Iqtisodiy ta'limotlar



Yüklə 2,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/152
tarix21.10.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#130090
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   152
48 Iqtisodiy talimotlar tarixi 2005 Oquv qollanma A Razzoqov Sh

Fransua Kenye


134 
F.Kenye "tabiiy tartib" konsepsiyasini ilgari surdi, bu olimning 
uslubiy platformasi edi ("tabiiy huquq" konsepsiyasini eslang), bunda u 
paydo bo`layotgan va tobora mustahkamlanayotgan dahlsiz xususiy mulkni 
tushundi, iqtisodiyot erkin raqobat asosida rivojlanishini, bozor bahosining 
stixiyali o`zgarishi, ya'ni davlatning aralashuvini inkor etadigan jarayonni 
qo`llab-quvvatladi, boylikning adolatli taqsimlanishini istar edi. Iqtisodiy 
rivojlanish odamlarning istak xohishiga bog`liq bo`lmagan tabiiy jarayon 
bo`lib, uning ma'lum qonuniyatlarga bo`ysunishini tan olish fiziokratlarn-
ing so`zsiz yutug`i edi. Bu qonunlar ularning fikricha tarixiy bo`lmay, ab-
adiy qonunlar deb qaralgan edi. Shu sababli ishlab chiqarishning kapitalis-
tik (bozor) shakli tabiiy va abadiy ishlab chiqarish shakli deb hisoblangan 
(hozirgi rivojlanish buni ko`p jihatdan isbotlamoqda). 
F.Kenye almashuvning ekvivalentligi ta'limotini ilgari surdi. U al-
mashuv yoki savdo boylik yaratmaydi, demak, almashuv jarayoni hech 
narsa ishlab chiqarmaydi, deb hisoblagan. Erkin raqobat sha-roitida al-
mashuv sohasida teng miqdorli qiymatlarning almashuvi ro`y beradi. Bu 
qiymat tovarlarda ular bozorlarga kirmasdan oldin ham mavjud bo`ladi 
(V.Pettining tovar qiymati faqat almashuv paytida paydo bo`ladi, degan 
fikri noto`g`ridir). Bundan kelib chiqadiki, almashuv jarayonida boylik 
yaratilmaydi va foyda paydo bo`lmaydi. Almashuvning ekvivalentligi 
to`g`risidagi ta'limot mekantilistlarning qarashlarini inkor etish uchun naz-
ariy asos bo`ldi. Bu holat shu bilan birga fiziokratlardan boylik manbayini 
muomala sohasidan tashqarida izlashni taqozo etdi. Ammo, F.Kenye mi-
qdorli qiymatlarning almashuvi sababini to`g`ri tushuntirib bera olmadi, 
chunki qiymat nazariyasi hali to`la ishlab chiqilmagan edi va u qiymatni 
ishlab chiqarish harajatlari bilan aynan bir deb hisobladi. 
Fiziokratlarning iqtisodiy tizimida "sof mahsulot" to`g`risidagi 
ta'limot markaziy o`rinni egallaydi. F.Kenye yalpi ijtimoiy mahsulot va 
ishlab chiqarish harajatlari o`rtasidagi farqni sof mahsulot deb bilgan, 
boshqacha qilib aytganda bu ishlab chiqarish chiqimlaridan oshiqcha 
mahsulotdir. F.Kenye "sof mahsulot" faqat qishloq xo`jaligida, 
dehqonchilikda yaratiladi, bu sohada tabiat kuchlari ta'sirida iste'mol 
qiymatlari miqdori ko`payadi, deb ta'kidlaydi. Sanoatda esa iste'mol 
qiymatlari faqat turli kombinatsiyalarga uchraydi, mehnat jarayonida 
dehqonchilikda yaratilgan mahsulotning shakli o`zgaradi, lekin uning mi-
qdori ko`paymaydi, shuning uchun "sof mahsulot" paydo bo`lmaydi va 
boylik yaratilmaydi (kuchli, ammo noto`g`ri mantiq bor). 
A.Smitning fikricha, shu asosda hunarmandlar (sanoatchilar) un-
umsiz, foyda bermaydigan sinf deb qaralgan. Aslida esa fiziokratlar bu 


135 
sinfning borligini tan oladilar, uni unumsiz emas, balki foydaga sof 
qo`shimcha daromad keltirmaydigan sinf deb qaraganlar. A.Turgo esa bu 
sinfga yuqori baho berib, "haq to`lanadigan sinf" deb qaraydi. 
Fiziokratlar qiymatni iste'mol qiymatiga, hatto tabiat mahsulotiga 
tenglashtirganlar (almashuv qiymati ham bor). Ularni faqat miqdoriy soha, 
ya'ni ishlab chiqarish jarayonida olingan iste'mol qiymatlarining ortiqcha 
qiymati (iste'mol qilingandan ortig`i) qiziqtirgan. Bu narsa asosan 
dehqonchilikda aniq namoyon bo`ladi. Ammo F.Kenye ta'limotining 
boshqa tomoni ham bor, uning fikricha "sof mahsulot" miqdori ishlab 
chiqarish chiqimlarining miqdoriga bog`liqdir, bu chiqimlarga xom ashyo 
sarflari, materiallar va ish haqi kiradi. Materiallarning qiymati belgilangan-
ligi tufayli, ish haqi tirikchilikning minimum harajatlariga keltirilgan ekan, 
"sof mahsulot" (qo`shimcha qiymat) qo`shimcha mehnatning samarasi si-
fatida yuzaga keladi. Shunday qilib, fiziokratlarda qo`shimcha qiymat 
tushunchasi qarama-qarshi xarakterga ega. Ular uni tabiatning sof hadyasi 
hamdir, ya'ni dehqonlarning qo`shimcha mehnati natijasidir, deb qaragan-
lar (qo`shimcha qiymat yaratishda tabiat ham ishtirok etadi). Fiziokratlarn-
ing bunday fikrlashi qiymatning ijtimoiy tabiatini tushunmaslikdan va 
qiymat tushunchasini iste'mol qiymati bilan qorishtirib yuborish oqibatida 
yuzaga keldi. Foyda tushunchasi mustaqil kategoriyaga ajratilmagan, hatto 
inkor etilgan. Renta qo`shimcha qiymatning yagona shakli sifatida qabul 
qilingan ekan, foyda ishlab chiqarish chiqimlarining faqat ajralmas qismi 
bo`lishi mumkin edi. Ular foydani ish haqining shakli sifatida qaraganlar, 
foyda go`yoki odatdagi ish haqidan o`zining kattaroq miqdori bilan farq 
qilgan va u kapitalistlar tomonidan foyda sifatida to`la iste'mol qilingan. 
Fiziokratlarning "unumli" va "unumsiz" mehnat to`g`risidagi 
ta'limoti "sof mahsulot" to`g`risidagi ta'limot bilan chambarchas bog`liq 
bo`lib, uning mantiqiy davomi deb hisoblanadi. Merkantilistlardan farqli 
ravishda ular "sof mahsulot" yaratuvchi mehnat unumli bo`ladi, ya'ni 
qo`shimcha qiymatni yaratadi, degan edilar. Bu unumli mehnatning tabiati 
to`g`risidagi masalaga prinsipial to`g`ri yondashish yo`li edi. Ammo renta 
qo`shimcha qiymatning yakkayuyagona aniq shakli sifatida tan olinganligi 
sababli dehqon mehnati birdan-bir unumli mehnat deb hisoblanadi, ishlab 
chiqarishning boshqa sohalaridagi (sanoatda ham) mehnat "unumsiz", ya'ni 
samarasiz deyiladi. Bundan dehqonchilik mehnatini boshqa mehnat turlari-
ga qarshi qo`yish asossizdir, chunki yollanma mehnat ishlab chiqarishning 
qaysi sohasida qo`llanmasin, qo`shimcha qiymat yaratadi, demak bu ham 
mehnat, bu soha ham unumli mehnatdir. 


136 
F.Kenye "sof mahsulot" to`g`risidagi o`z qarashlari asosida ja-
miyatni uch sinfga bo`ladi: unumli sinf (fermerlar), yer egalari sinfi va un-
umsiz sinf (bu sinfni u sanoatchilar sinfi deb ham ataydi). Unumli sinfga 
dehqonchilikdagi barcha xodimlar, qishloq xo`jalik ishchilari ham, fermer-
lar ham, ya'ni uningcha "sof mahsulot" yaratuvchilarning hammasi kiradi. 
Yer egalari "sof mahsulot" yarat-maganligiga qaramasdan, shu bilan birga 
bu mahsulotning iste'molchilari hisoblanadi, chunki ular uni ijara to`lovi 
sifatida oladilar. Samarasiz, "unumsiz" sinf vakillari esa dehqonchilikdan 
boshqa tarmoqlarda ishlaydi (sanoat, savdo, xizmat sohasi). Ular "sof 
mahsulot" yaratmaydilar. 
Jamiyatning sinfiy tuzilishi to`g`risidagi bu ta'limotning asosiy 
kamchiligi shuki, F.Kenye yangi jamiyatning asosiy sinflarini ko`ra bil-
maydi, to`g`rirog`i bunga tarixiy sharoit halaqit beradi. Bu tizimda 
yollanma ishchilar bilan kapitalistlar birlashtirilgan. Fransiyada o`sha 
davrda kam bo`lsa ham, proletariat sinfi mavjud edi, lekin kapitalistik 
munosabatlar rivojlanmaganidan burjua jamiyatining boshqa sinflarga 
qarshi tura oladigan mustaqil sinfiga ajralmagan edi. Sinflar to`g`risidagi 
ta'limotning bu kamchiliklaridan qat'i nazar, jamiyatni sinflarga 
bo`lishning iqtisodiy belgilarini aniqlash va iqtisodiy asoslarini 
ko`rsatishga urinish ijobiy voqea hisoblanadi. 
Fiziokratlarning muhim xizmatlaridan biri shuki, ular birinchilar-
dan bo`lib, kapital tushunchasini tahlil qilishgan. Asarlarida bevosita 
"kapital" so`zi qo`llanilmagan, ammo yerlarning zaxini qochirish, ya'ni yer 
sifatini yaxshilash, qurilish, ot, plug, borona uchun ma'lum tipdagi dastlab-
ki avans (bo`nak) hamda urug`lik va ishchibatraklarga beriladigan avans 
boshqacha ekanligi aniq belgilanadi. Chunki birinchisiga qilingan harajat 
bir necha yilda bir marta bo`lib, o`z-o`zini asta-sekin qoplaydi (asosiy 
kapital), ikkinchisi esa yiliga yoki doim bo`lib, har bir hosil tufayli 
qoplangan. Shu sababli F.Kenye ularni dastlabki avans (hozirgi zamon 
nuqtayi nazaridan asosiy kapital) va yillik avans (aylanma kapital) deb ata-
di. Bu g`oya A.Smit tomonidan rivojlantirildi. Bu o`sha davr uchun buyuk 
kashfiyot edi. Shunisi muhimki, aylanma kapital bilan birga asosiy kapital 
ham doim harakatda deb qaraladi. Dehqonchilikda qo`llaniladigan 
kapitalning moddiy elementlariga qishloq xo`jaligi qurollari va inventar
mol, urug`lik, odamlarning tirikchilik vositalari va boshqalar kiritilgan. 
F.Kenye merkantilistlardan farqli ravishda (ular kapitalni pul bilan aynan 
bir deb hisoblaganlar), pullarning o`zi emas, balki pulga olinadigan ishlab 
chiqarish vositalari kapital hisoblanadi, deydi. Ammo kapitalning bu 
moddiy elementlari umumiy mehnat jarayonining oddiy elementlari sifati-


137 
da, kapitalistik ishlab chiqarish jarayonida ishlatiladigan ijtimoiy shaklidan 
ajralgan holda qaraladi, oqibatda kapital abadiy, ya'ni tarixiy bo`lmagan 
kategoriya deb ko`rsatiladi. 
Ishlab chiqarish chiqimlari (xarajatlari)ni tadqiq qilish orqali 
kapitalning tashkil etuvchi qismlarini ajratish imkoni paydo bo`ldi, bunda 
kapitalning (oborot) aylanish xarakteri hisobga olindi. Kapitalning bir 
qismi boshlang`ich avans (bo`nak) hisoblanib, unga qishloq xo`jalik inven-
tari, qurilish, mol va boshqalarga ketgan sarflar kiradi, shulardan 10 foizi 
yillik amortizatsiya hisoblangan, yillik avans deb atalgan kapitalning 
boshqa qismiga urug`lik olish, asosiy qishloq xo`jalik ishlari, ishchi kuchi 
uchun harajatlar kiradi. 
Boshlang`ich avans bilan bog`liq kapital sarfi ishlab chiqarish sikli 
bir qancha (qator yillar) ichida to`la aylansa, yillik avansga sarflangan 
kapital esa bir ishlab chiqarish sikli (bir yil) davomida to`la aylanadi. Bu 
yerda amalda doimiy va aylanma kapital to`g`risidagi g`oya berilgan, am-
mo bu tushunchalar boshqa so`zlarda ifoda etilgan, xolos. Shunisi diqqatga 
sazovorki, F.Kenye kapitalni asosiy va aylanma kapitalga bo`lganda faqat 
ishlab chiqarish kapitali bilan bog`lagan holda bergan, uni muomala 
kapitali (savdo kapitali) bilan qo`shib yubormagan. Shu sababli u pul va 
tovarni ishlab chiqarish kapitalining biror tarkibiy qismiga kiritmasdan, 
to`g`ri fikr yuritgan. Shunday qilib, fiziokratlar asosiy va aylanma kapital-
ga oid muammoni nazariy jihatdan yechishga asos soldilar. 
F.Kenye iqtisodiyot tarixida takror ishlab chiqarish jarayonini va 
yalpi ijtimoiy mahsulot muomalasini butunicha ko`rsatish uchun bi-
rinchilardan bo`lib urinib ko`rdi. U o`sha davr jamiyati fuqarolarini uch 
sinfga bo`ladi: birinchisi - unumli sinf (fermerlar); ikkinchisi - mulkdorlar 
sinfi (pomeshchik, cherkov...) va uchinchisi - unumsiz sinf (hunarmand, 
ishchi va savdo xodimlari). Bu jarayon sxematik ravishda "Iqtisodiy 
jadval"da tasvirlangan. Unda mamlakatda ishlab chiqarilgan tayyor 
mahsulotning aylanishi orqali qanday taqsimlanishi ko`rsatilgan, buning 
oqibatida ishlab chiqarishning avvalgi hajmida qayta boshlash uchun shart-
sharoitlar yaratiladi. 
"Iqtisodiy jadval"ning bir necha variantlari mavjud, biri Versalda 
1758-1759 yillarda chop etilgan. 1894 yilda bu jadvalning boshqa varianti 
topildi. Birinchi variant bo`yicha (2-chizmaga qarang) kapital aylanishi 
quyidagicha ro`y beradi. qishloq xo`jaligida yaratilgan jami qimmat 5 
mingga teng bo`lib, shundan 3 mingi yerni ishlashga ketgan xarajatdir. 
Fermerlar yetishtirilgan mahsulotning 2/5 qismidan aylanma kapital uchun 
foydalanadilar, 1/5 qismi unumsiz sinfga sotiladi va unga asosiy kapitalni 


138 
(asbob-anjomni) ta'mirlash uchun kerakli asbob-uskuna olinadi. Bu yerda 
fermerlar faqat "boshqarish uchun haq olganliklari" sababli unumdor narsa 
fermer mehnati emas, balki yerdir. qoldiq esa yer egasiga renta sifatida 
to`lanadi. 

Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə