Adabiyotlarga taqriz



Yüklə 26,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/2
tarix23.12.2023
ölçüsü26,23 Kb.
#157599
1   2
Raqamli iqtisodiyot Darslik

_______________________________________________________________________________________
“O‘zbekiston statistika axborotnomasi” 
ilmiy-elektron jurnal 2023/2(16) 
321
statmirror.uz
 
Quvonarlisi, 
bu 
mamlakatimizda 
asosiy 
kun 
tartibidagi 
masaladir. 
Raqamlashtirish borasida O‘zbekiston dadil odimlar bilan ildamlamoqda. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktyabr ““Raqamli O‘zbekiston-
2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”gi PF-6079-son farmoni bu boradagi ishlarni amalga oshirish uchun 
muhim hujjat hisoblanadi. 
Shu jihatdan mualliflar professor B.A. Begalov va dotsent M.K. Abdullayev 
tomonidan tayyorlangan “Raqamli iqtisodiyot” nomli darslik o‘zining dolzarbligi 
bilan ajralib turadi.
Darslik 12 ta bobdan iborat bo‘lib, har bir mavzular doirasida tuzilgan 
paragraflar hozirgi zamon talabiga javob beradi va ular yetarlicha yoritib berilgan. 
Kitobxonlar ushbu darslik bo‘yicha raqamli iqtisodiyotning rivojlanish jarayonlarini 
tahlil qilish va sharhlash, turli mamlakatlarda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish 
dasturlarini tahlil qilish, raqamli transformatsiyaning iqtisodiy rivojlanishga ta’sirini 
o‘rganish, raqamli transformatsiyada boshqaruvning o‘ziga xosligi va asosiy 
tamoyillarini tahlil qilish, bank sohasida va iqtisodiyotning boshqa sohalarida raqamli 
texnologiyalarni samarali qo‘llashni bilish, kiberxavfsizlik muammolari va 
vaziyatlarini tahlil qila olish, raqamli iqtisodiyot qonuniyatlari, xususiyatlari va 
mexanizmlarini bilish, raqamli texnologiyalarning iqtisodiy muammolari bo‘yicha 
yechimlar qabul qilish, raqamli iqtisodiyot indikatorlarini baholay olish 
qobiliyatlariga ega bo‘ladilar.
Darslik, jami 12 ta bob, 54 ta paragrafdan iborat bo‘lib, 12 bobida raqamli 
iqtisodiyot fanining o‘quv-metodik rejasi, seminar darslari rejasi, mustaqil ishni 
tashkil qilish uchun talablar, oraliq nazorat ishi bo‘yicha topshiriqlar va fan bo‘yicha 
yakuniy imtihonni tashkil etish, talabalar bilimini baholash mezonlari va umumiy 
testlar berilgan bo‘lib, bu darslikning sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, mualliflar tomonidan mazkur darslikni 
yozishda iqtisodiyotning barcha tarmoq va sohalarining faoliyati qamrab olingan. 
Shuningdek, raqamli iqtisodiyotning shakllanib borishi, uning texnologik asoslari, 
bulutli hisoblash, katta ma’lumotlar va buyumlar interneti, blokcheyn va 
kriptovalyutalar kabi texnologiyalar, sun’iy intellekt asoslari, O‘zbekistonda raqamli 
iqtisodiyotning shakllanishi va statistika faoliyatida raqamli texnologiyalardan 
foydalanish jarayonlari keltirilgan. Bundan tashqari milliy va xalqaro darajada 
kiberxavfsizlik, elektron hukumat, raqamli demokratiya, raqamli transformatsiya 
sharoitida elektron hukumatdan raqamli davlatga o‘tish, O‘zbekistonda raqamli 
davlat istiqbollari va raqamli transformatsiya jarayonlarida kelib chiqishi mumkin 
bo‘lgan xavflar batafsil yoritilgan. 
Xulosa sifatida shuni ta’kidalash joizki, mualliflar professor B.A. Begalov va 
dotsent M.K. Abdullayev tomonidan tayyorlangan “Raqamli iqtisodiyot” nomli 
darslik oliy ta’lim muassasalari talabalari, professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilar, 
shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlarida raqamli iqtisodiyot masalalari bilan 


ADABIYOTLARGA TAQRIZ 
_______________________________________________________________________________________
“O‘zbekiston statistika axborotnomasi” 
ilmiy-elektron jurnal 2023/2(16) 
322
statmirror.uz
 
shug‘ullanuvchi mutaxassislar va shu sohaga qiziquvchi kitobxonlarga mo‘ljallangan 
hisoblanadi. 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Fanlar 
akademiyasi 
akademigi, 
i.f.d., 
professor S.S. G‘ulyamov 

Yüklə 26,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə