7
Avvalgi o`quv qo`llanmamiz 1997 yilda nashr etilgan bo`lib,
ma'lum ma'noda davr sinovidan o`tdi. Bu fanni o`qitish, o`rganish, o`quv-
uslubiy
materiallar
yaratish
davomida
qo`llanmani
yanada
takomillashtirish bo`yicha takliflar va mulohazalar bildirildi.
Shulardan
biri, Markaziy Osiyo mutafakkirlarining iqtisodiy g`oyalarini ancha
kengaytirish ahamiyatlidir. Shunisi diqqatga sazovorki, keyingi paytda bu
sohada ancha ishlar qilindi. Taniqli iqtisodchilar i.f.d., professorlar
O`.Sobirov, Q.Yo`ldoshev, N.Yo`ldoshev, A.Razzoqovlar
tomonidan
mamlakatimiz hududida yashab ijod etgan donishmandlarning iqtisodiy
merosi to`g`risida bir qancha ilmiy maqolalar va o`quv qo`llanma chop
etildi. 2000 yili TDIU da "Iqtisodiy meros va jahon tajribasi" mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o`tkazildi va uning materiallari
(2001 yil, 9.75 b.t.)
nashr qilindi, konferensiya tavsiyalarida ham shu va
boshqa masalalar ko`tarilgan edi.
Shularni hisobga olib, darslikka alohida ikki bob kiritildi, unda
Markaziy Osiyo mutaffakirlarining iqtisodiy g`oyalari keltirildi.
Keyingi
davrda boshqa regionlardi chiqarilgan adabiyotlarning tajribasidan
foydalanildi.
Umuman, Respublikamizda "Xalq xo`jaligi va iqtisodiy ta'limotlar
tarixi" (08.00.02) fani bilan u yoki bu darajada shug`ullanayotgan barcha
kuchlarni birlashtirish, dastur, o`quv qo`llanma,
darslik tayyorlash,
malakasini oshirish, ilmiy daraja olishga imkon beruvchi ixtisoslashgan
kengash ochish, birgalikda konferensiya va boshqa anjumanlarni o`tkazish,
ilmiy tadqiqotlar olib borish vaqti yetdi, deb hisoblaymiz.
Ushbu darslik Toshkent Davlat Iqtisodiyot
universiteti Iqtisodiy
tarix kafedrasi a'zolari professor O`zbekiston Respublikasida xizmat
ko`rsatgan xalq ta'limi xodimi A.A.Razzoqov, dotsentlar Sh.H. Toshmatov,
N.T. O`rmonov va O`zbekiston Milliy universiteti Iqtisodiyot fakulteti
o`qituvchilari i.f.d. F.T. Egamberdiyev, i.f.n., dotsent P.Z. Xoshimovlar
tomonidan yozilgan.
Har bir bob oxirida xulosa, asosiy tushuncha va
iboralar, nazorat va mulohaza qilish uchun savollar keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: