Iqtisodiy ta'limotlar



Yüklə 2,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/152
tarix21.10.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#130090
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   152
48 Iqtisodiy talimotlar tarixi 2005 Oquv qollanma A Razzoqov Sh

7.1-chizma.
F.Kenyening iqtisodiy jadvali (Birinchi varianti) 
Yer egalari o`zlarining 2 minglik daromadining yarmini sanoat to-
varlari olishga sarf qiladilar, "unumsiz sinf" 2 mingga xom ashyo va qish-
loq xo`jaligi mahsulotlari sotib oladi. Bu jarayon natural ko`rinishda ham 
namoyon bo`lishi mumkin. Bunda 3/5 qism mahsulot muomalaga kiritiladi
undan xuddi pul shaklida ham foydalanish mumkin. Unda jarayon boshi-
dan fermerlar iqtisodiyotdagi 2 ming pul massasiga ega bo`ladilar. Yerdan 
foydalanish huquqiga ega bo`lish uchun bu summa egalariga (yer ularniki) 
beriladi, ular esa bu summani oziq-ovqat mahsulotlari (1 ming) va sanoat 
tovarlari (1 ming) olish uchun sarflaydilar; endi fermerlar olingan 1 mingni 
asosiy kapitalni qoplash uchun hunarmandlarga (unumsiz sinfga) beradilar, 
ular esa olingan 2 mingni qishloq xo`jalik mahsulotlari olish uchun sar-
flaydilar. Oqibatda fermerlar 3 ming oladilar va 1 mingni sarflaydilar 
(qoldiq 2 ming); shu yo`l bilan boshlang`ich holatga qaytadilar. 
"Unumsiz" sektorning sof mahsuloti 0 ga teng, yangi ishlab 
chiqarish sikli boshlanishi bilan 2 ming pul shaklida yana yer egalariga 
(renta) beriladi. 
Yer egasi daromadi va 
boshlang`ich bo`nak 
foizlarini to`lash 
uchun foydala-
niladigan summalar 
“Yillik bo`nak” 
Yer egasi daromadi 
Unumsiz sinf 
bo`naklari 
2 ming 
1 ming 
1 ming 
1 ming 
2 ming 
1 ming 
1 ming 
1 ming 
Yillik bo`naklarning 
qoplanishi 
2 ming 
Yakun 
5 ming 
2 ming 
Izoh: Strelkalar xarajatlarning yo`nalishini 
ko`rsatadi 
Bundan bir ming kelasi yil aylanma capital 
sifatida reinvestitsiya qilinadi 


139 
Barcha aytilgan fikrlar bir yil uchundir, lekin uni oylar bo`yicha 
ham tahlil etish mumkin. Bu hozirgi davrdagi taniqli iqtisodchi 
V.Leontyevning "xarajatlar - chiqarishlar" jadvalini eslatadi. Xuddi Leon-
tyev tizimidek ma'lum boylikni yaratish uchun kerakli barcha omillardan 
cheklangan aniq nisbatda foydalaniladi, mazkur sektorning mahsulot 
qiymati boshqa sektorning umumiy to`lovlari bilan to`la qoplanadi (1-
jadvalga qarang). Bizning misolda uchta sektor mavjud (uning soni ko`p 
ham bo`lishi mumkin). 

Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə