`q.
Maqol. 
14-BOB. MARJINALIZM. IQTISODIY TA'LIMOTLARDA 
NEOKLASSIK YO`NALISHNING SHAKLLANISHI 
14.1. Marjinalizmning umumiy ta'rifi 
va rivojlanish bosqichlari 
 
X1X asrning ikkinchi yarmi XX asrning boshlarida iqtisodiy 
ta'limotlarning rivojlanishi (evolutsiyasi) kapitalizm iqtisodiyotida uning 
siyosiy ustqurmasida yuz berayotgan tub siljishlarni aks ettirar edi. X1X 
asrning so`nggi chorasida erkin raqobatning monopoliyaga aylanishi 
iqtisodiyotdagi eng muhim xodisa bo`ldi. Bu jarayon kapitalizm 
ziddiyatlarning, ayniqsa mehnat bilan kapital o`rtasidagi ziddiyatlarning 
chuqurlashuvi va keskinlashuvi bilan ayni bir vaqtda ro`y berdi. X1X 
asrning 70-yillaridan boshlab qiymat nazariyasi va uni ilmiy tahlil qilishda 
ham chinakam inqilobiy o`zgarish yuz berib aynan shu davrda 
Yevropaning bir nechta mamlakatlarida turlicha nazariy maktablar 
shakllandi. 
Ushbu 
maktablar 
yaratgan 
iqtisodiy 
ta'limot 
fanda 
"marjinalizm" ta'limoti, deb nomlanib XX asrning 30-yillarigacha o`z 
mavqeini saqlab turdi. 
Marjinalizm fransuzcha “marginal” so`zidan olingan bo`lib "eng 
yuqori", (chegaraviy)degan ma'noni bildiradi. 
Bu boradagi o`zining ilk fikrlarining U.Stenli Jevons 1862yilda 
Britaniya fanlarini rivojlantirish Assotsiatsiyasida qilgan "Siyosiy 
iqtisodning 
umumiy 
nazariyasi 
haqida 
qisqacha 
bildirish"nomli 
ma'ruzasida bayon etgan edi. 1871yilda esa U.Jevons yangi nazariyasini 
ilmiy asoslashga bag`ishlangan fundamental asar bo`lgan "Siyosiy iqtisod 
nazariyasi"nomli kitobini Angliyada nashr qildirdi. Aynan mana shu yili 
1871yilda Avstriyada Karl Mengerning "Siyosiy iqtisod asoslari"nomli 
kitobi ham e'lon qilindi.Bu kitobda ham xuddi mana shu "eng yuqori 
foydalilik "nazariyasi tahlil qilinib matematik formula va teoremalarsiz 
ilmiy jihatdan asoslab berildi. 
1874 yilda Shveytsariyada Leon Valrasning "Sof iqtisodiyot fani 
elementlari"nomli kitobi nashrdan chiqdi. Bu kitobdagi iqtisodiy nazariya 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


279 
to`liq ravishda matematik jihatdan rivojlantirildi. Shunday qilib yangi 
yo`nalish bir vaqtda uchta olim tomonidan turli mamlakatlarda ingliz, 
nemis va fransuz tillarida ilmiy jihatdan asoslab berildi. 
Marjinalizm va uning rivojlanish davrini ikki bosqichga bo`lib 
o`rganish maqsadga muofiqdir. 
Birinchi bosqich XIX asrning 70-80-yillarini o`z ichiga olib 
iqtisodiy tahlilning dastlabki marjinalistik g`oyalarini mujassam qilgan 
dastlabki ilmiy asarlar yaratildi.(K.Menger, U.Jevons va L.Valras asarlari). 
Bu davrda asosiy kechib uni bu ko`rinishi inson psixalogik xususiyati, 
ya'ni uning hissiyoti va qabul qilishi asosida o`rganiladi. Shuning uchun 
marjinalizmning bu bosqichini iqtisodiy ta'limotlardagi "subyektiv 
yo`nalish" deb ataldi. 
Ikkinchi bosqich XIX asrning 90-yillariga to`g`ri kelib, bu davrdan 
boshlab marjinalizm ko`pgina mamlakatlardamahur va aso-siy ta'limotga 
aylandi. Marjinalistlarning bu davrda erishgan asosiy yutug`lari subektiv-
psixologik yo`nalishdan vos kechib iqtisodiyotning asosiy maqsadi bu 
iqtisodiy hayotning doimiy borishini mavjud shart-sharoitlar asosida 
tushuntira bilish demakdir, dedilar. Natijada yangicha iqtisodiy g`oyalar 
namoyondalari klassik iqtisodiy maktabning davomchilari sifatida 
baholanib, ularga neoklassiklar deb nom berildi. 
Marjinal rivojlanishning ikkinchi bosqichini ya'ni neoklassik 
iqtisodiy ta'limotni rivojlanishiga yirik iqtisodchi olimlar A.Marshall, Dj. 
B.Klark va V.Pareto katta hissa qo`shdilar. Marjinal iqtisodiy g`oyalarni 
yuqorida qayd etilgan ikkala bosqichini o`ziga xos xususiyatlarini 
quyidagicha ta'riflanimiz mumkin. 
Birinchi. Dastlabki marjinalistlar o`zlarining subyektiv oqimlarida 
asosiy e'tiborni iqtisodiy tahlil jarayonida istemol (talab)ning tutgan o`rnini 
o`rganishga qaratib klassiklardan farqli ravishda ishlab chiqarish (taklif)ni 
ikkinchi darajali qilib qo`ydilar. Keyinchalik neoklassiklar har ikkala 
jarayonni birgalikda o`rganib ancha mukammal ta'limot yaratdilar. 
Ikkinchi. Birinchi bosqich marjinalistlari subyektiv yo`nalish 
vakillari klassiklar singari sabab oqibatga asoslangan ilmiy tahlilni qo`llab 
ularning g`oyalarini ma'lum darajada takrorladilar. Lekin birgina katta farq 
subyektiv maktab qo`llagan iste'mol va tovarlarning foydaliligi usuli ularni 
klassik maktab usulidan farqladi. O`z navbatida marjinalistlarning 
neoklassik yo`nalishi funksional ilmiy tadqiqotni maydonga tashlash bilan 
birga ishlab chiqarish va iste'molni yaxlit holda o`rganib meyoriy iqtisodiy 
o`lchamlarni taqsimot va ayirboshlash jarayonlariga ham tadbiq etdilar. 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


280 
Uchinchi. Marjinal inqilobning birinchi bosqichidan farq qilib, 
ikkinchi bosqichda funksional ilmiy uslub bilan birga iqtisodiy tahlilga 
iqtisodiy jarayonlarni matematik modellashtirish usuli ham olib kirildi. Shu 
jumladan, har ikkala bosqich nazariyotchilari "erkin" raqobat yordamidagi 
iqtisodiy o`sishni haligacha avtomatik avishda qo`llab kelinmoqda degan 
fikrga keldilar. 
To`rtinchi. Neoklassiklar iqtisodiy ta'limotlar tarixida alohida o`rin 
egallagan klassiklardan iqtisodiy liberalizm tamoyillariga sodiq qolishni 
meros qilish bilan birga tadqiqot mavzuini yanada kengaytirib, unda 
funksional tadqiqot usulidan va iqtisodiy ko`rsatkichlarni taqqoslash usuli 
va nihoyat sistemali matematik usuldan keng foydalanishni amalga 
oshirdilar. 

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə