9
1.Xo‟jalik yurituvchi subektlarda operatsion faoliyatdan daromadlarning
shakillanishi
Xo‘jalik yurituvchi subektlarni operatsion faoliyatdan olingan daromadlarining
shakillanishi haqida gapirishimizdan oldin avvalambor foyda nima, u qanday
shakillanadi, qanday turlari mavjud, foydani ishlab topishning murakkablik
jihatlarini hamda daromadning foydadan farqi haqida aytib o‘tmoqchimiz.
Foyda bu korxona barcha topgan daromadlaridan sarflangan barcha xarajatlari
chiqarib tashlangan yani xarajatlar ayirib tashlangandan kiyin qolgan qismiga
aytiladi. Korxonalarda tovar va xizmatlarni sotishdan olingan mablag‘lar ularning
pul tushumlari yoki daromadlari deb ataladi.
Foyda- tovarlar va xizmatlarni sotishdan olingan daromadning ushbu tovarlarni
ishlab chiqarish va sotish uchun sarflangan mablag‘lardan ortgan qismidir.
Korxonalar va tadbirkorlarning xo‘jalik faoliyati moliyaviy natijalarining asosiy
ko‘rsatkichlaridan biri bo‘lib pulda ifodalanadi va bundan tashqari bozor daromadi
bo‘lib, uning qonun qoidalariga asosan vujudga keldi, taqsimlanadi va ishlatildi.
Foyda – kapital, ishlab chiqarish omili sifatida tovar va xizmatlar narxi
tarkibiga kiradi, ular sotilgach, pul shaklida sohibi ixtiyoriga keladi. Foyda topish
tadbirkorlikning asil maqsadi hisoblanadi, unga intilish bozor iqtisodiyotining
rivojlanishini ta‘minlaydi.
Amaliyotda foyda (F) daromad (D) bilan xarajatlarning (X) ayirmasi sifatida
qaraladi:
Dostları ilə paylaş: