Iqtisodiy ta'limotlar



Yüklə 2,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/152
tarix21.10.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#130090
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   152
48 Iqtisodiy talimotlar tarixi 2005 Oquv qollanma A Razzoqov Sh

A.O.Kurno
1801 
yilda 
Sharqiy 
Fransiyaning kichik Gre shahrida anchagina boy 
mayda burjua oilasida tug`ildi, yaxshi ma'lumot 
oldi, 1823-1833 yillarda marshal Sen-Sir oilasida 
uning farzandiga tarbiyachi va marshal kotibi 
bo`lib xizmat qildi. Shu yillari u turli o`quv 
yurtlarida o`z malakasini oshirdi, bir qancha 
maqolalar yozdi. U 1829 yilda Parij universiteti 
tomonidan matematik ishlari uchun doktorlik 
darajasini oldi, ko`pgina olimlar, jumladan, 
taniqli Puasson bilan yaqindan tanishdi, uning 
yordamidan foydalandi. Bu olim ehtimollar 
nazariyasining falsafiy talqini bo`yicha buyuk ishlarni amalga oshirdi. 
Asosan matematika bilan shug`ullangan olim qanday qilib iqtisodiy 
masalalarga e'tibor bergan, degan jumboq haligacha yechilmagan. Ammo 
qomusiy bilimlarga ega bo`lgan Kurno, shubhasiz, Smit, Rikardo va 
ayniqsa, Seyning asarlari bilan tanish bo`lgan. Shular tufayli u 
matematikani iqtisodiyot bilan bog`lagan, degan fikr ham bor. 
Kurno o`z asarlarida ijtimoiy fanlarga aniq matematika tilini tadbiq 
etishga harakat qildi. U aslida bir yirik masalani har tomonlama to`liq 
ko`rib chiqdi; bu turli bozor munosabatlari sharoitida, ya'ni xaridor va 
A.O.Kurno


209 
sotuvchilar kuchi turlicha joylashtirilganda tovar bahosi va unga bo`lgan 
talabning o`zaro bog`lanishi to`g`risidagi masaladir. Talab va baho 
o`rtasidagi nisbat masalasi bilan shug`ullangan olim fanga talabning 
elastikligi (qayishqoqlik) to`g`risida muhim tushunchani birinchi bo`lib 
kiritdi. Hayotiy tajriba shuni ko`rsatadiki, mazkur tovar bahosi oshuvi 
bilan unga bo`lgan talab kamayadi, baho pasaysa, talab ortadi. Bu 
Kurnoning "talab qonuni" bo`lib, talab "D" harfi bilan, baho esa "r" xarfi 
bilan belgilanganda uning funksiyasi D q f (p) shaklida yoziladi. 
Kurno tadqiqotlarda birinchi bo`lib grafika metodi (usuli) ni 
qo`llagan. Bu grafika tovar sotilish hajmining uning bahosiga bog`liqligi 
ko`rsatiladi, ya'ni talab egri chiziqi paydo bo`ldi chizmaga qarang). 
Kurno shuni ham ta'kidlaydiki, turli tovarlar uchun bu bog`lanish 
turlicha bo`ladi. Uningcha, baholarning nisbatan uncha katta bo`lmagan 
o`zgarishlari tufayli talab ancha keskin o`zgarishi mumkin. Bu talabning 
yuqori elastiklik holatidir. Va aksincha, baholar o`zgarishi talabga kam 
ta'sir qiladigan holat talabning past elastikligidir. Bu oxirgi holat zeb-ziynat 
predmetlari va hatto eng kerakli mahsulotlarga ham tegishli bo`lishi 
mumkin. Masalan, skripka yoki astronomik teleskopning bahosi ikki hissa 
pasayganda, ularga bo`lgan talab deyarli o`zgarmaydi, chunki bu buyumlar 
tor doiradagi muxlislarga kerak va ularni bu buyumlarning bahosi uncha 
qiziqtirmaydi. Boshqa tomondan, o`tinning narxi ikki marta oshsa ham 
unga bo`lgan talab kam qisqaradi, chunki kish sovugida issik o`tirish 
uchun boshqa narsalardan voz kechiladi. Shunday qilib, talab funksiyasi 
turlicha bo`ladi va turli egri chiziqlar bilan ifodalanadi, lekin hunisi 
muhimki, bu funksiya uzluksizdir, ya'ni bahoning cheksiz kichik 
o`zgarishiga talabning cheksiz kichik o`zgarishi mos keladi. Bu iqtisodiy 
prinsip, ya'ni tamoyil bozor qanchalik keng va iste'molchilar orasidagi 
kombinatsiyalar soni qanchalik ko`p bo`lsa, shunchalik to`laqonli amalga 
oshadi. 
Ba'zi 
hollarni 
istisno 
qilganda, 
uzluksiz 
funksiyalarni 
differensiyalash mumkin. Kurno birinchi marta oliy matematika 
(matematik analiz)ni iqtisodiyotga bevosita qo`llash mumkinligini isbotlab 
berdi va bu favqulodda muhim va kelajagi bor bo`lgan talab va tovarning 
bahosi o`rtasidagi o`zaro bog`lanish misolida qarab chiqilgan. 
Mazkur tovarning ma'lum soni uchun umumiy tushum, ya'ni pul 
miqdori funksiyasi pChD yoki pChf(p) ko`paytma shaklida izohlanishi 
mumkin. Kurno bu funksiyani differensiyalaydi va uning maksimumini 
kidiradi, bunda har bir tovar ishlab chiqaruvchi "iqtisodiy odam" sifatida 
o`z daromadining imkoni boricha yuqori bo`lishiga intiladi. Turli 


210 
o`zgartirishlar orqali eng yuqori tushum (daromad)ga tegishli tovar bahosi 
topiladi. 
Bu baho talab funksiyasi ko`rinishiga, ya'ni uning elastiklik 
(egiluvchanlik) xarakteriga bog`liq. Ravshanki, har doim ham eng yuqori 
baho maksimum tushumni beravermaydi, bir qancha sinovlardan so`ng 
sotuvchi tomonidan belgilanadigan aniq bir baho tufayli eng katta daromad 
olinadi. Kurno o`z tahlilini eng oddiy holatdan boshlaydi, masalan, tabiiy 
monopoliyani oladi. Masalan, bir odam xususiyatlari bo`yicha juda noyob 
ma'danli suv chiqadigan buloqqa egalik qiladi, deylik. Suv egasi eng 
yuqori daromad olish uchun qanday bahoni qo`yishi kerak? Bu savolga 
javob berish uchun Kurno nisbatan ancha murakkab bo`lgan holatlarga 
o`tadi, yangi omillarni (ishlab chiqarish chiqimlari, raqobat va boshqa 
cheklashlar...) kiritadi. 
U duopoliya (2 ta raqobatchi monopoliya), soni cheklangan 
raqobatchilar va erkin raqobat (ko`pchilik) holatlarni tahlil qiladi. Shunday 
qilib, Kurno modelida XIX asrda ro`y bergan tarixiy taraqqiyot 
jarayonlarga teskari (aslida rivojlanish erkin raqobatdan monopoliyaga 
qarab borgan) holatlar qarab chiqilgan. 
Butun tahlilda yagona metod (uslub)dan foydalanilgan, bozor 
sharoitiga qarab talab funksiyasining ekstremal miqdorlari turli holatlarda 
aniqlanadi. Bu tadqiqotning matematik aniqligi va mantiqiyligi kuchli 
taassurot qoldiradi. Bu olimning asarlari va iqtisodiy g`oyalari o`z davrida 
to`liq tushunilmadi, ko`pchilik uchun u chet tili kabi notanish bo`ldi. 
Kurno 
konsepsiyasida 
mehnatning 
kapital 
tomonidan 
ekspluatatsiya qilinishi, inqirozlar va kapitalizmning boshqa illatlari inkor 
etiladi. U muomala sohasida vujudga keladigan baholarnigina tahlil etadi 
va ishlab chiqarish bilan hech qanday bog`lanmaydi. 
Deyarli Kurno bilan bir vaqtda (hatto undan sal oldin) nemis olimi 
Iogann Genrix fon Tyunen (1783-1850) boshqa iqtisodiy modelni yaratdi 
va Kurno g`oyalarini empirik (amaliy) material bilan to`ldirdi. U o`zi 
Shimoliy Germaniya yunkeri (pomeshshigi) sifatida qishloq xo`jaligi bilan 
bevosita shug`ullandi va o`zining iqtisodiy modelini taklif qildi. Uning 
modeli bo`yicha xo`jalik doira shaklida ifodalanib, markazida shahar 
(qishloq xo`jalik mahsulotlarining yakkayu-yagona iste'molchisi) va 
atrofida bir xil unumdorlikdagi tuprog`i bo`lgan yopiq hudud tushuniladi. 
Bu modelni tahlil etib u bir qancha muhim xulosalarni chiqardi: qishloq 
xo`jaligi turli tarmoqlarini samaradorligi pasayib boruvchi konsentrik 
doiralar bo`yicha joylashtirish optimal natijalar beradi. U o`z xo`jaligidagi 
harajatlar va natijalar bo`yicha nihoyatda yaxshi hisob-kitob ishlarini 


211 
yo`lga qo`ydi. Tyunen, xususan, shahardan qaysi masofada yetishtirilgan 
mazkur bahodagi qishloq xo`jalik mahsulotiga transport harajatlari va 
ishlab chiqarishning norentabel bo`lishini hisoblab chiqdi. Agar Kurno 
kitoblari 
abstrakt 
matematik 
iqtisodiyotning 
boshlanishi 
bo`lsa, 
Tyunenning 
hisob-kitoblari 
esa 
ekonometrika, 
ya'ni 
matematik 
ekonomikaning asosi hisoblanadi va statistik informatsiyani, faktik 
miqdorlarga asoslangan empirik modellar ishlab chiqishni o`z ichiga oladi. 
Tyunen
yagona kitob yozgan bo`lib, 
unda davlatning qishloq xo`jaligi va milliy 
iqtisodga munosabati masalalari yoritiladi. bu 
asar ham o`z zamondoshlari tomonidan 
deyarli tan olinmadi, to`g`rirog`i - tushunib 
yetilmadi. Olim faqat empirik iqtisodiy-
matematik 
modellar 
yaratish 
bilangina 
cheklanmadi, u Smit tomonidan boshlangan, 
ammo 
oxiriga 
yetmagan 
daromadlar 
taqsimotini 
tadqiq 
qildi. 
Rikardoning 
ishlaridan bexabar holda bu masalani ancha 
mukammal 
hal 
etdi, 
differensial 
renta 
g`oyasini qiymatning mehnat nazariyasi 
asosida rivojlantirdi. Uning tadqiqotlarida 
iqtisodiy jarayonlarni tekshirishda cheksizlik 
uslubi keng qo`llaniladi. 
Uning fikricha, har qanday iqtisodiy jarayon ketma-ket kichik 
orttirmalar yo`li bilan rivojlanadi, bu rivojlanish ma'lum bir chegaraga ega 
(ya'ni u chegaraviy), ma'lum holatgacha borib, unda keskin sifat o`zgarishi 
ro`y beradi. Shunday yo`l bilan ma'lum muvozanat yoki optimal holat 
yuzaga keladi. U shunday usulni mehnat va kapital (ya'ni ishchi kuchi va 
mashinalar)ni o`zaro to`ldirish jarayoniga va ishlab chiqarishning optimal 
tarkibini shakllantirishga qo`lladi. 
Keyinchalik iqtisodiyot fanida kichik orttirmalar va cheklangan 
sharoitlar uslubi marjinalizm (fransuzcha la marge va inglizcha margin - 
chekka, chegara mazmuniga ega) nomini oldi (bu yo`nalish to`g`risida 
alohida gapiriladi). 
Umuman, iqtisodiyotda matematik usullar haqida gap borar ekan, 
uning tarixi XIX asrning o`rtalarida boshlanib, hozirgi davrda iqtisodiyot 
fanining muhim tarkibiy qismiga aylandi. Matematika usullarini qo`llash 
hayot talabi bo`lib qoldi. O`z davrida kichik korxona, firmani boshqarish 
uchun rahbardan amaliy fikr-mulohaza yetarli edi. Hozirgi zamon 
Tyunen


212 
korxonasida ishlab chiqarishni boshqarish, moliya tizimi, mahsulotni sotish 
butunlay boshqa talablarni qo`yadi. Bu yerda fan, texnika, iqtisodiy 
kibernetika, matematik usullar (boshqarish, nazorat, aloqa, hisob-kitob) 
birinchi o`ringa chiqadi. 
Yangi iqtisodiy masalalarni yechish uchun (ishlab chiqarishning 
optimal, eng ratsional variantini tanlash, kapital qo`yilmalar, moddiy 
ta'minot va boshqalar) bu usul qo`l kelmoqda. Elektron hisoblash 
mashinalari, kompyuterlarni qo`llash tufayli ko`p murakkab masalalarni 
yechish mumkin bo`lyapti. 

Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə