Iqtisodiy ta'limotlar


T.R.Maltus va uning "Nufuz nazariyasi"



Yüklə 2,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/152
tarix21.10.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#130090
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   152
48 Iqtisodiy talimotlar tarixi 2005 Oquv qollanma A Razzoqov Sh

9.3. T.R.Maltus va uning "Nufuz nazariyasi" 
 
Ingliz iqtisodchisi Tomas Robert Maltus demografiya muam-molari 
to`g`risida birinchilardan bo`lib fikr yuritgan bo`lmasada, "Nufuz 
nazariyasi"ni ilk bor u yaratdi. Bu muammo bo`yicha barcha munozaralar-
da uning nomi birinchilardan tilga olinadi. Masalan, Aristotel (m.a. 384-
322) "Siyosat" asarida aholisi kam sonli mamlakatni ideal davlat deb 
hisoblagan, chunki shunda sotsial garmoniya bo`ladiki, aholi me'yordan 
ko`p bo`lsa sotsial ziddiyat kelib chiqadi. U nikoh to`g`risida qonun taklif 
etgan, unda erkaklarga 37, ayollarga 18 yoshgacha farzand ko`rish 
taqiqlangan, uningcha aholi ko`pligi yer yetishmasligiga olib keladi va u 
qashshoqlikka mahkum etiladi. 
F.Kenye (1694-1774) "Aholi" (1756y.) maqolasida insonlar "boy-
lik" manbayi ekanligiga ancha yaqin fikrlarni ilgari surdi. "Mamlakatning 
buyukligi uning aholisi bilan", degan edi u. Aholi mahsulot ishlab 
chiqarishni ko`paytirib, odamlar mehnatidan foydalanish masalalari 
davlatning bosh iqtisodiy siyosati obyekti bo`lishi kerak. Bu fikr A.Smit 
tomonidan rivojlantirildi. 


190 
V.Petti ham aholini ayniqsa uning mehnat qiladigan qismini 
ulug`lagan, boylik yaratuvchi deb hisoblagan, birinchi bo`lib "insoniy 
kapital" tushunchasini kiritgan. 
T.R.Maltus (1766-1834) dvoryan oilasida tug`ildi, 1788 yil Kem-
bridj universitetini bitirgach, qishloq ruhoniysi sifatida ishlay boshladi, ilo-
hiyot fanidan ilmiy darajaga ega bo`ldi. 1807 yildan boshlab "Ost-Ind" 
kompaniyasi kollejida siyosiy iqtisod professori lavozimida leksiyalar 
o`qidi.
Diqqatga sazovor tomoni shundaki, Maltus ancha kech, 39 yoshida 
turmush qurdi, uch o`g`il va bir qiz otasi bo`lgan. Agar obrazli aytadigan 
bo`lsak, o`z ta'limoti va takliflariga amal qilgan. Taniqli iqtisodchi D.Yum 
va boshqalar bilan do`st bo`lgan. 

Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə