Iqtisodiy ta'limotlar


-jadval  T.R.Maltus "Nufuz qonuni"ning matematik ifodasi



Yüklə 2,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/152
tarix21.10.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#130090
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   152
48 Iqtisodiy talimotlar tarixi 2005 Oquv qollanma A Razzoqov Sh

2-jadval 
T.R.Maltus "Nufuz qonuni"ning matematik ifodasi 
Aholini o’sishi 
Geometrik progres-
siv 
1,2,4,8,16,32,64,128 va 
hokazo 
Tirikchilik vositalarining 
o’sishi 
Arifmetik progressiv 
1,2,3,4,5,6,7,8,9,10 
200 yildan so’ng 
Aholining o’sishi 
256 marta 
Tirikchilik vositalari 9 
marta 
300 yildan so’ng 
Aholining o’sishi 
9096 marta 
Tirikchilik vositalari 13 
marta 
3-jadval 
Avlodni davom 
ettirish instink-
ti 
Aholini o’sish potenciyali 
Aholini o’sishini che-
klovchi omillar 
Oldini olish choralari: 
Real omillar: 
o’lim ortishi 
Axloqiy hu-
susiyatdagi 
cheklashlar 
Sog’liq pastli-
gi 
Noo’rin 
hayot 
Kam-
bag’allik 
Tirikcjilik vositalarini cheklanganligi 
Maltusning fikricha, qashshoqlikning asosiy va doimiy sababi, 
boshqarish tarzi yoki mulkning notekis taqsimlanishiga hech ham bog`liq 
emas; bu jarayon "tabiiy qonunlar va insoniy hirs" tabiatning nochorligi va 
insoniyatning favqulodda tez ko`payishi bilan bog`liqdir. Shu sababli xalq 
o`z azob-uqubatlari uchun o`zini o`zi ayblashi kerak". Uni to`g`rilashga 
hech qanday inqilob va sotsial islohotlar yordam bera olmaydi. Bunda 
faqat bir to`g`ri yo`l bor - bu aholi sonini qisqartirish. O`ta ko`payishning 
oldini olish vositasi, chorasi sifatida "axloqiy chidam" (kambag`allar 
nikohdan o`zlarini tiyishlari, kech turmush qurishlari), og`ir mehnat yoki 
turli baxtsizliklar (ochlik, qashshoqlik, kasallik, epidemiya, urush va 
boshqalar) taklif etiladi. 
Maltusning fikricha, tabiiy biologik instinktga ko`ra insoniyat 
ko`payish imkoniyatiga ega va doimo shunga intiladi, ammo jonivor va 
o`simliklar qarama-qarshi ravishda bu jarayonni chek-lash imkoniga ham 
ega bo`lib, hayvonot dunyosidan ajralib turadi. quyidagi jadvalda ana shu 
imkoniyatlar aks etgan. 
Shunday qilib, Maltus ta'limoti bo`yicha, jamiyat illatlari 
insoniyatning beixtiyor qismatidir. Nazariy jihatdan bu fikrlarda hech 


193 
qanday ilmiylik va yangilik yo`q. Bu "qonun"dagi asosiy g`oyalar ungacha 
bo`lgan olimlardan to`g`ridan-to`g`ri o`g`rilangan (plagiat), chunki o`z 
davrida Styuart, Uolles, Taunsend va boshqalar bu masalani yoritgan 
edilar. Maltusning bu nihoyatda reaksion xulosalari qattiq tanqidga 
uchradi. Tug`ilishni kamaytirish uchun u nikoh yoshini oshirishni, davlat 
tomonidan bolalarga beriladigan nafaqalarni butunlay bekor qilishni taklif 
etdi. 
Maltus bu tanqidlardan xulosa chiqarib, 1820 yilda o`z asarini 
qayta ishlab chiqdi va unda o`z fikrlarini ancha yumshatishga in-tildi; 
ayniqsa ustiga dam-badam yog`ilib turadigan va aholini o`limga mahkum 
etadigan balo-ofatlarni zaruriy deb hisoblashdan voz kechdi va kechirim 
so`radi, uni noto`g`ri tushunganliklarini aytib o`tdi, ammo u o`zining bosh 
fikrini inkor etmadi. 
Maltus markaziy g`oyasi, ya'ni aholi soni o`sish sur'atlarining 
jamiyat farovonligiga ta'siri prinsipda to`g`ri va dolzarbdir. Ammo olim 
tomonidan berilgan prognoz (istiqbol) lar baxtimizga normal bo`lib chiqdi. 
Har 20-25 yilda aholining ikki marta ko`payishi insoniyatni to`la 
qashshoqlikka mahkum etishi kerak edi. 
Maltus "doktrinasi" avvalo metodologik jihatdan xato edi, chunki 
hech qanday isbotsiz tabiat qonunlari jamiyat hayotida qo`llaniladi, 
vaholanki insonlar o`simlik va hayvonot dunyosidan farqli o`laroq faqat 
iste'mol qilmaydilar, balki o`zlari ishlab chiqaradilar va tirikchilik 
vositasini ko`paytirish imkoniyatlariga egadirlar. Shuni eslab o`tish joizki, 
o`z davrida Petti va Smit mamlakat boyligining asosi unumli mehnat bilan 
shug`ullanuvchi aholi ekanligini isbotlab berganlar. Maltus klassiklarning 
bu fikrini inkor etadi. Undan tashqari, Maltus o`zi ochgan qonunni abadiy 
deb e'lon qiladi. Aslida esa kapitalizm davrida ortiqcha ishchi kuchi 
hisobiga aholining nisbiy ortiqchaligi yuzaga keladi, bu yerda aholining 
nisbiy ortiqchaligi aholining absolut ortiqchaligi deb ko`rsatilgan. 
Maltus progressiyalari esa statistik va amaliy (faktik) materiallarni 
ochiqdan-ochiq 
soxtalashtirishdir 
(falsifikatsiya). 
Unda 
berilgan 
ma'lumotlar AQSHning XVI-XVIII asrlardagi aholi o`sishiga nisbat 
sifatida keltiriladi, bu mamlakat aholisining asosan Yevropa aholisining 
emmigratsiyasi hisobiga ko`payganligi haqidagi "arzimas" fakt esa hisobga 
olinmagan (tabiiy o`sish bor, emmigratsiya bor). 
Maltus o`z fikrini "isbotlash" uchun "tuproq unumdorligining 
pasayib borishi" nazariyasidan foydalanadi. Bu nazariyaga ko`ra, yerga 
sarflangan qo`shimcha kapital go`yoki mahsulotni proporsional tarzda 
ko`paytirishga imkon bermas emish, binobarin odamlar o`zlarini oziq-


194 
ovqat 
va 
boshqa 
tovarlarga 
bo`lgan 
ehtiyojlarini 
qondiradigan 
mahsulotlarni 
to`la 
hajmda 
yetishtira 
olmaydilar. 
Shu 
tariqa 
mahsulotlarning yetishmasligi tabiatning tabiiy-biologik qonunlari bilan 
izohlab beriladi. Bu "qonun"da jon bor albatta, masalan bir gektar yer bilan 
dunyoni boqib bo`lmaydi, lekin ilmiy-texnika taraqqiyoti tufayli ko`pgina 
davlatlar yerdan nihoyatda unumli foydalanib oziq-ovqat va boshqa 
muammolarni hal etmoqdalar. Demak, bu "qonun" ham nazariya, ham 
amaliyot tomonidan inkor qilinadi. Bunga "ko`k inqilob"ni misol keltirish 
mumkin. 
"Ko`k inqilob" 1960 yillarning oxirida paydo bo`ldi, u qishloq 
xo`jaligida ilmiy-texnika taraqqiyotini qo`llash yo`li bilan uning 
mahsuldorligini oshirishni anglatadi. Bu jarayon 1950 yillarning o`rtalarida 
donning yuqori hosilli gibrid navlari kashf qilinishi bilan bog`liq. 
Bir qancha mamlakatlar "ko`k inqilob"dan foydalanib ancha katta 
yutuqlarni qo`lga kiritdilar. Masalan, Hindiston 70 yillarning oxiri va 80 
yillarning boshida o`zini o`zi don bilan ta'min-lashga erishdi. Bu yerda 
1976 yilda 120 million tonna don olindi, bu 1950 yilga nisbatan 2.5 marta 
ko`pdir, 1989 yilda esa 200 million tonnaga yaqin don olindi, shundan 165 
million tonnasi guruch va bug`doydir. 
Filippinda 1965-89 yillarda sholi hosildorligi bir necha marta, ya'ni 
1.7 mln tonnadan 9.5 mln tonnaga o`sgan bo`lsa, Indoneziyada bu 
ko`rsatkich gektariga 18.1 sentnerdan 42.3 tsentnerga o`sdi. XXR da yiliga 
430-465 mln tonna don olinishi natijasida bu yerda 1 mlrd 250 mln kishilik 
aholi uchun oziq-ovqat muammosi asosan hal etilgan. 
qiymat va daromad nazariyasi. 
Maltus iqtisodiyotning bir qancha boshqa masalalari bo`yicha ham 
o`z fikrlarini beradi, uning ayniqsa qiymat, daromad, foyda va realizatsiya 
bo`yicha g`oyalari diqqatga sazovordir. Maltus bu masalalarni hal etishda 
D.Rikardoning g`oyalariga qarshi chiqdi va bunda A.Smitdan foydalandi. 
Uningcha tovarning qiymati shu tovarni sotib olishga ketgan mehnat bilan 
aniqlanadi. Maltus g`oyasining "yangiligi" shu "qimmat o`lchovi"ni 
izohlashdir. Smitning fikricha, tovarni sotib olish uchun sarflangan 
mehnat, uni ishlab chiqarishga ketgan mehnatga tengdir. Maltusning 
fikricha, tovarlardagi mehnat miqdori uni ishlab chiqarishga ketgan 
harajatlardan iborat bo`lib, bu ko`rsatkich tirik va jonsiz mehnat plus 
avanslangan kapitalga foydadan jamlanadi. Bunda qiymatning hosil 
bo`lishi ishlab chiqarish sohasidan muomala sohasiga ko`chiriladi, iste'mol 
qiymati esa almashuv qiymati bilan qorishtirib yuboriladi. Maltus 
tovarning qiymatini ishlab chiqarish xarajatlaridangina iborat deb 


195 
ko`rsatadi va xaridor tovar sotuvchiga ish haqidan tashqari foydani ham 
to`lashi kerak, deb o`ylaydi, foyda tovarning qiymatiga nominal 
qo`shimcha, deb hisoblanadi. Foyda mehnatdan ajratib qo`yiladi, ya'ni 
kapitalistning foydasi qo`shimcha emas, balki tovarni o`z qiymatidan 
ortiqqa sotish tufayli paydo bo`ladi, noekvivalent ayirboshlashning 
mavjudligi isbotlanadi. Shunday qilib, aslida merkantilizm g`oyalariga 
qaytish ro`y beradi, qiymatning hosil bo`lishida mehnatning roli ikkinchi 
darajali qilib ko`rsatiladi. 
Ishlab chiqarish xarajatlari konsepsiyasidan realizatsiya nazariyasi 
(takror ishlab chiqarish) ham kelib chiqadi va unda jamiyatda yer egaligi, 
ruhoniy, chinovnik, soldat va boshqa shaxslarning mavjudligi oqlanadi. 
Aslini olganda bunda inqirozlar muammosi izohlanib, "uchinchi shaxslar" 
nazariyasi yuzaga keladi, undan shuni tushunish mumkinki, kapitalist va 
ishchilar ishlab chiqarilgan hamma tovarlarni sotib olishga qodir emaslar, 
chunki qiymatning ta'rifiga ko`ra jami ish haqi ishlab chiqarilgan barcha 
mahsulotning qiymatidan foyda miqdoriga kamdir. Bu holatdan chiqish 
yo`li 
jamiyatda 
ishlab 
chiqarmaydigan 
sinflar, 
ya'ni 
"uchinchi 
shaxslar"ning borligidir, ortiqcha mahsulotlar ular tomonidan sotib olinadi. 
Maltus yetarli talabni qondirish uchun yer aristokratiyasini ulug`laydi, 
yuqori renta, soliq va boshqa yig`imlarni oqlaydi. 
Ishlab chiqarishni kengaytirish chegaralari mavjud emas, deydi 
T.Maltus. ortiqcha ishlab chiqarish (inqirozlar) to`g`risida fikr yuritib, bu 
jarayon umumiy bo`lishi, yoki iqtisodiyotning ayrim tarmoqlarida 
permanent (uzluksiz) yoki vaqtincha bo`lishi mumkinligi aytiladi. Oxir-
oqibat shuni aytish mumkinki, D.Rikardo va boshqa klassik maktab 
vakillaridan farqli ravishda, T Maltus bo`yicha nafaqat xususiy, balki 
umumiy inqirozlar bo`lishi bashorat qilinadi (bu tarixan isbotlandi). 
Ammo, barcha inqirozlar vaqtincha bo`lib, ular o`tkinchi deb qaraladi. 
Maltus 
"Nufuz 
nazariyasi"ga 
ko`ra, 
ishchilarning 
sonini 
kamaytirishni taklif etgan bo`lsa, ishlamay yeydiganlarning sonini 
oshirishni jamiyat uchun foydali deb hisoblaydi. 
Bu g`oyalar aslida Sismondiga tegishli ekanligi keyingi boblarda 
izohlangan. Faqat Sismondi kapitalizmdan voz kechish va mayda ishlab 
chiqarishni rivojlantirishni taklif etgan bo`lsa, Maltus kapitalizmdan voz 
kechmagan holda, avvalo yirik yer egalari va ruhoniylar manfaatini 
ta'minlashni qo`llaydi. 
Maltus g`oyalaridagi bu ilmiy chalkashliklarga qaramasdan, unda 
bir qancha ijobiy fikrlar mavjud. Hozirgi davrda rivojlanayotgan 
mamlakatlardagi og`ir ahvolni tushuntirishda bu olimning qarashlari to`g`ri 


196 
keladi. Ayniqsa, Koreya Respublikasi rivoji xarakterlidir. Agar bu yerda 
1950-60 yillarda aholining o`sishi yiliga 3 foizni tashkil etgan paytda 
iqtisodiy rvojlanish past bo`lgan bo`lsa, 90 yillarda aholining o`sishi 1 
foizga tushgan paytga kelib iqtisodiy o`sish keskin oshdi. Markaziy Osiyo 
mamlakatlarida ham aholining o`sishi katta bo`lib, iqtisodiy rivojlanish 
muammo-larini hal etishda bu olimning ba'zi g`oyalaridan foydalanish 
yaxshi samara beradi. 
Maltusning "Nufuz nazariyasi" XIX asrda juda keng tarqaldi va 
mashhur bo`lib ketdi. Hozirgi davrda ham yangi zamonaviy maltuschilar 
G.Butul, N.Chemberlen, P.Erlix, U.Fogtlar Maltusning "ikki progressiya" 
to`g`risidagi dastlabki qarashlarini biroz o`zgartirib, "aholining qarib 
borishi", "aholining eng maqbul miqdori", "qimmatli" va "arzon" kishilar 
kabi turli-tuman g`oyalarini ilgari surmoqdalar. Bu konsepsiyalarda ilmiy-
texnika taraqqiyotining oqibatlari, atrof-muhitni muhofaza qilish bahonasi 
bilan, Yer kurrasida "ortiqcha" odamlar ko`payib ketdi, deb ularning sonini 
turli yo`llar bilan kamaytirish rejalari taklif qilindi. 
XXI asr boshida planetamizda 6 mlrd dan ortiq aholi istikomat 
qilmoqda (1945 yilda aholi soni 2.5 mlrd edi) va bu ko`rsatkich tobora 
ortib bormoqda. Eng muhim va ayanchli tomoni shundaki, kam rivojlangan 
va qoloq davlatlarda bu o`sish tez bo`lib, aholining 75 foizi shu davlatlarga 
to`g`ri keladi. Shuning uchun demografiya muammosi hozirda ham 
nihoyatda dolzarbdir. Bugungi kunda bu muammoni hal qilish maqsadida 
hatto oilani rejalashtirish chora-tadbirlari taklif qilinmoqda. 

Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə