Iqtisodiy ta'limotlar


-BOB. FEODAL JAMIYATI VA FEODALIZMNING



Yüklə 2,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/152
tarix21.10.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#130090
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   152
48 Iqtisodiy talimotlar tarixi 2005 Oquv qollanma A Razzoqov Sh

2-BOB. FEODAL JAMIYATI VA FEODALIZMNING 
YEMIRILISH DAVRIDAGI IQTISODIY TA'LIMOTLAR 
Yangi era - milodning III asridan boshlab Osiyoda, milodning V 
asridan G’arbiy Yevropada quldorlik tuzumi yangi feodal ishlab chiqarish 
usuli bilan almashdi. 
Ammo quldorlik tuzumining qoldiqlari feodalizm va hatto kapita-
lizm davrida saqlanib qoldi. Masalan, eng rivojlangan AQSHda quldorlik, 
qullar mehnatidan foydalanish 1861-1865 yillardagi fuqarolik urushidan 
keyin to`la tugatildi. Markaziy Osiyo, xususan Turkistondagi qullik davri 
ham shu davrda, ya'ni o`lka Rossiya tomonidan bosib olingach, qonun yo`li 
bilan taqiqlandi. Ayrim tarixiy, iqtisodiy-ijtimoiy sabablarga ko`ra Yevro-
paning asosiy qismida, jumladan Rossiyada qulchilik ishlab chiqarish usuli 
dara-jasiga yetmadi, feodalizmga o`tildi. Tuzumda yerga xususiy mulkchi-
lik mavjud bo`lib, bevosita ishlab chiqaruvchilar bo`lgan, rasman ozod 
dehqonlarni ekspluatatsiya qilishga asoslangan. Yer egalari - feodallar yoki 
davlat dehqonlardan barshchina (ishlab berish), natural (mahsulot) yoki pul 
obrogi (soliq) sifatida yer rentasini olish imkoniga ega edilar. Shunday 
qilib, feodalistik jamiyat yirik yer egalari va mayda ishlab chiqaruvchilar - 
dehqonlarning hamkorligiga asoslangan. 
Qulga nisbatan erkin dehqon ishlab chiqarishdan hiyla manfa-atdor 
bo`lgan, o`zining oilasi, ayrim ishlab chiqarish vositalariga, xo`jalik mus-
taqilligiga ega edi, shu sababli mehnat unumdorligi va ishlab chiqarish ku-
chlari ancha o`sdi. Feodalizm shu jihatdan avvalgi ibtidoiy jamoa va qul-


36 
dorlikdan tarixan progressiv jamiyat edi. Ammo, bu davrda hali ham qoloq 
texnika mavjud bo`lib, ishlab chiqarish kuchlarining rivoji sekin borgan. 
G’arbiy Yevropada feodal ishlab chiqarish usuli V asr oxiri (Rim impe-
riyasining qulashi) dan burjua inqiloblari (XVII-XVIII asrlar), aniqrog`i 
sanoat to`ntarilishi davrigacha yashadi. Ko`pgina mamlakatlarda (masalan, 
O`rta Osiyo, jumladan O`zbekistonda) bu davr undan ham uzoq vaqtni o`z 
ichiga oladi (III-XX asrlar). 
Bu jamiyatda yuzaga kelgan iqtisodiy qarashlar keng qamrovli 
bo`lib, yerga egalikning qonuniy ekanligini ko`rsatish, tovar-pul muno-
sabatlari muammolariga munosabatning kuchayishini belgilashga qaratil-
gan. O`sha davrdagi iqtisodiy g`oyalarda tovar-pul munosabatlari 
(sudxo`rlikdan tashqari) qo`llab-quvvatlanadi va shu bilan birga feodal ja-
miyatning tabiiyligi, uni saqlab qolish zarurligi qayd etiladi. 
Bizgacha yetib kelgan yozma manbalarga ko`ra, o`sha davrdagi 
iqtisodiy g`oyalarda diniy-axloqiy yo`nalish kuchli bo`lgan. Bozor iqtiso-
diyoti bilan bog`liq fikrlarda ikki tomonlama qarash mavjud (tovar ishlab 
chiqarish, sudxurlik va b.). Davlat va dinning iqtisodiyotdagi roli yuqori 
qo`yiladi. O`rta asrlar oxirida, yer egaligi tuzimi yemirilishi bilan yangi 
iqtisodiy g`oyalar vujudga keldi. 
Daryo bo`yida tahorat qilsalaringiz ham, suvni isrof qilmang. 
Hadis 

Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə