Iqtisodiyot nazariyasi fanidan kurs ishi


O`zbekistonda bozor islohotlarini amalga oshirish va uning asosiy



Yüklə 119,69 Kb.
səhifə15/21
tarix18.06.2023
ölçüsü119,69 Kb.
#117799
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21
Iqtisodiyot nazariyasi fanidan kurs ishi

2.3. O`zbekistonda bozor islohotlarini amalga oshirish va uning asosiy
yo‘nalishlari.
Iqtisodiy munosabatlar va tashkiliy – boshqaruv tuzilmalarining bir turidan butunlay boshqa yangi turiga o‘tish, iqtisodiy islohotlar strategiyasini ishlab chiqish va uning asosiy yo‘nalishlarini aniqlab olishni taqozo qiladi. Iqtisodiy islohotlar – bu bozor munosabatlarini shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuidir.
Iqtisodiy islohotlardan ko‘zda tutilgan maqsad mamlakat aholisi uchun yashash va faoliyat qilishning eng yaxshi sharoitlarini yaratish, ularning ma’naviy-axloqiy etukligiga erishish, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlashdan iborat.
Respublikada iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

  • mulkiy munosabatlarni isloh qilish;

  • agrar islohotlar;

  • moliya-kredit va narx-navo islohoti;

  • boshqarish tizimini isloh qilish va bozor infratuzilmasini yaratish;

  • tashqi iqtisodiy aloqalar islohoti;  ijtimoiy islohotlar.

Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning bu asosiy yo‘nalishlari I.A.Karimovning «O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida» kitobida bayon qilib berilgan.
Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning boshlang‘ich nuqtasi bozor iqtisodiyotining huquqiy negizini yaratishdan iborat bo‘ladi.
Respublikada iqtisodiy islohotlarning huquqiy negizini yaratish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarning bir nechta yo‘nalishini ajratib ko‘rsatish mumkin.
Birinchi yo‘nalish – davlat va iqtisodiy mustaqillikning huquqiy negizlarini yaratish, davlatni boshqarish qoidalarini tartibga soluvchi qonunlarni qabul qilish.
Ikkinchi yo‘nalish – tizimdagi o‘zgarishlarga, yangi iqtisodiy munosabatlarga va shu jumladan mulkchilik munosabatlariga asos bo‘ladigan qonunlar tizimini yaratish. Respublikada bu yo‘nalish bo‘yicha qabul qilingan qonunlarda mulkdorning huquqi tan olindi, xususiy mulkchilik huquqi e’tirof qilindi, mulkchilikning barcha shakllari uchun teng sharoit yaratildi. Davlat mulkini xususiylashtirishning samarali mexanizmi ishlab chiqildi.
Uchinchi yo‘nalish – xo‘jalik yuritishning va institutsional o‘zgarishlarning bozor sharoitlariga mos keladigan yangi mexanizmni yaratishga qaratadigan qonunlar. Korxonalar to‘g‘risidagi qonun, kooperatsiya to‘g‘risidagi, dehqon xo‘jaligi to‘g‘risidagi, xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlari to‘g‘risidagi qonunlar shular jumlasidandir.
To‘rtinchi yo‘nalish – respublikamizni xalqaro munosabatlarning teng huquqli sub’ekti sifatida, ta’riflovchi huquqiy normalarni yaratish. Bu yo‘nalishdagi qonunlarni qabul qilish natijasida mamlakatimizning tashqi iqtisodiy aloqalarining rivojlanishi tarixida sifat jihatdan yangi bosqich boshlandi.
Beshinchi yo‘nalish – kishilarning konstitutsion va yuridik huquqlarini, ijtimoiy kafolatlarini va aholini ijtimoiy himoyalashni ta’minlaydigan qonunlarni ishlab chiqish.5
Yuqorida qarab chiqilgan barcha qonunlarda bozor iqtisodiyotining huquqiy asoslarini yaratish ham amaliy, ham iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning huquqiy asosini tashkil qildi.
Respublikada iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning dastlabki bosqichidayoq qishloq xo‘jaligini isloh qilishga ustunlik berildi. Bunga quyidagilar sabab bo‘ldi.
Birinchidan, Respublikamiz iqtisodiyotida agrar soha ustunlikka ega, aholining ko‘pchiligi qishloq xo‘jaligida band, iqtisodiy o‘sish ko‘p jihatdan shu tarmoq ahvoliga bog‘liq.
Ikkinchidan, Respublika butun sanoat potensialining yarmiga yaqinini tashkil qiladigan sanoatning ko‘pgina tarmoqlarini (paxta tozalash, to‘qimachilik, engil, oziq-ovqat, kimyo sanoati, qishloq xo‘jalik mashinasozligi va boshqalar) rivojlantirish istiqbollari bevosita qishloq xo‘jaligiga bog‘liq.
Uchinchidan, qishloq xo‘jalik mahsulotlari (asosan paxta) hozirgi vaqtda valyuta resurslari, Respublika uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari, doridarmonlar, texnika va texnologiya uskunalarini chetdan sotib olishni ta’minlayotgan asosiy manbadir.
To‘rtinchidan, mustaqillik sharoitida qishloq xo‘jaligining oziq-ovqat muammosini hal etishdagi roli ortib boradi.
Qishloq xo‘jaligini isloh qilishning keyingi yo‘nalishi – bu shaxsiy tomorqalarni kengaytirish, yangi sug‘oriladigan erlarni shaxsiy xo‘jaliklar va bog‘dala hovli uchastkalariga ajratib berish yo‘li bilan aholini er bilan ta’minlashdan iboratdir. SHu ko‘rilgan chora-tadbirlar hisobiga, birinchidan, qishloq joylarda ishsizlikning kuchayib borish xavfini barham toptirishga, ikkinchidan, aholining real daromadlarini oshirishga, uchinchidan, aholini hayotiy muhim oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashdagi keskinlikka barham berishga va to‘rtinchidan, yakka tartibda uy-joy qurilish ko‘lamini ancha kengaytirishga muvaffaq bo‘lindi.
Respublikada agrar islohotlarning navbatdagi yo‘nalishi – bu qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishining tarkibiy tuzilishini takomillashtirishdir. Bunda xo‘jaliklarga ekin maydonlari tarkibini va ishlab chiqarish hajmini mustaqil belgilash huquqi berildi.
Don mustaqilligiga erishish va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlashni tiklash yo‘li izchil amalga oshirilishi natijasida donli ekinlar maydoni ancha kengaydi, paxta ekiladigan maydonlar esa tegishli ravishda qisqardi. Don etishtirishni ko‘paytirib borish uni chetdan keltirishni qisqartirish va qisqa davrda to‘liq don mustaqilligiga erishish imkonini berdi. YUqorida tilga olingan agrar islohotlarni amalga oshirishning barcha yo‘nalishlari respublikaning xususiyatlari va bozor iqtisodiyotiga o‘tish talablaridan kelib chiqadi.
Mavjud iqtisodiy tizimning izchillik bilan bozor munosabatlariga o‘sib o‘tishida moliya-kredit sohasini isloh qilish alohida o‘rin tutadi. Moliyaviy munosabatlarda davlat byudjeti tanqisligini kamaytirib borish, byudjetdan beriladigan dotatsiyalar va subsidiyalarni bosqichma-bosqich qisqartirish, birinchi darajali, eng zarur umumdavlat ehtiyojlari uchungina byudjetdan mablag‘ ajratish, xalq xo‘jaligini rivojlantirishda investitsiya kreditlaridan keng foydalanish islohotlarning asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi.
Kredit sohasidagi islohotlar bank tizimini takomillashtirish, banklarning mustaqilligini va pul muomalasi uchun javobgarligini oshirishga qaratiladi. SHu maqsadda Respublikada markaziy bank hamda keng tarmoqli tijorat va xususiy banklardan iborat ikki bosqichli bank tizimi vujudga keltirildi. Markaziy bank zimmasiga federal rezerv tizimiga xos bo‘lgan vazifalar yuklatildi. Ixtisoslashgan aksiyadorlik – tijorat banklari “G‘alla bank”, “Tadbirkor bank”, “Savdogar bank”, “Paxta bank” va boshqa banklar shakllantirildi.
Iqtisodiyotni isloh qilishning eng asosiy muammolaridan biri narxlarni erkinlashtirishdir. Narxlarning erkin shakllanishi uchun narxlar tizimini isloh qilish ham zarurdir. Dastlab davlat xarid narxlarining amal qilish doirasi qisqartiriladi va keyin ichki narxlar jahon narxlariga muvofiqlashtirib boriladi. SHuningdek, narxlarni erkinlashtirishda xom-ashyo va mahsulot ayrim turlarining, narx-navo bilan aholi va korxonalar daromadlari o‘rtasidagi tenglikka erishishga harakat qilinadi.
Respublikada islohotlarni asta-sekin va bosqichma-bosqich amalga oshirish prinsipi, narxlarni erkinlashtirishda yondashishga ayniqsa yorqin namoyon bo‘ladi.
Islohotlar boshlanishdan oldingi davrda respublikada narx-navoning nomutanosib tizimi tarkib topgan edi. Xom ashyo va qishloq xo‘jalik mahsulotlari narxi pasaytirilib, ishlov beruvchi va qayta ishlovchi tarmoqlar tovarlarining narxi sun’iy ravishda oshirib borilgan edi. Bundan ko‘rilgan katta zarar respublikani dotatsiya oluvchi mintaqaga aylantirib qo‘ydi.
Narx belgilashdagi nomutanosibliklar tufayli butun tarmoqlar, shu jumladan qishloq xo‘jaligidagi ko‘plab korxonalar zarar ko‘rib ishladi. Xalq xo‘jalik tarmoqlari ko‘rgan zarar, ayrim mahsulot turlari (don, un va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari) etishtirishga qilingan xarajatlar va turli ijtimoiy imtiyozlar berishdan ko‘rilgan zarar byudjet mablag‘lari hisobidan qoplanar edi. 1991 yil shu maqsadda sarflangan mablag‘ respublika byudjeti jami xarajatlarining 12% dan ortig‘ini tashkil qilgan.
Bularning hammasi narxlar islohotini amalga oshirishga real vaziyatni va aholining mavjud turmush darajasini hisobga olib, oldindan ishlab chiqilgan dastur asosida yondashishni talab qiladi.
Narxlar islohoti boshlangandan 1994 yilgacha hamma turdagi xom ashyo va mahsulotlar bo‘yicha erkin narxlarga o‘tildi, barcha iste’mol mollari narxi ustidan davlat nazorati bekor qilindi.
Isloh qilishning dastlabki davrida (1992 yil) keng doiradagi ishlab chiqarishtexnik vositasi bo‘lgan mahsulotlar, ayrim turdagi xalq iste’mol mollari, bajarilgan ishlar va xizmatlarning kelishilgan narxlari va tariflarga o‘tildi. Aholini himoyalash maqsadida cheklangan doiradagi oziq-ovqat va sanoat tovarlari narxlarining chegarasi belgilab qo‘yildi.
Narxlar islohotining navbatdagi bosqichida (1993 yil) kelishilgan ulgurji narxlarni davlat tomonidan tartibga solish to‘laligicha to‘xtatildi. Narxlarni erkinlashtirishning oxirgi bosqichida (1994 yil oktyabr-noyabr) xalq iste’mol mollari asosiy turlarining narxi erkin qo‘yib yuborildi.
Shunday qilib, iqtisodiyotni isloh qilishning birinchi bosqichi narxlarni to‘liq erkinlashtirish bilan tugadi.
Ko‘p ukladli iqtisodiyotni shakllantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturlarini ishlab chiqish kabi vazifalarni bajarish uchun Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi tuzildi.
Hozirgi davrgacha O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish bosqichlarini quyidagicha turkumlash mumkin:


  1. Yüklə 119,69 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə