Iqtisodiy ta'limotlar



Yüklə 2,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/152
tarix21.10.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#130090
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   152
48 Iqtisodiy talimotlar tarixi 2005 Oquv qollanma A Razzoqov Sh

 
T.Maltus
yashagan davr Angliyada sanoat inqi-
lobi amalga oshayotgan yillar bo`lib, qayta ishlab 
chiqaruvchilar ommaviy qashshoqlashdi, ishsizlar 
armiyasi ko`paydi, ishchilarning iqtisodiy ahvoli 
tobora yomonlashdi. Xuddi shu holatlarga baho 
berish, uni izohlash, bu ahvolning sababi nimada 
ekanligini tushuntirish Maltusga nasib etdi. Uning 
asosiy asarlari quyidagilar: "Aholi nufuzi qonuni 
to`g`risidagi tajriba" (1798), "Yer rentasining tabi-
ati va o`sishi to`g`risidagi tajriba" (1815), "Siyosiy 
iqtisod prinsiplari" (1820 yilda yozilgan va avvalgi 
kitobni qayta ishlab, ikki jildli asarga aylantiril-
gan). Bu asar uning do`sti D.Rikardoning "Siyosiy 
iqtisodning boshlanishi" asaridan uch yil keyin chiqqan bo`lib, nazariy 
metodologik jihatdan undan keskin farq qilmaydi. Bu asarlarda Maltus 
lendlordlar manfaatini himoya qiladi, ammo yer egalari va kapitalist-
fabrikantlarning manfaatlari mos kelsa va ishchilarga qarshi qo`yilsa, 
ularning ikkalasini qo`llab-quvvatladi, hukmron sinflarni oqladi, omman-
ing ochyalang`ochligi va og`ir ahvolida ularning hech qanday aybi 
yo`qligini isbotlamoqchi bo`ldi. Mavjud tizimni takomillashtirish keraklig-
ini u xayoliga ham keltirmadi, buni o`ziga xos utopiya deb hisobladi. 
Asosiy iqtisodiy masalalarni yagona bir omil asosida oddiy-gina 
tushuntirishga harakat qilinadi. 
Tadqiqot predmeti sifatida avvalo ishlab chiqarish sohasini 
rivojlantirish yo`li bilan jamiyatning moddiy boyligini yanada ko`paytirish 
masalasi qaraladi. Shu bilan birga, birinchi marta iqtisodiy o`sish muam-
mosini aholining o`sishi bilan bog`lashga harakat qilingan. Avvalgi 
T.R.Maltus


191 
tadqiqotlarda aholi o`sishi o`z-o`zidan milliy xo`jalik rivojiga olib kelishi 
(va aksincha) masalasi qo`yilgan bo`lsa, bu olim muammoga o`ziga xos 
ravishda yondoshadi. 
Tadqiqot usulida iqtisodiy liberalizm konsepsiyasini tan olgan 
holda, iqtisodiy o`sish sur'atlari bilan aholi soni o`rtasida o`zaro aloqador-
likni ilmiy jihatdan isbotlashga o`rinining o`ziga xos yo`llari mavjuddir. 
Jahonga ma'lum bo`lgan Ch.Darvin, D.Rikardo va boshqalarning 
qarashlari unga metodologik asos sifatida xizmat qildi. 
Bu olim metodologiyasining yangiligi va ahamiyati shundaki, un-
dan milliy iqtisodiyotni rivojlantirish va qashshoqlik sabablarini aniqlash 
va undan chiqish uchun amaliy xulosalar chiqarish mumkin, yashash min-
imumi sifatida belgilanadigan tirikchilik vositalari va aholi o`sish soni 
o`rtasidagi oddiy nisbatni isbotlashga harakat qilinadi. 
M. Blaugning ta'kidlashicha, Maltus bo`yicha insoniy jamiyatni 
sotsial qonunlar (sotsial islohotlar) yordamida har qanday ongli takomil-
lashtirishga urinish yengib bo`lmas insonlar ommasi tomonidan surib tash-
lanadi va shu sababli har bir odam o`zi haqida o`zi jon kuydirmog`i va 
o`zining xatolari uchun to`la javob berishi kerak. 
Aholi nufuzi nazariyasi Maltus go`yoki tarixiy manbalarga asos-
lanib, insoniyatning nihoyatda tez o`sganligini isbotlashga urinadi. Bu 
o`sish tirikchilik vositalari, kamchiligi kasalliklar, urushlar, chaqaloqlarni 
o`ldirish, tug`ilishni ixtiyoriy tartibga solish yo`li bilan sekinlashtiril-
maganda ahvol bundan ham yomon bo`lar ekan. 
Maltus tabiat bilan hamohang o`simlik va hayvonlarning cheksiz 
ko`payishi va yashash uchun kerakli mablag`lar o`sishi yo`nalishlarini 
tadqiq etadi. Agar insonlar har 25 yilda ikki marta ko`payib, geometrik 
progressiya asosida ortib borsa (1, 2, 4, 8, 16, 32, 64, 128, 256 va hokazo), 
tirikchilik vositalari eng qulay sharoitlarda ham arifmetik progressiya aso-
sidagina ko`payishi mumkin (1, 2, 3, 4, 5, 6, 7 va hokazo). 
Bunday sharoitda 200 yildan so`ng aholi sonining tirikchilik 
vositalariga nisbati 256 : 9, 300 yildan so`ng esa 40096 : 13 bo`ladi va 
hokazo (2-jadvalga qarang). 
Tirikchilik vositalariga nisbatan doimo tezroq ko`payishga intilishi 
"aholining nufuz qonuni"dir, bu qonun jamiyat paydo bo`lgandan buyon 
mavjud bo`lib, doim va kudratli harakatdadir. Aholining ortiqcha qismi za-
rurat tufayli ochlik, yalang`ochlik va qirilishga mahkum etilgan. 


192 

Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə