Iqtisodiy ta'limotlar


Mehnat unumdorligi to`g`risidagi ta'limot



Yüklə 2,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/152
tarix21.10.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#130090
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   152
48 Iqtisodiy talimotlar tarixi 2005 Oquv qollanma A Razzoqov Sh

Mehnat unumdorligi to`g`risidagi ta'limot. 
Mehnat unumdorligi - bu qayta ishlanayotgan material qiymatining 
oshuviga olib keladigan mehnatdir. 
Smitda bu masala ancha mukammal tahlil etilgan. Fiziokratlarda 
qiymatning manbayi u yoki bu konkret mehnat shakllari emas, qaysi 
sohada bo`lishining farqi yo`q, balki umuman mehnat ekanligini ko`rsatib 
berdi. 
Smitning fikricha, qiymat va foyda umumiy ijtimoiy mehnat bilan 
yaratiladi. 
Avvalo kapitalga almashuvni, ya'ni foyda yaratuvchi mehnat 
unumli deb e'lon qilinadi, maqsadidan qat'iy nazar odamlarning boshqa 
turdagi faoliyati unumsiz mehnat harajatlari deb aytiladi. Unumli va 
unumsiz mehnatning farqi shundaki, birinchisi kapitalga almashsa, 
ikkinchisi daromadga almashtiriladi. 
Bu tushunchadan boshqa fikr ham kelib chiqadi. Mehnat metafizik 
ravishda qaralib, tarixiy bo`lmagan hamma davrlarga xos kategoriya deb 
tushuniladi. Moddiy bo`lmagan ishlab chiqarishning hammasi unumsiz 
mehnat deb qaraladi, masalan, xizmat sohalari. Unga davlat chinovniklari, 
armiya, flot, shuningdek, ruhoniy, huquqshunos, vrach, yozuvchi, har xil 


168 
aktyorlar va boshqalar shu guruhga bevosita ishlab chiqarish bilan bog`liq 
bo`lmagan toifa vakillari qo`shiladi. Demak, tovarda o`z aksini topgan 
mehnat unumli, xizmat sohalari unumsiz mehnat bo`lib chiqadi. Smitning 
tasdiqlashicha, davlat daromadining deyarli hammasi unumsiz elementlarni 
ta'minlash uchun sarf bo`ladi (bu gapda jon bor), shu sababli jamiyatda 
bunday guruhlar imkon boricha kam bo`lish kerak, deydi u. 
 
Kapital va takror ishlab chiqarish nazariyalari. 
A.Smitning kapital va takror ishlab chiqarish to`g`risidagi 
nazariyasida ancha katta ziddiyatlar mavjud. U ba'zida kapitalga to`g`ri 
baho berib, kapital yollanma mehnatni ekspluatatsiya qilish tufayli foyda 
keltiruvchi qiymat, deydi. Boshqa hollarda masalaga tarixdan tashqarida 
turib qaraladi va kapital bu ishlab chiqarish vositalari zahirasi (zapasi) 
bo`lib, ishlab chiqarish jarayonini davom ettirish uchun kerakli deyilgan. 
Fiziokratlar faqat qishloq xo`jaligida ishlatiladigan kapitalni unumli deb 
atagan bo`lsalar, Smit sanoat kapitalini ham unumli deb uqtiradi (bu uning 
progressiv tomoni). U savdo kapitali ham unumli deb hisoblaydi, chunki u 
sanoat kapitaldan ajralib qolgan emas, balki moddiy ishlab chiqarish 
sohasida yaratilgan qo`shimcha qiymat - savdo foydasining manbayi. 
Oddiy tovar xo`jaligida kapital kategoriyasi yo`q. Kapital 
jamg`arish jamiyat boyligini oshirishning bosh sharti deb e'lon qilinadi. 
Unda asosiy rol tejamkorlikka qaratiladi, noo`rin sarf-harajatlar tanqid 
qilinadi, kapitalni isrof qilish, ya'ni buromadning daromaddan ortiqcha 
bo`lishiga qarshi bo`lgan (bu g`oyalar hozirda ham nihoyatda dolzarbdir). 
Kapitalistlar tomonidan yollanma ishchilarning qo`shimcha mehnat 
natijalarini o`ziniki qilib olish ijtimoiy xodisa bo`lib, ishlab chiqarishni 
kengaytirish maqsadida fond yaratish uchun zarur deb hisoblanadi. 
Kapitalning jamg`arilishi doim va cheksiz ro`y beradi, bu jamiyat uchun 
foydali ish deb baholanadi (bu investitsiyalar uchun asos bo`lib xizmat 
qiladi). 
Smitning kapital ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun zahira 
kerak ekanligi to`g`risidagi qoidasi asosiy va aylanma kapital haqidagi 
tushunchaning boshi edi, bu atamalarni ham u kiritgan. Fiziokratlar 
(F.Kenye) boshlang`ich va yillik avans (bo`nak) tushunchalarini 
dehqonchilik kapitaliga qo`llagan bo`lsalar, Smit asosiy va aylanma 
kapitalni sohasidan qat'iy nazar barcha amaldagi kapitalga xos deb 
tushuntiradi. Ammo u aylanma kapital deganda tovar va pul kapitalini xato 
tushungan (bu muomala sohasiga xos kapital). Bu kapitalni hosil qiluvchi 


169 
moddiy elementlarga sotuvchilar qo`lidagi oziq-ovqat, materiallar va 
tayyor buyumlar hamda ko`rsatilgan taqsimlash va muomalaga kiritish 
uchun kerak bo`lgan pullar ham kirgan. Uning fikricha, aylanma kapital 
doimo muomalada bo`lishi kerak. 
Savdo-sanoat maqsadlari uchun mo`ljallangan mashina va mehnat 
qurollari, yerni yaxshilash (tozalash, drenaj qilish, o`g`itlash va boshqalar) 
uchun ajratilgan narsalar jamiyat barcha a'zolarining o`zlashtirgan va 
foydali qobiliyatlari asosiy kapitalga tegishli deb hisoblangan. Shunday 
qilib, Pettidan keyin Smit ham asosiy kapitalga xodimlarning mehnat 
malakasi va qobiliyatini qo`shdi. Bu masalani ancha chigallashtirdi, chunki 
malaka va qobiliyat kapital deb e'lon qilindi. Uning egasi esa foyda oluvchi 
bo`lib qoladi (ishchi har doim ham foyda egasi bo`la olmaydi, uni 
kapitalist yoki yer egasi oladi). Asosiy S va aylanma Y kapitalni 
solishtirib, ular o`rtasidagi farq shundaki, deydi Smit, birinchi S bir egadan 
ikkinchisiga o`tmay va yana aylanmay foyda keltiradi, ikkinchi Y esa egasi 
qo`lidan bir shaklda ketib, boshqa shaklda qaytib keladi va foyda keltiradi. 
Shunday qilib, asosiy kapital umuman aylanmaydi, aylanma (oborot) 
kapital esa doimo muomalada bo`ladi. 
Haqiqatda asosiy va aylanma kapital ishlab chiqarish kapitalining 
ikki ko`rinishidir. Ular bir-birlaridan qiymatlarining aylanish usullari bilan 
farq qiladi. Asosiy kapitalning qiymati konkret mehnat bilan bo`laklar 
bo`yicha ishlab chiqaruvchi tovarga ko`chiriladi, aylanma kapitalning 
qiymati esa to`laligicha shu tovarga o`tadi. Ijtimoiy kapitalni doimiy va 
o`zgaruvchan kapitalga bo`lish masalasi Smitga noma'lum bo`lib 
qolaverdi. 
A.Smit kapital jamg`arishga katta ahamiyat berdi, talon-torojlik 
jamiyat dushmani, tejamkorlik jamiyat homiysidir, deb e'lon qildi. Ammo 
u kapital jamg`arilishini ishchilar tomonidan oddiy iste'mol qilish sifatida 
ifodalaydi, qo`shimcha qiymatning kapitallashuvini esa faqat o`zgaruvchi 
kapitalga aylanish deb tushundi. Individual kapital doimiy va o`zgaruvchan 
qismlarga bo`lingan. Ammo u ijtimoiy kapitalni butunlay o`zgaruvchan 
kapitaldan iborat deb xato o`ylagan, ya'ni kapitalning unumli mehnatni 
ta'minlash uchun ketadigan qismiga tenglashtirgan. Smit shunday fikr 
yuritadi: kapitalistning tejamkorligi unumli xizmatchilarni ta'minlash 
uchun mo`ljallangan fondni ko`paytiradi. Bu esa o`z navbatida 
xizmatchilar sonini oshiradi, ular o`z mehnati bilan yaratgan tovarlar 
qiymatini oshiradi, undan so`ng qo`shimcha mehnat harakatga keladi, 
oqibatda yillik mahsulotga qo`shimcha qiymat qo`shiladi. 


170 
Smitning butun ijtimoiy kapitalni takror ishlab chiqarish nazariyasi 
uning qiymat nazariyasiga asoslangan. U ijtimoiy mahsulot qiymatining 
tarkibiy qismlari to`g`risida xato ta'limot yaratdi. Olimlar buni "Smit 
dogmasi" deb ataydilar. Smitning fikricha, yalpi ijtimoiy mahsulotning 
qiymati ish haqi, foyda va renta yig`indisiga teng, ya'ni daromadlar 
summasidir. Ishlab chiqarish jarayonida jonli mehnat bilan birga ishlab 
chiqarish vositalari ham qo`llanilishini tushungan holda, Smit shunga 
qaramay ishlab chiqarish vositalari qiymatini oxir-oqibatda ish haqi, foyda 
va renta kabi daromadlarga bo`lish mumkin, deb o`yladi. Shunday qilib, u 
yalpi ijtimoiy mahsulot "qiymati"dan doimiy kapital S ni chiqarib 
tashlagan. qiymatdan uning tarkibiy qismi bo`lgan doimiy kapitalni inkor 
etish takror ishlab chiqarish jarayonini tahlil qilish imkonini yo`qqa 
chiqaradi. Har yili ishlab chiqarilgan mahsulot go`yo har yili to`la iste'mol 
qilingan bo`lib chiqadi. O`z-o`zidan ravshanki, bunday sharoitda 
kengaytirilgan takror ishlab chiqarish emas, hatto oddiy ishlab chiqarish 
mumkin bo`lmay qoladi (doimiy kapital S ko`p yillar ish beradi). 
Smit takror ishlab chiqarish muammosini yechish uchun yo`l 
qidirib, o`z nazariyasiga yalpi va sof daromad o`rtasidagi farqni kiritadi. 
Muayyan mamlakatning yillik barcha mahsuloti yalpi daromad bo`lsa, sof 
daromad yalpi daromadning shunday bir qismiki, uni shu mamlakat aholisi 
o`z kapitalini sarflamay iste'mol zahirasiga qo`yishi mumkin. 
Smitning xatosi shuki, u yillik mahsulot qiymatini shu yili yangidan 
hosil qilingan qiymat bilan aynan bir deb o`ylagan (milliy daromad). Lekin 
yangidan hosil qilingan qiymat daromadlarga ajraladi, yillik mahsulot 
qiymati ishlatilgan ishlab chiqarish vositalari qiymati, ya'ni doimiy 
kapitalni ham o`z ichiga oladi. Bu xatolik Smitning qiymat to`g`risidagi 
ta'limotining kamchiligi va cheklanganligidan kelib chiqqan. 
Umuman, bu yerda gap kengaytirilgan emas, balki oddiy tarkor 
ishlab chiqarish to`g`risida fikr yuritiladi. 
Smit mehnatning ikkiyoqlama xarakterini tushunmasdan, abstrakt 
mehnat yangi qiymat hosil qilishini, aniq mehnat esa ishlab chiqarish 
vositalari qiymatini yangi yaratilgan mahsulotga o`tkazishini ko`rsata 
olmadi. Ijtimoiy mahsulot qiymatidan doimiy kapital qiymatini yo`qotib 
qo`ygan Smit kapital jamg`arilishini butun qo`shimcha qiymatning 
qo`shimcha ish haqiga aylanishi bilan teng degan xato xulosa chiqardi. U 
o`ylardiki, kapitalistik ishlab chiqarish rivoji bilan ishchilar va ularning 
iste'moliga talab ham bir xil sur'atda oshadi, chunki daromad va shaxsiy 
iste'mol ishlab chiqarish bilan parallel o`sadi (bir qancha mamlakatlarda 
shunday bo`lmoqda). 


171 
A.Smit erkin raqobat davridagi Buyuk Britaniyadagi iqtisodiy 
siyosatni asoslashga katta e'tibor berdi. U ishlab chiqaruvchilarga iqtisodiy 
erkinlik ta'minlashni, davlatning iqtisodiy hayotga aralashmasligini talab 
qilardi. Ammo mamlakatning mudofaa manfaatlari iqtisodiyotdan ustun 
ham bo`lishi mumkin degan fikri ham bor, ya'ni bu ba'zi paytlarda 
davlatning iqtisodga aralashuvi zarur deganidir. Smit iqtisodiyotda davlat 
sektorining samarasizligini ko`rsatib, "hukumat har doim va istisnosiz 
buyuk isrofgarchidir" deydi. Shu sababli davlatning faqat uch funksiyasi 
tan olinadi: 1) huquq-tartibot; 2)mamlakat xavfsizligini ta'minlash; 
3)jamiyatga zarur bo`lgan (ammo xususiy sektor tomonidan tuzilmagan) 
ijtimoiy korxona va muassasalarni t'minlash. 
Umuman to`g`ri bo`lgan bu fikrlar, ya'ni davlatning iqtisodiyotga 
aralishish chegaralari keyingi paytda qayta ko`rib chiqilmoqda. 
U sex tartib-qoidalari, eskirgan qonunlar, korporatsiyalar va savdo 
monopoliyalari imtiyozlariga qarshi chiqdi, ya'ni hamma uchun bir xil 
imkoniyatni yoqladi. Xodisalarning stixiyali borishini va raqobatni har 
qanday cheklash iqtisodiy rivojlanishni albatta sekinlashtiradi. Ammo Smit 
davlatning ayrim funksiyalarini ijobiy baholadi, masalan, mamlakat ichki 
tartibini saqlash, tashqi harbiy xavf-xatardan asrashni xo`jalik rivojining 
zaruriy shartlari deb hisobladi. 
Davlat moliyaviy faoliyatiga alohida ahamiyat berilgan. Smit o`z 
asarining beshinchi, oxirgi kitobini davlat budjeti va davlat qarzlariga 
bag`ishlagan. U faqat butun jamiyat manfaatlariga mos keladigan davlat 
xarajatlarinigina qo`llab-quvvatladi, "arzon davlat" tezisini ilgari surdi. 
Smit zamonaviy davlatning soliq siyosatining nazariy asoslarini 
yaratdi. Soliqlar fuqarolarning kuchi va imkoniyatiga mos kelishi, ishga 
yaroqli har bir kishiga alohida belgilanishi kerak, soliq imkoni boricha 
arzon, uning shakli va olinish vaqti esa to`lovchi manfaatiga mos kelishi 
zarur (shu g`oyalarga to`la amal qilayotgan davlatlar rivoj topayotir). 
Sanoatchilar manfaatlarini himoya qilgan olim lendlordlar, ya'ni 
yirik yer egalariga belgilangan soliq immunitetiga (imtiyozga) qarshi 
chiqdi. Yer rentasi davlat solig`i qo`yiladigan eng qulay obyektdir. Smit 
foydadan olinadigan soliq samarasiz degan xulosa chiqardi. Korxona egasi 
foydani saqlash uchun o`z mahsulotiga yuqori baho qo`yish bilan soliq 
og`irligini iste'molchi ustiga yuklaydi. U ish haqidan olinadigan soliq ham 
mahsulotga loyiq emas deb hisoblaydi. Bu soliqni ham korxona egasi 
to`laydi, chunki tirikchilik minimumini ta'minlashi kerak. 
Smit merkantilizmga, shu bilan birga savdodagi proteksionizmga 
(davlat tomonidan cheklashlar, soliq, bojxona va boshqalar), tashqi 


172 
savdodagi har qanday cheklashlarga qarshi edi. Olimning siyosati 
feodalizm qoldiqlariga katta zarba bo`ldi. 
Olimlar Smitga baho berib, "ilg`or burjuaziyaning buyuk 
mafkurachisi" degan edilar. Lekin u aslida bozor iqtisodiyotining 
mafkurachisi sifatida nom chiqardi. 
Smit nochor ahvolga tushib qolgan iqtisodiyotni rivojlantirish 
uchun quyidagi uch omilni ko`rsatib bergan edi: 1) mamlakatda tinchlik, 
osoyishtalik bo`lishi va saqlanishi; 2) me'yordagi yengil soliqlar tizimi; 3) 
davlat iqtisodiyot ishlariga hadeb aralashavermasligi zarur, iqtisodiyot 
tabiiy ravishda amalga oshaveradi. 
Bu qoidalar bizning mamlakat xo`jaligiga ham bevosita oid fikrlar 
hisoblanadi. 
A.Smitning tadqiqotlari yakunida ijtimoiy takror ishlab chiqarish 
jarayoni aks ettirilgan, ammo u F.Kenyedan farqli ravishda buni alohida 
chizma - "Iqtisodiy jadval" shaklida bermaydi, lekin uning shaklini 
og`zaki, so`zma-so`z ifodalaydi, shunga asoslanib bu sxemani chizib 
ko`rsatish va ikkalasini solishtirish imkoniyati paydo bo`ladi (8.1-
chizmaga qarang). Chizmadan shuni ko`rish mumkinki, F.Kenyeda oddiy 
takror ishlab chiqarish jarayoni aks etgan bo`lsa, A.Smitda oddiy (xususiy) 
hol va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonlari mavjud.
A.Smit erkin savdo (ing. "free trade") konsepsiyasini ilgari surdi 
(Fritrederlik). Xalqaro tashqi savdoda qaysi mahsulotlarni chiqarish (ek-
sport) va keltirish (import) masalasi qo`yiladi. Agar biror bir davlat bizni 
biz ishlab chiqara oladiganga qaraganda nisbatan arzonroq tovar bilan 
ta'minlay olsa, uni sotib olish ancha qulayroqdir, uning o`rniga ba'zi so-
halardagi afzallikka ega bo`lgan tovarni chiqarish yaxshi natija beradi. Bu 
holat A.Smitning mutlaq afzallik tamoyili asosida yotadi. Bunda tabiiy 
sharoit, iqlim, yer-suv, qazilma boyliklar ko`zda tutiladi. 

Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə