Iqtisodiy ta'limotlar



Yüklə 2,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/152
tarix21.10.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#130090
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   152
48 Iqtisodiy talimotlar tarixi 2005 Oquv qollanma A Razzoqov Sh

D.Rikardo 


178 
sohasida yuzaga keladigan daromadlar taqsimlanishining obyektiv 
qonunlarini aniqlash bosh vazifadir. 
U Smitning g`oyalarini qo`llash bilan birga uni to`ldirdi va qarshi 
fikrlarni ham ilgari surdi. U kapitalistlar va ishchilarning manfaatlari bir-
birlariga qarama-qarshi ekanligini ochib berdi, ma'lumki Smitda bu 
manfaatlar bir edi, Rikardo yer egalarining manfaati ishchi va 
kapitalistlarnikiga qarshi deb uqtiradi. 
Rikardodagi bu o`zgarishlarga tarixiy, iqtisodiy va sotsial omillar 
mavjud, ulardan eng muhimi shuki, XVIII asr oxiri va XIX asrning 
boshlarida Angliyada sanoat to`ntarilishi ro`y berdi va bu jarayon asosan 
nihoyasiga yetkazildi. Oqibatda Angliya ko`p yillar davomida "dunyo 
fabrikasi" nomini oldi, sanoat ayniqsa tez o`sdi, ishchilar soni ortdi, 
shaharlar 
ko`paydi, 
lekin 
mehnatkashlarning 
qashshoqlanishi 
va 
ekspluatator sinflarning boyishi kuchaydi, ya'ni differensiatsiya yuz berdi. 
Mashina sanoatining rivoji tufayli ish kuni 12-13 soatgacha uzaydi, mehnat 
sharoiti esa yomonlashdi, ishchilar mashinaning qo`shimcha qismiga 
aylandi, xalq ommasi kurashga otlandi, ludditlar (mashina sindiruvchilar) 
harakati kuchaydi, fabrikalarga o`t qo`yildi. Ammo, sanoat inqilobi davrida 
proletariat hali yagona, uyushgan sinfga aylanmagan edi. Kapitalizm esa 
rivojlanayotgan tuzum edi, burjuaziya-sohibkorlar ham feodalizm 
qoldiqlariga qarshi chiqib, progressiv rol o`ynagan edi. 
Demak, Rikardo Angliyada sanoat inqilobi davrining iqtisodchisi 
sifatida maydonga chiqdi (Smit esa manufaktura davrining iqtisodchisi 
edi). Rikardo shular tufayli iqtisodiy ta'limotni yuqoriroq pog`onaga 
ko`tardi. 
Tadqiqot usuli sifatida tabiiy tartib konsepsiyasi olinadi va 
mamlakat boyligi sifatida ishlab chiqarishning fizik hajmlarini ko`paytirish 
deb hisoblanadi. Buning uchun esa erkin raqobat va iqtisodiy 
liberalizmning 
boshqa 
prinsiplarini 
qo`llash 
darkordir. 
Masalan, 
mamlakatga erkin oziq-ovqat kiritish ("non qonunlari"ga qarshi) daromad 
normasini kamaytirmay va yer rentasini uncha oshirmagan holda kapital 
jamg`arishni o`stirishga olib keladi deb hisoblaydi. 
A.Smit kabi D.Rikardo ham mantiqiy abstraksiya usulini ham keng 
qo`llagan. 
Rikardoning asarlari iqtisodiyot fanining predmeti va me-todini 
aniqlashda, iqtisodiy tadqiqot metodologiyasini amaliy ishlab chiqishda 
muhim rol o`ynadi. Uning fikricha, jamiyatning sinfiy tuzilishi uning 
iqtisodiy faoliyatida hal qiluvchi o`rinni egallaydi. Siyosiy iqtisodning 
asosiy vazifasi "yr mahsuloti" (ya'ni milliy daromad va milliy boylik)ni 


179 
uch asosiy sinf o`rtasidagi taqsimoti qonunlarini aniqlashdan iborat. Bu 
taqsimot ishlab chiqarish sharoiti va manfaatlaridan kelib chiqishi kerak 
edi va bu Rikardoning yutug`i edi, ammo uning xatosi shuki, u taqsimot 
usulini moddiy ne'matlarni ishlab chiqarish usuli bilan bog`liq qilib 
qo`ygan. U mantiqiy abstraksiya metodidan foydalandi, ijtimoiy fanlarda 
aniq fanlarning usuli, ayniqsa, ilmiy deduksiyani keng qo`lladi. U o`z 
konsepsiyasi asosiga qiymat qonunini, ya'ni tovarlarning qiymatini 
sarflangan mehnat bilan aniqlashni qo`ydi. Faqat bir omil - "Mehnat" 
qiymatining asosida yotadi, deb yozadi olim. Boshqa iqtisodiy 
kategoriyalar shu qonunga qanchalik mos kelishkelmasligini o`rgandi. 
Rikardo kapitalizmni jamiyatni tashkil etishning yakkayuyagona tabiiy va 
abadiy shakli deb o`ylagan. 
Rikardo qiymat qonunini ishlab chiqishda Smitning xulosalariga, 
garchi ularni qisman rad etsada, suyandi va ularni rivojlantirdi. U tovarning 
ikki faktori: iste'mol va almashuv qiymatlarini yanada aniqroq o`rgandi 
(masalan, nonni yeyish va sotish mumkin). Foydalilik (iste'mol qiymati) 
almashuv qiymatining zaruriy sharti, ammo uning o`lchovi bo`la olmaydi. 
Barcha tovarlarning almashuv qiymati (ba'zi hollar bundan mustasno, 
masalan ilgarigi rassomlarning kartinalari, noyob vino) va ularni ishlab 
chiqarishga ketgan mehnat sarflari va chiqimlari bilan aniqlanadi. 
Almashuv qiymati har doim nisbiy bo`lib, boshqa tovar yoki pulning 
ma'lum miqdorida o`z aksini topishi tufayli Rikardo absolut qiymat ham 
bo`lishi kerak, degan masalani qo`ydi. Bu qiymat substansiyasi mehnatdagi 
mehnat miqdoridir. Almashuv qiymati absolut qiymat ro`yobga chiqa 
oladigan zaruriy va yagona mumkin bo`lgan shakldir. Lekin Rikardo bu 
g`oyani umrining oxirida tugallanmagan asarining "Absolut va nisbiy 
qiymat" bobida bergan, ya'ni fikr mantiqiy oxiriga yetkazilmagan. 
Marksning fikricha, Rikardo qiymatni faqat miqdoriy tekshirdi, tarixdan 
tashqarida o`rgandi, ya'ni mehnatni qiymat bilan yaraluvchi mahsulotning 
tabiiy xususiyati va bu jarayonni barcha ijtimoiy tuzumlarga xos deb 
o`yladi. 
Rikardo Smitning g`oyalarini to`ldirdi. Agar Smitning g`oyasi 
bo`yicha qiymat oddiy tovar ishlab chiqarishda sarflangan mehnat bilan 
aniqlansa, kapitalistik ishlab chiqarishda bu qiymat realizatsiya qilinadigan 
daromadlardan iborat edi. Rikardo qiymatni aniqlashda sarflangan 
mehnatdan foydalandi. Rikardo ish haqining tovar qiymatiga ta'sirini rad 
etdi. Masalan, deydi u, agar mehnat unumdorligi oshmay turib ish haqi 
ko`tarilsa, bundan tovar qiymati o`zgarmaydi. Boshqa sharoitlar 
o`zgarmagan holda, bu holat tovar bahosiga ham ta'sir etmasligi kerak, 


180 
faqat ish haqi va tovar bahosidagi foyda o`rtasidagi nisbatni o`zgartirishi 
mumkin. Kapitalistlar erkin raqobat sharoitida ish haqi o`sishini bahoga 
ko`chira olmaydi va foydaning bir qismidan mahrum bo`lishga majbur. Bu 
qoida katta ijtimoiy-siyosiy xarakterga ega, chunki Smit ishchilarning ish 
haqini oshirish uchun kurash befoyda, negaki ish haqi oshsa, baholar ham 
oshadi, degan fikrda bo`lgan (real daromad o`zgarmaydi). Ish haqi 
oshganda baholar o`zgarmaydi, kapitalistlarning foyda normasi kamayadi. 
Rikardo Smit kabi qiymatning mehnat nazariyasini kapitalistik 
ishlab chiqarish sharoitida qo`llashda katta qiyinchilikka uchradi. 
qiymatning ishlab chiqarish bahosiga aylanish muammosiga e'tibor berdi 
va uni hal etishga urindi. Real hayotda kapitaldan olinadigan foyda shu 
kapitalning miqdori bilan aniqlanadi yoki foyda normasi mo’tadillashish 
tendensiyasiga ega. Ammo tovarlar ularni ishlab chiqarishga sarf bo`lgan 
jonli mehnat sarflariga mos ravishda bir-biriga almashsa, bunday bo`lishi 
mumkin emas. Bu holda kapitalning organik tuzilishi (C G` Y) past 
bo`lgan yoki kapitali tez oborot bo`ladigan tarmoqlar boshqa organik 
tuzilishi yuqori bo`lgan va kapitali sekinroq oborot bo`ladigan tarmoqlarga 
nisbatan ustunlikka ega bo`ladilar. Birinchilari ko`proq mehnat 
sarflaganlari uchun tovar bahosi nisbatan yuqori bo`ladi va kattaroq foyda 
oladi. Ammo bunda kapital shu tarmoqlarga oqib o`tar edi va ikkinchi 
tarmoqlarga oqib o`tmas edi, natijada ikkinchi tarmoqlar rivojlanmasdi. Bu 
qarama-qarshilikni hal etish uchun Rikardo Smitning qiymat nazariyasini 
modifikatsiyalashtirdi (o`zgartirdi). Ammo ishlab chiqarish bahosi va 
o`rtacha foydani oraliq zvenolarni tahlil qilish va qiymat qonuni asosida 
hal etish o`rniga bu kategoriyalarni qiymat qonuniga keltirishga urinadi. 
Bu bosqichda Rikardo avvalgi, ish haqi tovar qiymatiga amalda ta'sir 
etmaydi, degan tezisidan voz kechdi. U kapital tarkibi va oborotidagi 
farqlar mehnatga turlicha haq to`lash tufayli qiymatga ham ta'sir etadi, 
degan fikrni berdi. Ammo bu g`oya mantiqiy yechimga ega emas edi. 
Rikardo ish haqi, foyda va renta masalalarini yechishga katta hissa 
qo`shdi. U Smit kabi asosiy uch sinfning dastlabki daromadlari masalasiga 
e'tibor berdi. U mehnatni tovar deb (aslida ishchi kuchi tovar) hisoblab, 
mehnatning bozor bahosi (ish haqi) tabiiy baho bo`ladi va shu atrofda 
o`zgaradi; tabiiy baho deganda ishchi kuchining qiymatini tushungan. 
Rikardo masalaga tarixiy an'analar asosida yondashishga urinsa ham 
mehnatning tabiiy bahosini jismoniy minimumga tenglashtiradi. Masalan, 
nonning bahosi va ish haqining pul miqdori o`rtasida bevosita bog`liqlik 
bor,- deydi u, - agar nonning bahosi oshganda ish haqi o`zgarmasa, 
ishchilar och qoladi va o`limga mahkum etiladi. 


181 
Rikardo Maltus kabi (bu olimning fikrlari quyida beriladi) 
ishchilarning haqlari ochlik darajasida ushlab turilishi kapitalizmga xos 
qonun emas, barchaga tegishli tabiiy qonunlar tufaylidir, deydi. Ma'lum 
qulay sharoitlardagina ishlab chiqarish kuchlari aholi o`sishini ta'minlay 
oladi va ishchilar kam haq olganliklaridan norozi bo`lmasliklari kerak, 
degan fikr ilgari suriladi. Rikardo qo`shimcha qiymatni uning konkret 
shakllari - foyda, ssuda foizi, renta sifatida tahlil etadi. 
Ishchi o`z mehnati bilan ish haqi sifatida oladigan miqdordan 
ko`proq qiymat yaratishi o`z-o`zidan ravshan, deydi u. Ammo uni ish haqi 
va foyda nisbati, ya'ni ishchining qancha olishi va kapitalistga qancha 
qolishi qiziqtiradi. U qiymat strukturasi va tovar bahosini aniqlaganda 
"Smit dogmasi"dagi xatoga yo`l qo`yadi, ya'ni doimiy kapital S ning yangi 
mahsulotdagi hissasini inkor etadi. Tovar qiymati ish haqi va foydadan 
iborat bo`lganligi sababli, foyda ish haqiga teskari proporsional va unga 
bog`liq. Foyda amalda qo`shimcha qiymat sifatida qaraladi. Rikardo 
foydaning yer rentasini to`lagandan keyingi holatni o`rganadi. Undan 
tashqari foyda avans qilingan kapital miqdoriga proporsional deb 
hisoblaydi. U foyda normasining pasayish tendensiyasiga alohida e'tibor 
berdi. U buning bosh sababi kapitalizmga xos narsa bo`lmay, tabiiy 
omildir, degan. Foyda normasining pasayishi oxir-oqibatda kapital 
jamg`arilishining kamayishiga olib kelishi mumkinligi uni tashvishga 
solgan. U kapital deb ishlab chiqarish vositalari va kapitalistning 
ishchilarga ish haqi sifatidagi harajatlarni tushungan. U kapitalni natura 
holda va tarixdan tashqari tushungan. Uningcha, ibtidoiy ovchi va baliqchi 
kapital egasi bo`lgan (bu albatta xato fikr). 
Rikardo yer rentasini tahlil qilishda muhim yutuqlarga erishdi. U 
renta nazariyasini qiymatning mehnat nazariyasiga asoslanib tekshirdi. 
Rentaning manbayi yerning qandaydir saxiyligi emas, balki ma'lum mulkiy 
munosabatlar sharoitida yerga qilinadigan mehnatdir, deb hisobladi. Yer 
resurslari cheklangan bo`lib, unumdorligi va joylashuvi turlicha bo`lgan 
yerlar ishlanishi tufayli qishloq xo`jaligi mahsulotlarining qiymati yomon 
uchastkalardagi mehnat sarflari bilan aniqlanadi. Bunday yerlar sohibkorga 
o`rtacha foyda beradi va renta bermaydi. Nisbatan yaxshi yerlarda foyda 
o`rtacha normadan yuqori bo`ladi, ana shu ortiqcha foyda renta sifatida yer 
egasi tomonidan olinadi. Yomonroq yerlar xo`jalik hisobiga jalb etilishi 
orqali yer egalarining oladigan rentasi o`z-o`zidan ortadi, vaholanki ular 
biror ish qilmaydi, sarfxarajat ham qilmaydi. 
Rikardo bu yerda differensial renta hosil bo`lishini ko`rsatib berdi. 
U xususiy mulkchilik sharoitida yomon yerlar ham ma'lum renta keltirishi 


182 
mumkinligini inkor etdi. Lekin shunday renta bor, u absolut renta bo`lib, 
uni Marks va boshqa olimlar atroflicha o`rganganlar. 
Rikardo pul va pul muomalasi masalalariga katta e'tibor qildi. U 
dastlabki asarlarida pulni ichki qiymatga ega bo`lgan tovar deb qaragan. 
Pul qiymati unga sarf qilingan mehnat bilan aniqlangan. Rikardo pulning 
xususiyati shuki, u alohida tovar, boshqa tovarlarning qiymat o`lchovi va 
muomala vositasi sifatida harakat qiladi, deydi. U qog`oz pullarning 
miqdorida muomalada bo`lgan tovar massasi qiymatiga mos (ya'ni 
proporsional) bo`lishi kerak, ortiqchasi bank tomonidan iste'moldan 
chiqarilishi zarur, deydi. 
Ammo, u o`zining bosh asarida bu konsepsiyadan chekinadi, avval 
pullarning ichki qiymati bor, deb gapirgan bo`lsa, keyinroq u pulni texnik 
vosita deb izohladi va pulning miqdoriy nazariyasini ishlab chiqa boshladi. 
Uning fikricha, muomaladagi pulning miqdori turlicha va erkin bo`lishi 
mumkin, pulning qiymati esa muomala sohasida belgilanadi va uning 
miqdoriga bog`liq bo`ladi. Rikardo erkin savdo tarafdori bo`lgan, u 
merkantilistlardan farqli ravishda tovar ishlab chiqarish tovar kiritishdan 
ortiq, ya'ni eksport kam va import ko`p bo`lishidan, mamlakatdan oltin 
chiqib ketishidan xavfsirashga hojat yo`q, deydi, chunki erkin import 
avtomatik ravishda oltin muomalasi va baho o`zgarishini tartibga soladi, 
shuning uchun iqtisodiy tanglik ta'minlanishiga yordam berishiga 
Rikardoning ishonchi komil edi. 
Rikardo Angliyaning tashqi aloqalari iqtisodiyotda katta rol 
o`ynashini alohida o`rgandi. U birinchilardan bo`lib ayrim tovarlarni ishlab 
chiqarishdangina emas, balki mamlakatlar o`rtasida ham xalqaro mehnat 
taqsimoti va ixtisoslashuvning foydaliligini isbotlab berdi. Bunda nisbiy 
afzallik tamoyil mavjudligini ishlab chiqdi. Bu tamoyil universalroq 
bo`lib, A.Smitdagi mutlaq afzallik prinsipo` (yuqorida berilgan) xususiy 
hal sifatida qabul qilinadi. Bu prinsipga ko`ra ayrim mamlakatlar ma'lum 
tovarlarni ishlab chiqarishda ayrim qulayliklarga ega bo`ladi va kam 
harajat sarf qiladi. Bunda tabiiy va iqlimiy omillar ham katta rol o`ynaydi 
(mutlaq ustunlik). Ma'lum tovarlarni ishlab chiqarish bu mamlakat uchun 
boshqa 
mamlakatlardagiga 
nisbatan 
qulayroq 
bo`lishi 
mumkin. 
Mamlakatlari tabiiy, texnologik va madaniy farqlari tufayli ishlab chiqarish 
xarajatlari turlicha bo`ladi. Ixtisoslashuv hatto qoloq davlat uchun ham 
qulayroq bo`ladi, masalan O`zbekiston uchun paxta, Braziliya uchun kofe 
kabi. 
Erkin savdo avvalo ingliz sohibkorlari manfaatlariga mos tushsa 
ham, u paytda bu g`oya prinsipial jihatdan ham progressiv edi. Bu savdo 


183 
siyosati "fritrederlik" bo`lib, "proteksionizm"dan prinsipial farq qiladi. 
Xalqaro savdoni belgilovchi omillar nimadan iborat? Nima uchun ma'lum 
bir tovarlar eksport qilinadiyu, boshqalari import qilinadi? Tashqi savdo 
ishlab chiqarish va iqtisodiy taraqqiyot uchun nimalar beradi? degan 
savollarga javob beriladi. Shunday misol keltiriladi: Shotlandiyada uzum 
vinosi qilish mumkin, ammo mehnat sarflari juda yuqori bo`ladi, bu yerda 
suli yetishtirish qulay, uni esa Portugaliya vinosiga almashgan ma'qul, 
chunki vinoni qilishga u yerda kam xarajat sarflanadi. Albatta, bu eng 
oddiy misol. 
Rikardo bu masalaga ancha prinsipial yondashdi. Agar 
Shotlandiyada ham suli, ham vino kam chiqimlar bilan ishlab chiqarilsa 
ham, bu mamlakatda suli bo`yicha vinoga qaraganda ustunlik ko`proq, 
chunki chiqimlar nisbati va almashuv proporsiyalari hisobga olinganda bu 
davlat uchun faqat suli yetishtirish nisbatan qulay, Portugaliya uchun esa 
vino chiqarish foydalidir. Bu nisbiy chiqimlar yoki nisbiy ustunlik 
tamoyilidir. U bu tamoyilini qiymatning mehnat nazariyasida ham isbotladi 
va uni raqamlar yordamida ko`rsatib berdi. Xuddi shunga o`xshash misol 
mato to`qish sohasida Angliya va Fransiya misolida taqqoslangan. AQSH 
va Braziliya solishtirilganda don va kofe ishlab chiqarish afzalligi 
ko`rinadi. Bu misollardan shu narsa ko`rinadiki, nisbiy ustunlik mavjud 
bo`lsa, ixtisoslashuv va almashuv ikkala mamlakat uchun ham foydalidir. 
Bundan mamlakatlar o`rtasida xalqaro mehnat taqsimoti va ishlab 
chiqarishning ixtisoslashuvi zarurligi kelib chiqadi. Rikardo bo`yicha 
ishlab chiqilgan tovarlarni realizatsiya qilish kapitalistik xo`jalik uchun 
prinsipial muammo bo`la olmaydi. U ortiqcha ishlab chiqarish inqirozi 
mumkin emas, kapitalistik sistema uchun bu jiddiy xavf tug`dirmaydi, 
degan fikrda edi, chunki talab va taklif doimo mos tushadi. Smit kabi 
Rikardo ham kapitalizm sistemasining qarama-qarshiligini tushunib 
yetmadi. Chunki bu davrda hali inqirozlar yo`q edi, faqat 1825 yilda 
birinchi bor ana shunday inqiroz ro`y berdi (asar ancha oldin yozilgan). 
Rikardoning 1815 yilda yozilgan "Nonga bo`lgan past bahoning 
kapital foydasiga bo`lgan ta'siri to`g`risidagi tajriba" nomli pamfletida 
sinflarning iqtisodiy munosabatlari va kapitalizm rivojlanish nazariyasi 
qisqa, ammo lo`nda tarzda bayon etilgan. Uning asosiy xulosalari 
quyidagilardan iborat: agar iqtisodiyot rivoji o`z holiga qo`yilsa, aholining 
o`sishi va kam unumdor yerlarga ishlov berishga o`tilishi tufayli qishloq 
xo`jaligi mahsulotlarining bahosi oshib boradi. Buning barcha foydasi yer 
egalari bo`lgan lendlordlarga o`tadi. Vaholanki kapitalga bo`lgan foyda 
normasi pasayadi. Bundan esa ishchilar ham ziyon ko`radi, chunki ularning 


184 
mehnatiga talab pasayib boradi. Xo`sh, bu tendensiyaning oldini olish 
mumkinmi? Xususan, xorijdan arzon don import qilish kerak, demak, 
bundan "Non qonunlari"ni bekor qilish kerak degan xulosa chiqariladi 
(Angliyada non va donga yuqori baho qo`ygan maxsus qonun bor edi, uni 
"Non qonunlari" deb atalardi, bu qonunlar 1830 yilda to`la bekor qilindi). 
Rikardo parlament a'zosi sifatida doim erkin savdo uchun kurash olib 
bordi. Tarix bu g`oyaning to`g`riligini amalda isbotladi. 
XVIII asrning oxirida (1789-1794 yillar) G’arbiy Yevropadagi eng 
yirik burjua inqilobi Fransiyada ro`y berdi. Bu inqilob mamlakatdagi 
feodal munosabatlarga to`la barham berdi va kapitalizm (bozor)ning tez 
rivoji uchun yo`l ochib berdi, ammo bu o`zgarishlar tekis va ravon amalga 
oshmadi. Sanoat to`ntarilishi mashina industriyasini boshladi. Kapitalistik 
munosabatlarning bir qancha pozitiv tomonlari bilan birga anchagina 
negativ oqibatlari ham ko`rina boshladi. Ana shunday sharoitda klassik 
maktab vakillari yaratgan ta'limotlarni har tomonlama to`ldirish va qayta 
ko`rib chiqishga kirishildi, bu jarayon Fransiya, Angliya va AQSHda 
XVIII asr oxiri - XIX asr 1-yarmida ro`y bera boshladi. Bu davrdagi 
ta'limotlarga xos xususiyat shu ediki, ularda barcha iqtisodiyot 
kategoriyalari to`laligicha emas, balki qisman, ya'ni ularning ayrimlari 
olinib, tadqiq qilindi. Fransiyada Sey, Bastia, Angliyada Maltus, Senior, 
AQSHda Keri va boshqalar klassik iqtisodiy maktabni qayta ko`rib 
chiqish, uni to`ldirish, zamonga moslash istaklari bilan o`ziga xos 
ta'limotlaryoyo yuzaga kela boshladi. 1-bosqich V.Petti va P.Buagilber, 2-
bosqich A.Smit va D.Rikardo nomlari bilan bog`liq bo`lsa,bu davrni 
klassik maktab evolutsiyasining uchinchi bosqichi sifatida qarash mumkin. 

Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə