Iqtisodiy ta'limotlar


A.Turgo va uning iqtisodiy ta'limoti



Yüklə 2,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/152
tarix21.10.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#130090
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   152
48 Iqtisodiy talimotlar tarixi 2005 Oquv qollanma A Razzoqov Sh

7.3. A.Turgo va uning iqtisodiy ta'limoti 
 
F.Kenyening g`oyalari Ann Rober Jak Tyurgo (1727-1781 yy.) 
tomonidan davom ettirildi va chuqurlashtirildi. Ammo u o`zini F.Kenye 
shogirdi yoki davomchisi deb hisoblamagan. U Parijda normand dvoryan-
lar oilasida tug`ildi, Sarbonnaning Teologiya (diniy) fakultetini tugatdi
ammo bu sohada ishlamadi. 1751 yildan Parij parlamentining chinovnigi, 
1761-1774 yillarda Limojda intendant (harbiy qismda xo`jalik mudiri), 
1774-1776 yillarda moliya bosh nazoratchisi, qirol Ludovik XVI davrida 
moliya vaziri sifatida bir qancha antifeodal islohotlar o`tkazdi (don savdo-
sidagi cheklashni yo`q qildi, savdo gildiyalarini tugatdi...), ammo bu 
o`zgarishlar Turgo iste'foga chiqqach, bekor qilindi. U ham F.Kenye singa-
ri Didro, D`Alamber va ularning yordamchilari tomonidan chiqarilayotgan 
"qomus"ga bir nechta falsafiy va iqtisodiy maqolalar yozdi. 
A.Turgo hayoti va ijodida progressiv chinovnik Vensan Gurne kat-
ta rol o`ynadi. U fiziokratlardan ancha farqli ravishda sanoat va savdoning 
mamlakat ravnaqidagi rolini to`g`ri tushundi. Sof bozor iqtisodiyotidagi 
mashhur laissez faire, laissez passer (bu tamoyilga ko`ra, iqtisodiyot davlat 
aralashuvisiz rivojlanishi kerak) tamoyili birinchi bor shu tadqiqotchi 
tomonidan ilgari surilgan degan fikr bor. U boshqalar qatori hunarmand-


143 
chilikdagi sex cheklashlariga qarshi chiqdi, erkin raqobatni qo`llab-
quvvatladi. 
A.Turgo
V.Gurne (u 1759 yilda vafot etdi) bilan F.Kenye xuzurida 
ko`p bo`lgan, u ular bilan asosiy masalalarda maslakdosh bo`lsa ham, ko`p 
sohalarda boshqacha fikr yuritar edi. A.Turgo Parijda A.Smit bilan ham 
uchrashgan. 
A.Turgoning iqtisodiy qarashlari uning 
1766 yilda yozilgan (1769-1770 yillarda chop etil-
gan) "Boylikning paydo bo`lishi va taqsimlanishi 
to`g`risidagi mulohazalar" asarida nisbatan to`la 
yoritilgan. U Kenye fikrlarini faqat targ`ibot qilish 
bilan cheklanmadi, uni rivojlantirdi. U kapitalistik 
ishlab chiqarish munosabatlarini ancha chuqur 
tushundi, feodalizmni islohotlar o`tkazish yo`li bi-
lan yaxshilash mumkin degan fikrga ishonmadi 
(Kenye ishongan), kapitalizm feodalizm kobig`ida 
vujudga keladi va g`alaba qiladi degan g`oyani il-
gari surdi. 
Bu kitob aslida Parijga o`qishga kelgan ikki xitoylik uchun darslik 
sifatida yozilgan va 100 ta aniq tezisdan iborat (V.Petti uslubi), ammo ba'zi 
qoidalar aksioma (isbot talab etmaydigan qoida)dan iborat. Bu iqtisodiy te-
oremalar aniq uch qismga bo`linadi. 31 ta tezis (teorema) fiziokratik 
g`oyalar majmuidan iborat (ustoz F.Kenyening ta'siri). Ammo "sof 
mahsulot" nazariyasi F.Kenyedan boshqacharoq talqin etiladi, aslini ol-
ganda bu yerda qo`shimcha qiymat haqida gap boradi va bu mahsulot tabi-
atning sof in'omidan dehqon mehnati bilan yuzaga keladigan ortiqcha 
mahsulot sifatida qaraladi hamda asosiy ishlab chiqarish vositasi bo`lgan 
yer egasi tomonidan o`zlashtiriladi. 
Keyingi 17 ta teorema qiymat, baho va pulga bag`ishlangan. 
A.Turgoning bu sohadagi fikrlari o`ziga xos xarakterga ega va qiymatning 
mehnat nazariyasidan ancha yiroq. Uningcha almashuv qiymati va tovarn-
ing bahosi tovarlar nisbati, almashuvda ishtirok etayotgan shaxslar, sotu-
vchi va oluvchi istagining intensivligi bilan aniqlanadi (marjinalistik 
talqin). Ammo, A.Turgoning bu g`oyasi uning ta'limotiga hech ham mos 
kelmas edi. 
Oxirgi 52 ta teoremada A.Turgoning tarixiy ahamiyatga ega 
bo`lgan asosiy iqtisodiy g`oyalari keltiriladi. Yuqorida aytilganidek, fizi-
okratlar jamiyatni uch sinfga bo`ladilar. A.Turgo esa jamiyatni sinflarga 
boshqacharoq ajratadi, "unumsiz" sanoatchilar sinfini u ikki qismga 

Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə