Adabiyotlarga taqriz



Yüklə 26,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix23.12.2023
ölçüsü26,23 Kb.
#157599
  1   2
Raqamli iqtisodiyot Darslik



ADABIYOTLARGA TAQRIZ 
_______________________________________________________________________________________
“O‘zbekiston statistika axborotnomasi” 
ilmiy-elektron jurnal 2023/2(16) 
320
statmirror.uz
 
ADABIYOTLARGA TAQRIZ 
B.A. Begalov, M.K. Abdullayev. “Raqamli iqtisodiyot” / Darslik. – T.: 
“Iqtisodiyot”, 2023. - 366 b. 
Bugungi kunda jadallik bilan kechayotgan raqamlashtirish jarayonlari “yangi 
iqtisodiyot”ni vujudga keltirmoqda. Kam o‘rganilgan va kun sayin chuqur tomir otib 
borayotgan bu bozor segmenti ishlab chiqaruvchilarga minimal xarajat qilib
maksimal foyda olish, tovar va xizmatlarni muvaffaqiyatli sotishning optimal usul va 
kanallarini taqdim etmoqda. Iste’molchi, xaridor va mijozlarga sifatli xizmat 
ko‘rsatiladi va qulaylik yaratiladi. Vaqtingiz tig‘iz paytida internet orqali tushlikka 
buyurtma berish, mobil ilova orqali taksi chaqirish, uzoqdagi yaqiningizga pul 
jo‘natish kabi keng imkoniyatlar paydo bo‘lib, transchegaraviy biznes hamkorlik, 
elektron tijorat maydoni, masofaviy ofis kabilarni ham qamrab oladi. 
Nufuzli xalqaro tashkilotlar olib borgan tahlillar natijalariga ko‘ra, raqamli 
iqtisodiyot yalpi ichki mahsulotni kamida 30 %ga oshiradi, shuning barobarida, 
xufyona iqtisodiyotga barham beradi. Xalqaro amaliyotga yuzlanadigan bo‘lsak, 
hozirgi kunda raqamli iqtisodiyot elektron tijorat va xizmatlar sohasi bilan cheklanib 
qolmay, balki hayotning har bir jabhasiga, xususan, sog‘liqni saqlash, fan-ta’lim, 
qurilish, energetika, qishloq va suv xo‘jaligi, transport, geologiya, kadastr, arxiv, 
internet-banking va boshqa sohalarga jadal kirib bormoqda va ularning har birida 
o‘zining yuqori samaralarini bermoqda. Davlat o‘z fuqarolari uchun elektron 
xizmatlar ko‘rsatishi va elektron mahsulotlarni taklif etishi - bu raqamli 
iqtisodiyotning asosiy qismi hisoblanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, 
“Albatta, raqamli iqtisodiyotni shakllantirish kerakli infratuzilma, ko‘p mablag‘ va 
mehnat resurslarini talab etishini juda yaxshi bilamiz. Biroq, qanchalik qiyin 
bo‘lmasin, bu ishga bugun kirishmasak, qachon kirishamiz?! Ertaga juda kech 
bo‘ladi. Shu bois, raqamli iqtisodiyotga faol o‘tish – kelgusi 5 yildagi eng ustuvor 
vazifalarimizdan biri bo‘ladi”. 
“Raqamli tengsizlik tengsizliklarning doyasi” bo‘lib turgan bir paytda 
iqtisodiyotning 
barcha 
sohalarini 
raqamlashtirish 
jahon 
hamjamiyatiga 
integratsiyalashuv, dunyo bozorida o‘z o‘rniga ega bo‘lish, iqtisodiy ravnaq topish, 
aholiga qulayliklar yaratishning asosiy shartidir. 


ADABIYOTLARGA TAQRIZ 

Yüklə 26,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə