Iqtisodiyot O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim



Yüklə 177,09 Kb.
səhifə2/18
tarix22.03.2024
ölçüsü177,09 Kb.
#180138
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Iqtisodiyot”-fayllar.org

Tadqiqot ob`ekti va predmeti. Tadqiqot ob`ekti sifatida O`zbekiston Respublikasida faoliyat ko`rsatayotgan kichik biznes sub`ektlarining innovatsion faoliyati tanlangan. Tadqiqotning predmeti kichik biznes sub`ektlari innovatsion faoliyatini qo`llab-quvvatlash va moliyalashtirish mexanizmi hamda uni takomillashtirish bilan bog’liq tashkiliy – iqtisodiy munosabatlarni o`z ichiga oladi.
Tadqiqot maqsadi –O`zbekistonda iqtisodiyotni barqaror o`sish sur`atlarini ta`minlash jarayonlarida kichik biznesning innovatsion faoliyatini rag’batlantirish mexanizmlarini takomillashtirish va moliyalashtirishning samaradorligini oshirish yo`llarini tadqiq qilish hamda tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Tadqiqot vazifalari. Tadqiqot ishining maqsadidan kelib chiqqan holda, quyidagi vazifalarni hal etish belgilangan:
  • innovatsiya kategoriyasining mazmuni, uning iqtisodiyotda tutgan o`rni va ahamiyatini asoslash;


  • kichik biznesning innovatsion faoliyatini rag’batlantirishda horijiy mamlakatlarning ilg’or tajribasini o`rganish va ularni mamlakatimiz iqtisodiyotida foydalanish yo`llarini asoslash;


  • kichik biznes sub`ektlarining innovatsion faoliyatini rivojlantirish va uni boshqarish tizimining zamonaviy holatini baholash va asosiy xususiyatlarini aniqlash;


  • respublikamizda kichik biznes sub`ektlarining innovatsion faoliyatini rag’batlantirishning asosiy yo`nalishlarini aniqlash va ularni yanada kengaytirish yo`llarini asoslab berish;


  • kichik biznesning innovatsion faoliyatini moliyalashtirish tizimining hozirgi holatini tahlil qilish va uni takomillashtirishni tadqiq qilish;


  • kichik biznes sub`ektlarining innovatsion faoliyatini qo`llab- quvvatlash va ularni istiqbolda rivojlantirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish




Tadqiqotda qo`llanilgan uslublar. Tadqiqot jarayonida tizimli va omilli tahlil qilish, iqtisodiy-matematik, statistik guruhlash va ekspert baholash kabi usullardan keng foydalanilgan.

Yüklə 177,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə