Iqtisodiy ta'limotlar


A. Smitning iqtisodiy g`oyalari. Uning



Yüklə 2,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/152
tarix21.10.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#130090
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   152
48 Iqtisodiy talimotlar tarixi 2005 Oquv qollanma A Razzoqov Sh

8.2. A. Smitning iqtisodiy g`oyalari. Uning 
"Xalqlar boyligi..." asaridagi iqtisodiy qarashlar 
 
Adam Smit (1723-1790) Shotlandiyaning 
Kerkoldi shahrida bojxona chinovnigi oilasida 
dunyoga 
keldi. 
Glazgo 
va 
Oksford 
universitetlarida ta'lim oldi, u yerda falsafa, 
adabiyot, tarix fanlari bilan birga fizika va 
matematikani ham o`rgandi. A.Smit 1748 yilda 
Edinburgda ommaviy leksiyalar o`qiy boshladi. 
Glazgo universitetining professori lavozimiga 
saylandi, keyinchalik ijtimoiy fanlar kafedrasini 
boshqardi. A.Smit 1759 yilda o`qigan leksiyalari 
asosida 
etikaning 
falsafiy 
muammolariga 
bag`ishlangan o`zining birinchi "Axloqiy hissiyot 
nazariyasi" kitobini yaratdi. Uning iqtisodchi 
bo`lishiga Glazgodagi o`ziga xos siyosiy iqtisod klubidagi ishtiroki, 
qisman filosof va iqtisodchi David Yum bilan do`st bo`lganligi ta'sir etdi. 
Ammo u 1764 yilda universitetdagi ishini tashlab, bir ingliz aristokratning 
oilasiga tarbiyachi bo`lib keldi (gersog Baklyu). O`z tarbiyalanuvchisi 
bilan Yevropa bo`ylab sahatga chiqdi, Shveysariyada Volter, Fransiyada 
Didro, fiziokratlar F.Kenye va A.Turgo, D`Alamber, Gelvetsiy, Golbax va 
boshqa taniqli progressiv olimlar bilan uchrashdi, ularning ishlari bilan 
tanishdi. Bu uchrashuvlar olimning dunyoqarashini shakllantirishga katta 
ta'sir qildi. 
U 1766 yilda o`z yurtiga qaytdi va o`zining bosh asari - "Xalqlar 
boyligining tabiati va sabablari to`g`risidagi tadqiqot"ni yozishga kirishdi, 
bu asar 1776 yil martda Londonda chop etildi. Asarda insoniyat tomonidan 
ilgari yaratilgan iqtisodiy bilimlar mujassamlashtirildi va umumiy nazariy 
prinsiplar asosida nisbatan batartib iqtisodiy fanlar tizimiga aylandi. 

A.Smitning bu asari besh kitobdan iborat bo`lib, birinchisida 


qiymat va qo`shimcha daromad muammolari tadqiq etildi, ikkinchisida - 
kapital jamg`arilishining shakllanishi davrida Yevropaning iqtisodiy 
rivojlanishi, uchinchisida - turli xalqlarda farovonlik, kapitalizm 
taraqqiyotining tarixiy shart-sharoitlari, to`rtinchisida - merkantilizm va 
fiziokratlarning ta'limotiga munosabati, beshinchisida esa davlat moliya 
tizimi tadqiq etilgan. Bu ajoyib asar A.Smit tirikligidagi davrda to`rt marta, 
o`limidan so’ng oxirigacha uch marta takroran nashr etildi. Bu asardagi 
xulosalar keng jamoatchilikni faqat Angliyadagina emas, balki chet ellarda 
A.Smit


157 
ham qiziqtirib qoldi. Rossiyada bu asarning tarjimasi birinchi marta 1802-
05 yillarda chop etildi. 
1778 yilning boshida Edinburg shaxridagi bojxona kommissari 
lavozimiga 
tayinlandi 
va 
umri 
oxirigacha 
shu 
yerda 
ishladi. 
Zamondoshlarining eslashicha, A.Smit nihoyatda xushmuomalali inson 
bo`lgan, ammo shu bilan birga afsonoviy parishonxotir ham ekan. 
O`sib borayotgan sohibkorlar uchun bu asar ayniqsa asqotdi, 
feodalizm qoldiqlarini tugatish uchun qimmatli qurol bo`ldi. Yangi 
kapitalistik, ya'ni bozor iqtisodiyotining klassik ta'limoti yaratildi. 
A.Smit tomonidan tadqiq etilgan insonning tabiati, inson va jamiyat 
orasidagi munosabat klassik maktab qarashlarining asosini tashkil etadi. 
Bunda "iqtisodiy odam" tushunchasi keyinroq paydo bo`lishiga 
qaramasdan, uning kashfiyotchilari A.Smitga tayanganlar. 
A.Smit tadqiqot predmeti va metodologiyasi.
Jamiyatning iqtisodiy rivojlanishi va uning moddiy-turmush 
darajasini oshirish muammolari A.Smit tadqiqotining predmetini tashkil 
etadi. qanday shartsharoitlar va qanday qilib va qanday qilib insonlar 
yuqoriroq moddiy turmush darajasiga erisha oladilar degan fikr asarning 
asosiy g`oyasini aks ettiradi. Iqtisodiy o`sishning pul shakli inkor etiladi va 
moddiy ne'matlar yaratish asosiy deb qaraladi, bular esa faqat ishlab 
chiqarish sohasida yuzaga keladi va shu sababli ustuvor deb hisoblanadi. 
Ammo qaysi (sanoat, qishloq xo`jaligi) soha afzalligi aniq aytilmaydi. 
Asarning 2-kitobida dehqonchilikka kapital qo`yish yaxshiroq samara 
beradi deb o`qtiriladi. Iqtisodiyot rivojlanishi bilan sanoat tovarlarni narxi 
pasayish, qishloq xo`jaligi mahsulotlari narxi esa o`sish tendensiyasiga ega 
deb hisoblaydi. Demak, shunday xulosa qilish mumkinki, agrar soha ustun 
(bu xato). 
Metodologik 
jihatdan 
bu 
tadqiqot 
iqtisodiy 
liberalizm 
konsepsiyasiga, ya'ni fiziokratlarning tabiiy tartibi, yanada aniqroq bozor 
iqtisodiyoti munosabatlariga asoslanadi. 
Olim o`z asarlari va tadqiqotlarida odamlar ba'zi bir shunday tabiiy 
xususiyatlarga egaki, ular ijtimoiy tuzumga bog`liq emas, degan xulosaga 
asoslanadi. Ana shunday xususiyatlardan biri - egoizm (xudbinlik) bo`lib, 
odamlar o`z xo`jalik faoliyatlarida unga amal qiladilar. Ammo ayrim 
shaxsninggina manfaatlari jamiyat manfaatlariga mos tushadi, deb uqtiradi 
u. Har bir odam o`z shaxsiy manfaatini ko`zda tutadi, ammo bu holatda 
ko`p boshqa holatlardagi kabi, u "ko`rinmas qo`l" tomonidan uning 
niyatida ham bo`lmagan maqsad sari yo`naltiriladi... 


158 
Bunda u ongli ravishda xususiy manfaatlarga intilganidan ko`ra 
ko`proq haqqoniy ravishda jamiyat manfaatlariga xizmat qiladi. 
"Ko`rinmas qo`l" - bu obyektiv iqtisodiy qonunlarning stixiyali harakati. 
Bu qonunlar odamlarning xohish-irodasidan qat'i nazar, odatda unga 
qarama-qarshi harakat qiladi. Har bir odam ko`proq foyda olish uchun 
kapitalni imkoni boricha qulay ishga joylashtirishga urinadi, chunki u 
jamiyatning emas, balki avvalo o`zining shaxsiy manfaatini ko`zlaydi. 
Ammo, inson o`z shaxsiy manfaatini o`ylagan paytda, bu holat tabiiy, yoki 
aniqrog`i, muqarrar ravishda shunga olib keladiki, odam jamiyat uchun 
ko`proq naf keltiruvchi mashg`ulotni tanlaydi va shu ish bilan 
shug`ullanadi. Shunday qilib, Smitning ta'rifi bo`yicha, foyda ketidan 
quvish va raqobat butun jamiyatga naf keltiruvchi faoliyat deb qaraladi (biz 
Sovet hokimiyati davrida uzoq yillar davomida bu fikrga qarshi kurashib 
keldik). 
Hozirgi davrda barchaga yaxshi ma'lum bo`lgan "ko`rinmas qo`l" 
iborasi bilan birga "iqtisodiy odam" tushunchasi ham kiritildi. Unga ko`ra , 
shaxsiy manfaatlar tufayli savdo va almashuv jarayoni amalga oshadi. 
"Menga kerak bo`lgan narsani bersang, men senga kerak bo`lgan narsani 
beraman", qabilida, ya'ni shaxsiy manfaatlarning talabini qondirish yo`li 
tutiladi, ya'ni gap kimningdir sahiyligida emas. 
Iqtisodiy rivojlanishning shaxsiy manfaat va stixiyali qonunlarning 
o`zaro nihoyatda samarali harakati sharoitlarini A.Smit "tabiiy tartib" deb 
atagan. A.Smit va uning izdoshlari bu tushuncha bir tomondan iqtisodiy 
siyosatning tamoyili va maqsadi bo`lsa, ikkinchi tomondan bu iqtisodiy 
harakatni o`rganish uchun nazariy konstruksiya yoki modeldir. Demak, 
jamiyatga naf keltiruvchi faoliyatni biror harakat bilan cheklamaslik kerak, 
degan xulosa chiqariladi. Bu tamoyilga ko`ra quyidagilar taklif etiladi: 
1.Ishchi kuchining erkin harakati; 
2.Savdoda (yr savdosida ham) to`la erkinlik; 
3.Sanoat va ichki savdoni hukumat tomonidan reglamentatsiya 
qilishga qat'iy qarshilik; 
4.Erkin tashqi savdo (proteksionizmga qarshi). 
Olimning bu g`oyalari keyinchalik to`la amalga oshdi. 
A.Smit kapitalistik jamiyatni tabiiy tuzum bilan bir deb tushungan, 
shuning uchun kapitalistik munosabatlar abadiy, kapitalistik xo`jalik 
namoyandalarining xususiyatlari odamning tabiiy xususiyatlari kabidir, 
deb izohlaydi (bu fikrning qanchalik to`g`riligini tarix ko`rsatadi). 
A.Smitning tushunchasi bo`yicha iqtisodiy hayot shunday jarayonki, u 
ayrim kishilarning xohishiga bog`liq bo`lmagan obyektiv qonunlarga 


159 
bo`ysunadi. Bu qonunlar tabiiydir, insonning tabiatidan kelib chiqqan 
xo`jalikning "tabiiy" qonunlarini ochishga intilgan olim amalda kapitalistik 
ishlab chiqarishni tadqiq etdi. 
A.Smit iqtisodiy haqiqatga oid faktlarni qanday bo`lsa shunday 
holda, bevosita kuzatuvchiga qanday ko`rinsa shunday o`rganish bilan 
cheklanmasdan, "tabiiy baho", "tabiiy norma", ish haqi va boshqalarning 
nimaga bog`liq ekanligini aniqlashga urindi. Buning uchun u mantiqiy 
abstraksiya yordamiga tayanib ish yuritdi. U tasodifiy voqealardan holi 
ravishda kapitalistik xo`jalikning ayrim xususiyatlari to`g`risida qator 
muhim xulosalar chiqardi. Shu bilan birga u boshqa vazifa - aniq iqtisodiy 
hayotni izohlashni ham o`z oldiga maqsad qilib qo`ydi. U shu maqsadda 
shundokkina ko`rinib turgan kapitalistik xo`jalik voqealarini izohladi va 
ma'lum sistemaga soldi. 
A.Smit abstraksiya usulidan foydalanib, qator chuqur ilmiy 
xulosalarga keldi, xodisalarning ichki bog`lanishi masalalariga kirib bordi. 
Shunga parallel ravishda u boshqa yo`ldan ham bordi, kapitalistik haqiqat 
to`g`risidagi bevosita kuzatish natijalarini umumlashtirdi. Birinchi metod 
izoterik, ikkinchisi - ekzoterik usullar deb ataladi. 
N.G.Chernishevskiy A.Smit metodiga aniq xarakteristika bergan. 
Ikkala metodni bir vaqtda qo`llashning afzalligi bilan birga, katta 
kamchiligi ham bor: olingan natijalarni bevosita solishtirish har doim ham 
mumkin emas. Ilmiy tahlil asosida olingan xulosalar, yuzaki 
umumlashmalar bilan bir qatorga qo`yiladi. Mazmun va xodisa shakllari 
doim ham o`zaro mos kelavermaganidan bu xulosalar ba'zida bir-biriga zid 
ham bo`lgan, ammo A.Smit buni oxirigacha tushunib yetmadi. 
Mehnat taqsimoti va pul to`g`risidagi ta'limot.
Bevosita masalaga o`tishdan avval bir narsaga diqqatni jalb etish 
kerakki, bu A.Smit yashagan muhitdir. Muhit olimning tadqiqotlariga katta 
ta'sir ko`rsatdi. Bu davr Angliyada manufaktura nihoyatda rivojlangan va 
sanoat inqilobi arafasidagi yoki bu boradagi dastlabki qadamlar qo`yilgan 
payt edi. Shu sababli A.Smit manufaktura davrining umumlashtiruvchi 
iqtisodchisi mafkurachisi bo`lib qoldi. O`z davri uchun mos ravishda u 
manufakturani ishlab chiqarishning eng progressiv, eng ilg`or shakli deb 
baholadi, uning tarixan o`tkinchiligini tushunmadi, bu albatta sharoitning 
ta'siridir. A.Smit ishchilar, kapitalistlar va yer egalarining turli sinf 
vakillari ekanligini yaxshi tushungan va iqtisodiy rivojlanishning umuman 
yaxshi oqibatlari hamma uchun tegishli, xalq boyligining ortishidan esa 
jamiyatning hamma a'zolari bir xil manfaatdor deb o`ylagan edi. O`z 


160 
davrida tanqid qilingan bu g`oya hozirgi paytda haqiqatga ancha yaqindir 
(yana tarix ko`rsatadi). 
A.Smitning iqtisodiy qarashlari asosida shunday g`oya yotadiki, 
unga ko`ra jamiyat boyligi ishlab chiqarish jarayonida mehnat tufayli 
paydo bo`ladi (merkantilistlardan keskin farqi bor). Eslang, fiziokratlar va 
ilk klassik maktab vakillari mehnat faqat qishloq xo`jaligidagina samarali 
bo`ladi, desalar, A.Smit mehnatni barcha sohalarda (sanoat, qishloq 
xo`jaligi va xizmat ko`rsatish sohalari) boylikning asosi deb bildi. U 
kapitalistik ishlab chiqarishnig manufaktura bosqichini tahlil qilish asosida 
iqtisodiy progressning muhim omili mehnat taqsimotidir, degan xulosaga 
keldi va buni o`z tadqiqotlarining boshlang`ich punkti deb qabul qildi. 
A.Smit 
o`z 
tadqiqotida 
ninatugnogich 
manufakturasidagi 
ko`pchilikka ma'lum bo`lgan mehnat taqsimotini misol qilib keltirdi, u 
yerdagi ishchilarning ixtisoslashuvi va mehnat taqsimoti ishlab chiqarishni 
va mehnat unumdorligini ko`p marta oshirish imkonini berdi. Mehnat 
taqsimoti bo`lmagan holatda har bir ishchi o`rtacha 20 ta to`g`nog`ich 
yasashi mumkin ekan. O`n kishi ishlaydigan ustaxonada mehnat taqsimoti 
o`rnatiladi: biri simni tortadi, 2-si to`g`rilaydi, 3-si kesadi, 4-si uchini 
o`tkirlaydi va hokazo. Bu kuniga 4800 ta to`g`nog`ich yasash imkonini 
beradi, demak, mehnat unumdorligi 240 marta oshgan. Mehnat 
taqsimotining ahamiyati to`g`risidagi bu misol klassik bo`lib ketgan va 
hamma yerda ishlatiladi. Mehnat unumdorligi uch usul bilan amalga 
oshiriladi: 
1. Mehnat taqsimoti tufayli ayrim ishchilarning chakkonligi va 
mohirligi oshadi; 
2. Bir turdagi ishdan boshqasiga o`tish uchun ketadigan vaqt iqtisod 
qilinadi (dastgohdan dastgohga borish vaqti va yangi turdagi ishga 
psixologik moslashish uchun ketadigan vaqt iqtisod qilinadi); 
3. Mehnat taqsimoti mashinalar ixtiro qilishga imkon tug`diradi, 
ya'ni takrorlanadigan jarayonlar mashina qo`llashga qulaylik yaratadi. 
Undan tashqari ishchilarning bir xil ishni doim takrorlashi tufayli 
mahsulotning sifati ham yaxshilanishi kerak, bu esa tovarning bahosi, 
raqobat quvvatini oshiradi. Shunday qilib, A.Smit manufakturada mehnat 
taqsimotining roli va mashina sanoati sari rivojlanish tendensiyasini to`g`ri 
yoritgan. Uningcha ishlab chiqarish hajmi va mahsulot iste'moli ikki omil: 
aholining unumli mehnat bilan shug`ullanayotgan qismi va mehnat 
unumdorligining darajasi bilan belgilanadi. Farqli ravishda ikkinchi omil 
muhimroq bo`lib, u mehnat taqsimoti bilan bevosita bog`liqdir. 


161 
A.Smit asarida mehnat taqsimotining salbiy tomonlari ham 
berilgan. Bir xil operatsiyani mexanik ravishda takrorlayverish oqibatida 
ishchi befarosat va nodon bo`lib ham qolishi mumkin. Aqliy va jismoniy 
mehnat o`rtasidagi farq odamlarning tabiiy ko`rsatkichlari bilangina 
aniqlanmaydi, balki ularning hayoti va faoliyati oqibatidadir. Faylasuf 
aravakashdan tug`ma xususiyatlari bilan emas, balki boshqa turdagi 
mehnat va hayot tarzi bilan farq qiladi. Mehnat taqsimoti qancha 
mukammal va bozor qancha keng bo`lsa, mehnat taqsimoti, ixtisoslashuv 
uchun shuncha keng sharoit bo`ladi, tor bozorda bu imkoniyatlar 
cheklangan bo`ladi va mehnat unumdorligining o`sishi ham qiyinlashadi. 
A.Smit bir tomondan manufaktura miqyosida va ikkinchidan 
jamiyatdagi turli korxonalar, sohalar mehnat taqsimoti o`rtasida prinsipial 
farq yo`q deb hisoblaydi. Uningcha, butun jamiyat yirik manufaktura 
bo`lib, mehnat taqsimoti esa odamlar hamkorligining umumiy shaklidir. 
Shu bilan birga obyektiv sharoitni hisobga olib, manufakturadagi mehnat 
taqsimoti va endigina rivojlanib kelayotgan mashina sanoatining salbiy 
oqibatlari ham tan olinadi. 

Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə