Iqtisodiy talimot doc


Neoliberalizmning boshqa oqimlari



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə123/150
tarix31.01.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#99872
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   150
6-IQTISODIY-TALIMOTLAR-TARIXI-2005-oquv-qollanma-A.Razzaqov-va-bosh

19.4. Neoliberalizmning boshqa oqimlari 

F. Fon Xayek 
 
Iqtisodiy liberalizm oqimining XX asrdagi 
asosiy namoyan-dasi asli Avstriyadan chiqqan 
amerikalik Ludvig fon Mizes (1881-1973) va uning 
eng sodiq shogirdi Fridrix Xayek (1899-1992)lardir. 
Ularning maktabi Avstriya maktabi deb ham ataladi. 
Mizesning fikricha, markazlashgan boshqaruvga 
asoslangan sotsialistik xo`jalik va hukumat tomonidan 
tartibga solinadigan bozor uzoq vaqt yashashi 
mumkin emas, chunki narx-navo talab va taklifni aks 
ettirmaydi. 
Uningcha, 
sotsializmning 
"tartibga 
solinadigan iqtisodiyot"i rejalarni o`zboshimchalik bilan tuzadigan tash-
kilotchilarning quliga aylanadi, rejalangan tartibsizlik ro`y beradi. Yagona 
oqil siyosat - bu liberalizmdir. Mehnat taqsimoti, xususiy mulk va erkin 
almashuv tsivilizatsiyaning mutlaq asoslari hisoblanadi. Mizesning asosiy 
asarlari 
quyidagilar: 
"Liberalizm", 
"Insoniy 
harakat: 
iqtisodiyot 
Fridrix fon Xayek 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


346 
to`g`risidagi traktat", "Iqtisodiy fan asoslari: metodologiya ocherklari" va 
boshqalar.
Ingliz iqtisodchisi asli nemis bo`lib, asosiy faoliyatini Angliyada 
ko`rsatgan. U 1974 yilda iqtisodiyot bo`yicha Nobel mukofoti laureati 
bo`lgan. U o`zining "Qullik sari yo`l" asarida har qanday iqtisodiy erk-
inlikdan va bozor baholaridan voz kechish diktaturaga, ya'ni yakkahokim-
likka, iqtisodiy qullikka olib borishini isbotlaydi, xo`jalikda bozor tizimin-
ing "aralash" va "buyruqbozlik" iqtisodiyotidan ustunligini ko`rsatib 
beradi, kapitalni abadiy kategoriya deb e'lon qiladi, kapitalizm davrida ek-
spluatatsiya mavjudligini inkor etadi, davlat iqtisodiyotining sotsialistik 
g`oyalari to`la tushkunlikka mahkumligi va o`z tabiatiga ko`ra halokatli 
ekanligini ta'kidlaydi. 
Bu ta'limotga asoslanib, bir qancha mamlakatlarda hozirgi yaxshi 
tanish bo`lgan iqtisodiy siyosatlar ishlab chiqildi. Shular ichida neoliberal-
izmga asoslangan nemis nazariyotchisi, GFRning siyosiy va davlat arbobi 
Ludvig Erxard (1897-1877) yaratgan nazariya "ijtimoiy yo`naltirilgan bo-
zor xo`jaligi"ning asosini tashkil etadi. U o`z nazariyasini yaratdi va uni 
GFRda kansler Adenauer davrida amalga oshirdi ham. Bu nazariyaning 
asosiy qoidalari quyidagilardan iborat: erkin baholarning zarurligi, erkin 
raqobat, talab va taklifning muvozanati, iqtisodiyotning muvozanati; davlat 
bozor xo`jaligida shu shartlarni kafolatlashi va uning ijtimoiy 
yo`naltirilgan rivojlanishini ta'minlashi kerak. Bu g`oyalar L.Erxardning 
1956 yilda chop etilgan "Barcha uchun farovonlik" kitobida ifodalab beril-
gan. Nemis olimlari A.Ryustov, Vol'ter Oyken (1891-1950), shveysariyalik 
V.Rebke (1899-1966)lar ordeliberalizm, ya'ni "o`rta yo`l" ta'limotiga asos 
solgan bo`lib, ijtimoiy bozor uning bir varianti hisoblanadi. Ular "inson-
parvar jamiyat", "xo`jaliklarning ideal tiplari" haqida fikr yuritadilar. 
Bu model "asoschilari"dan biri siyosiy iqtisodchi Vilgelm Rebke 
kapitalizm va sotsializm orasidagi "uchinchi yo`l" borligini ko`rsatib berdi. 
Dunyoda rivojlangan mamlakatlar bo`lmish GFR, Shvetsiya va boshqalar 
shu yo`lni tanladilar (Ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyoti. T., "Sharq" 
NMK, 1996, 5-bet). 
Dastlab 1961 yilda paydo bo`lgan "ratsional kutilmalar" nazariyasi 
hozirgi davrda keng targ`ib etilmoqda. J.F.Mut tovarlar va qimmatli 
qog`ozlar bozoriga bag`ishlangan maqolasida "nima uchun biron bir qoida 
yoki formula hech qachon narxlarning o`zgarishini to`g`ri prognoz qila 
olmaydi?" degan savolga javob berishga harakat qildi. Uning fikricha, 
amalda barcha mavjud informatsiya savdogarlar tomonidan darhol qayta 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


347 
ishlanadi va ularning ko`ra bilishi, demak "kutilmalar" ratsional bo`lib 
chiqadi. 
70-yillarda keynschilik siyosati AQSH iqtisodiyotida makro-
ekonomik masalalarni hal etishda samarasiz bo`lib qoldi, shunda 
R.I.Lukas, T.J.Sardjent, N.Uolleslar Mutning maqolasida aytilgan 
g`oyalarni takomillashtirib, moliya aktividagi narxlar harakatini "ratsional 
kutilmalar" asosida tushuntirib berdilar. Ularning fikricha, iqtisodiy agent-
lar ham o`z kutilmalarini siyosatchilar (davlat xodimlari) qo`lidagi infor-
matsiya asosida shakllantiradilar va o`z-o`zidan tushunarliki, iqtisodiyotga 
siyosatchilarning imkon boricha kamroq aralashuvi uchun harakat qiladi-
lar. Amalda iqtisodiy agentlar narxlar prognozini shakllantirishda, ya'ni 
narxlar o`zgarishini kutganda, bozordagi haqiqiy baholarni aniqlash kabi 
usullardan foydalanar ekanlar. Bu kutilmalar har doim ham bexato bo`ladi, 
degani emas va ko`ra bilish mukammal emas, chunki iqtisodiyot tasodifiy, 
oldindan aytib bo`lmaydigan shok o`zgarishlariga uchrab turadi, bu esa 
narxlarning subektiv kutilmalarining o`rtacha miqdoriga yoki "matematik 
kutilma"ga teng bo`ladi, bu aslida obyektiv taqsimotdir. Ratsional prognoz 
yoki kutilma shunday xususiyatga egaki, kutilayotgan xato har doim nolga 
teng bo`ladi. R.I.Lukas "ratsional kutilmalar" nazariyasi uchun 1995 yilda 
Nobel mukofoti laureati bo`ldi. 
XULOSA 
Neoliberalizm keynschilik ta'limoti davrida yuzaga keldi, ammo 
davlatning iqtisodiyotga aralashuvi ancha boshqacha talqin etiladi. Davlat 
"sport sudyasi" vazifasini bajarishi, ya'ni erkin iqtisodiyot qonun-
qoidalarini tartibga solishi kerak, xolos. Bu yo`nalishning yirik uch 
markazi Germaniya, AQSH va Angliya paydo bo`ldi. Germaniya ijtimoiy 
bozor xo`jaligi konsepsiyasi ilgari surildi va amalda yaxshi natijalar berdi, 
davlat iqtisodiy siyosati darajasiga ko`tarildi. Ijtimoiy va boshqa mam-
lakatlarda, xususan, mustaqil O`zbekistonda ham muvaffaqiyatli amalga 
oshirilmoqda. 
Chikagoda paydo bo`lgan monetarizm maktabi M.Fridman nomi 
bilan mashhur bo`ldi, uning konsepsiyasidagi asosiy masala davlatning 
qattiqqo`l pul siyosatidir, har yili kon'yukturaga bog`lanmagan holda pul 
massasini 3-4% oshirish taklif etiladi, bu yo`l AQSHda yaxshi natija berdi. 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


348 

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə