45
cheklangan, pul yo`q
qilingan, taqsimot tekis va bosqinchilik urushlari
yo`q edi. T.Mor shunday jamiyatni qurish mumkin deb o`ylagan.
Neapol
(Italiya)
mehnatkashlarining
qashshoqligini ko`rgan. U o`zining "Oftob shahri"
(1602 y. yozilgan, 1623 yilda chop etilgan)
kitobida zolimlarning
shohona hayotini tanqid
qiladi, u ham T.Mor kabi, bu tengsizlikning asosiy
sababi xususiy mulkchilik, deydi. U kelajak
jamiyat to`g`risidagi o`z
tasavvurini ham beradi,
ular T.Morga o`xshash: ijtimoiy mulkchilik
mavjud, hammaning mehnat qilishi zarur,
mashina mehnati tufayli ish kunlari cheklangan (4
soat), aqliy mehnat
jismoniy mehnat bilan
almashtirib turiladi, bunda hunarmandchilik, chorvachilik va dehqonchilik
bilan nisbatan tekis shug`ullanish shart qilib qo`yiladi, tekis, pulsiz
taqsimot amalga oshiriladi. U faylasuf, shoir, siyosiy arbob bo`lgan,
keyinchalik esa (1582) rohib bo`lgan. Ispaniya bosqinchilariga qarshi isyon
uyushtirgani
uchun qamoqqa olingan, 27 yil qamoqda yotib, falsafa,
falakiyot, siyosat, tibbiyotga oid o`nlab asarlar yozgan. Uning "Oftob
shahri" asari dengizchining hikoyasi shaklida berilgan. Yangi jamiyatda
olim kohinlar tabaqasi tomonidan boshqariluvchi ideal jamoa bo`ladi,
xususiy mulk va oila bo`lmaydi, bolalar
davlat tomonidan tarbiyalanadi,
fan va maorif taraqqiy etadi (Galileyni himoya qilgan).
Faylasuflarning bergan bahosiga ko`ra, bu olimlarning jamiyati
"xomaki ishlangan" "qo`pol kommunizm"dir. Ular asosan hunarmandchilik
va dehqonchilikka asoslangan tenglashtirish xususiyatiga ega. Ammo,
shunisiga e'tibor beringki, bu kishilar har jihatdan ta'minlangan,
bilimli
davlat arbobi bo`lganlar, kommunistik jamiyat g`oyasi K.Marks va
F.Engelslarninggina g`oyasi emasligini ham eslatib o`tish zarur. Xayoliy
sotsializm to`g`risidagi dastlabki g`oyalar Osiyoda Abu Nasr ibn
Muhammad Forobiy (870-950, 2-muallim),
Germaniyada Tomas Munser
(1420-1525)lar tomonidan ham ilgari surilgan. Injil va qur'oni karimda
ham uning elementlari bor. Markaziy Osiyodagi sarbadorlar (boshini dorga
tikkanlar) davlati ham shu tamoyillarga asoslangan (Samarqandda Abu
Bakr Kalaviy, Mavlonozoda, Xurdaki Buxoriy va boshqalar).
Keyinchalik Abdurahmon Jomiy va A.Navoiy, Xurdaki Buxoriy
asarlarida ham bunday g`oyalar bor.
Dostları ilə paylaş: