Iqtisodiy ta'limotlar


Daromadlar to`g`risida ta'limot



Yüklə 2,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/152
tarix21.10.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#130090
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   152
48 Iqtisodiy talimotlar tarixi 2005 Oquv qollanma A Razzoqov Sh

Daromadlar to`g`risida ta'limot 
A.Smit kapitalistik jamiyatning sinfiy strukturasini baholashda 
fiziokratlarga nisbatan ancha ilgarilab ketdi. U ishlab chiqarish vositalariga 
bo`lgan munosabatiga ko`ra uch sinfni ajratib berdi: ishchilar, kapitalistlar 
va yer egalari. Har bir sinf o`zining asosiy daromadini: ishchilar ish haqi, 
kapitalistlar foyda, yer egalari esa renta oladilar. Smit turli qatlam va oraliq 
guruhlar mavjudligini ham aniqladi va asosiy sinflar deb atalmish 
daromadni oladilar, barcha boshqa guruhlarning daromadi esa qayta 
taqsimlangan yoki ikkilamchidir. 
Ish haqi, ya'ni ishchining daromadi Smitning fikri bo`yicha mehnat 
mahsuloti bo`lib, mehnat uchun to`lanadigan tabiiy mukofot-dir, oddiy 
takror ishlab chiqarishda ham mehnat haqi mavjuddir. U oddiy ishlab 
chiqaruvchi bilan yollanma ishchining daromadlarini bir deb bildi. Oddiy 
takror ishlab chiqarishda "ish haqi" ishchining butun mehnat mahsulotiga 
teng. 
Smit ish haqi masalasini ilk klassik maktab vakili va 
fiziokratlaridan, ya'ni F.Kenye va V.Pettilardan boshqacharoq hal etdi. 
Ma'lumki, V.Petti tirikchilik uchun zarur bo`lgan minimum harajatlar 
nazariyasini ilgari surgan, fiziokratlar ham shunday fikrda edilar. Smit 
"tabiiy baho" tushunchasini ishlatgan va ish haqi tirikchilik uchun zarur 
minimum xarajatlardan ancha ortiq bo`lishi, bolalar hayoti va tarbiyasiga 
oid harajatlar ham hisobga olinishi kerak, ish haqi milliy boylik o`sishiga 
bevosita bog`liq degan fikrda edi. 
Smit ta'limotida ishchi kuchi degan kategoriya yo`q, u kapitalist va 
ishchi o`rtasidagi munosabatda ishchi mehnati sotiladi deb hisoblaydi. 
Ammo ish haqining normal darajasini aniqlashda u amalda ishchi 
kuchining qiymatidan foydalangan, ish haqining miqdori to`g`risida gap 
borganda esa tirikchilik xarajatlari qiymati hisobga olinishi kerak, deydi. U 
shuningdek, ish haqi miqdori o`zgarishining mexanizmini o`rganib, uning 
quyi chegarasi jismoniy tirikchilik minimumi bo`lish kerak, degan xulosa 
chiqardi. Agar ish haqi undan past bo`lsa, ishchilarning ommaviy qirg`ini 
ro`y beradi, Hindiston va Xitoydagi ishchilarning ish haqlari 
iqtisodiyotning tushkunlik yoki turg`unlik holatida jismoniy minimumga 
yaqinlashadi. 
Angliya va Shimoliy Amerikada, ya'ni rivojlanish me'yorida yoki 
tez sur'atlar bilan borgan davlatlarda ish haqi minimumdan yuqori bo`ladi, 
undan tashqari ish haqi an'ana, madaniy saviya, tarkib topgan iste'mol 
me'yoriga ham bog`liq. Ish haqi miqdorining o`zgarishi bozor 


165 
mexanizmining harakati asosida shakllanadi, uning o`zgarishining bevosita 
sababi mehnat bozoridagi talab va taklifning tebranib turishi hisoblanadi. 
Smit jamiyatning uch holatini: yuksalayotgan - progress, statsionar - 
turg`un va tanazzul - regressga uchragan holatlarini farqlagan. Birinchisida 
boylik ko`payadi va mehnatga talab-ehtiyoj ortadi. Statsionar holatda 
ishchilarning ahvoli og`ir, tushkunlikda esa ayanchli bo`ladi. 
Smitning fikricha, yuqori ish haqi iqtisodiy taraqqiyot - progressga 
yordam beradi, chunki u mehnat unumdorligini oshirish uchun 
rag`batlantiradi. U ish haqini oshirish mehnatga bo`lgan layoqatni 
kamaytiradi, ishchilarni dangasa qilib qo`yadi, degan g`oyalarga qarshi edi 
(buni V.Pettining fikrlari bilan solishtiring). Yollanma ishchilar aholining 
asosiy qismini tashkil etadi va bironta jamiyat, shubhasiz, agar uning 
asosiy qismi kambag`al va og`ir ahvolda bo`lsa, baxtli jamiyat bo`la 
olmaydi. Undan tashqari, oddiy mantiqiy adolat shuni ham talab qiladiki, 
butun xalqni boqayotgan, kiyintirayotgan va binolarni qurayotgan kishilar 
o`z mehnati tufayli yaratilgan boyliklardan ma'lum qismini olib, durustgina 
yashash uchun kerak bo`lgan mablag`larga ega bo`lishi zarur. Bizningcha, 
bu fikrga hamma yaxshilab e'tibor berishi kerak. 
Olimning davlat xizmatchilari, advokat, sudya, ruhoniy va 
o`qituvchilarning ish haqlari to`g`risidagi fikrlari diqqatga sazovordir. U, 
ayniqsa oliy o`quv yurtlarida "natijaga qarab haq to`lash"ning yo`qligini 
qattiq tanqid ostiga oladi. Uning asosiy fikri shuki, cheklangan maosh 
olayotgan o`qituvchi hech qachon to`la kuch bilan ishlamaydi, chunki u 
bundan manfaatdor emas. Lekin kam haq to`lash qanchalik ziyon keltirsa, 
ortiqcha ko`p maosh ham jamiyat uchun naf keltirmaydi. 
A.Smit sohibkorlarga ishchilar sinfining qashshoqligi uning 
manfaatlariga qarama-qarshi ekanligini uqtiradi va hatto foyda kamaygan 
holda ham ish haqi oshishi mumkinligini ko`rsatib berdi. Jamoatchilik bu 
fikrga, ayniqsa keyingi paytlarda katta e'tibor berdi va Smitning o`gitlariga 
quloq soldi. 
Qiymatning mehnat nazariyasidan kelib chiqib, foyda yollanma 
ishchi mehnatiga to`lanmagan mahsulotdir, degan xulosa chiqariladi. 
A.Smit qo`shimcha qiymat kelib chiqishining haqiqiy sababini aniqlashga 
yaqinlashgan, chunki foyda kapitalist bilan bevosita bog`langan, bunda 
ishchi o`z mehnat samarasini kapitalist bilan bo`lishishga majbur bo`ladi. 
Bu holatda foyda yangi paydo bo`lgan qiymat bilan ish haqining farqi 
ayirmasidir; ishchiga u hosil qilgan tovarning bir qismi tegadi, xolos. 
qolgan qismini kapitalist foyda sifatida oladi. Amalda foyda qo`shimcha 
qiymatdir. Fiziokratlardan farqli ravishda, A.Smit qo`shimcha mahsulot 


166 
faqat qishloq xo`jaligida, iste'mol qiymatlarning ortishi hisobigagina emas, 
balki xodimning mehnati yaratgan yangi qiymatdir, degan to`g`ri xulosaga 
keldi (bu yerda ishlab chiqarish sohasining, ya'ni bu soha sanoatmi yoki 
agrar sohami, xizmatmi - ahamiyati yo`q). Ammo boshqa holatda u 
foydani boshqacha tushunadi: yer egasiga rentani to`lagandan keyin sanoat 
kapitalistida qoladigan daromad, pul kapitali egasi ssuda foizini 
to`lagandan keyin qoladigan daromad. Bu yerda foyda xizmatchi 
kapitalistning korxona daromadi sifatida amal qiladi. Smit bu holdagi 
foydani korxonani boshqarish bilan bog`liq bo`lgan boshqa ko`rinishdagi 
ish haqi deb e'lon qilishga qarshi chiqdi. U foyda miqdori korxonani 
boshqarishdagi mehnatning miqdori va murakkabligiga emas, balki avans 
(bo`nak) qilingan kapitalning hajmiga bog`liq ekanligini ta'kidlaydi. 
Smit qo`shimcha qiymatga ilmiy izoh bera olmadi va uning paydo 
bo`lish mexanizmini tushunmadi. U foyda barcha avanslangan kapital 
tufayli tug`iladi, deb o`yladi. Foyda normasining tekislanib borishini, 
o`rtacha foyda paydo bo`lishi jarayonini sezgan olim bu orada yuzaga 
keladigan qarama-qarshilikni ko`ra olmadi. Agar qo`shimcha qiymat 
to`lanmagan mehnat mahsuli bo`lsa, u kapitalga proporsional bo`la 
olmaydi. Smit tarixiy rivojlanish tizimi "o`zgaruvchi kapital - qiymat - 
qo`shimcha qiymat"dan "yalpi avanslangan kapital - o`rtacha foyda - ishlab 
chiqarish bahosi" tizimiga o`tilganligini inkor etib, o`rtacha foydani 
qo`shimcha qiymat bilan qorishtirib yubordi. Oqibatda Smit qiymatga 
kapitalning unumi natijasi yoki kapitalistga uning faoliyati uchun 
to`lanadigan haq sifatida qaraydigan bo`ldi. Shu fikr bilan bog`liq ravishda 
u foizni to`lagandan keyin qoladigan foydaning bir qismi kapitalni qo`llash 
bilan bog`liq bo`lgan mehnat va tavakkalchilik uchun to`lanadigan 
mukofot ko`p hollarda arzimas mukofot yoki haq deb gapira boshladi.
Smit foyda normasi va foizning past darajasini iqtisodiy rivojlanish 
va "millatning ravnaqi" ko`rsatkichi deb xarakterladi, ammo foyda 
normasining pasayib borish tendensiyasini tushuntirib bera olmadi. U boy 
davlatlarda kapital ortiqligi, kapitalistlar raqobatini foyda normasi 
pasayishiga sabab deb ko`rsatdi.
Smit sohibkorlarni progressiv ilg`or sinf deb hisoblaydi, chunki u 
kapital jamg`arilishiga va ishlab chiqarishni rivojlantirishga imkoniyat 
yaratadi. U yirik yer egaligini qo`llab-quvvatlamagan, yer rentasi - yer 
egasining daromadini foyda kabi ishchining mehnat mahsulotidan 
chegirilgan qismi, deb tushuntirgan. Smit rentani ijara haqidan ajratgan va 
rentaning yerni yaxshilash uchun sarflangan kapitalga aloqasi yo`q, deydi, 
chunki bu yaxshilashni ko`pincha ijarachi qoplaydi. Ammo ijara 


167 
shartnomasi yangilanganda yer egasi rentani oshiradi, yerni yaxshilash 
go`yoki uning hisobiga amalga oshirilgan bo`ladi. 
Qiymatning mehnat nazariyasi asosida rentaning haqiqiy ta-biati 
ochib beriladi. Yer kapital kabi o`zga mulk sifatida mehnatkashlarga qarshi 
turadigan moddiy sharoit hisoblanadi. Yer xususiy mulkka aylangach, 
xodim, ya'ni ishchi o`z mehnati yakunlarining bir qismini yer egasiga 
qaytarishga majbur. Renta yerga xususiy mulkchilik monopoliyasi paydo 
bo`lishining oqibatidir. Yer unumi va joylashuvining turli bo`lishi ham 
rentaga sabab bo`lishi mumkin, deydi Smit. Ammo absolut va differensial 
renta tushunchasi unda bo`lmagan (absolut renta yerga xususiy mulk 
bo`lgandagina paydo bo`ladi, differensial renta esa har doim mavjud). 
Fiziokratlardagi kabi tabiiy kuch ta'siri ham e'tiborga olingan. Bu variantda 
rentani hosil qilishda qishloq xo`jaligi ishlari va ishchi hayvonlari ishtirok 
etadi. Dehqonchilik kapital qo`yish uchun eng foydali, samarali soha deb 
hisoblangan. Smit Angliyaning kelajagi shu sohada, deb noto`g`ri 
o`ylagan. Uning renta to`g`risidagi boshqa bir qancha fikrlari bor, lekin 
ular masalani o`ta chalkash va noto`g`ri talqin etadi. Pettining rentani 
Smitdan yaxshiroq tahlil etganini hayot isbotladi. 

Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə