Iqtisodiyot va menejment


Bitiruv malakaviy ishimning tarkibiy tuzilishi



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/20
tarix28.11.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#137777
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
haitov bektosh oziq-ovqat xavfsizligini taminlashning asosiy yonalishlari

Bitiruv malakaviy ishimning tarkibiy tuzilishi. 
Bitiruv malakaviy ish: 
kirish, uchta bob, xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar ro‗yxati va 
ilovalardan iborat. 
 



I - Bob. Milliy iqtisodiyotni rivojlanishida oziq-ovqat sanoatining o„rni 
 
1.1.
 
Oziq-ovqat xavfsizligini ta‟minlashning o„ziga xos 
xususiyatlari 
Oziq-ovqat xavfsizligi insonlarning istalgan paytda faol va sog‗lom turmush 
tarzi uchun zarur bo‗lgan elementlarga boy va xavfsiz (sifati, soni va xilma-xilligi 
bo‗yicha) ovqatlanish imkoniyatiga ega bo‗lish demakdir. 
Shu boisdan qayd etish lozim, ayni globallashuv jarayonida mamlakatlarda aholini 
oziq-ovqat mahsulotlari bilan sifatli va sotib olish qobiliyati doirasida ta‘minlash 
muhim masalaga aylandi. 
Bu borada mamlakatimiz birinchi prezidenti I.A.Karimov ―Yer yuzi 
aholisining tez ko‗payib borayotgani bilan oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish 
hajmining o‗sish imkoniyatlari cheklangani o‗rtasidagi tafovut oziq-ovqat dasturini 
hal etish masalasi yildan-yilga keskinlashib borayotganining asosiy sababi ekani 
haqida bugun ortiqcha gapirishning hojati yo‗q, deb o‗ylayman. Sodda qilib 
aytganda, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining o‗sishi aholi soni va 
ehtiyojlarining o‗sishidan ortda qolmoqda 
1
‖ deya ta‘kidlab o‗tgani ushbu 
masalaning dolzarb ekanligini ko‗rsatib beradi. 
Fikrimizcha, oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlashga qaratilgan chora-tadbirlar 
davlatning nafaqat agrar sohadagi, balki siyosiy va iqtisodiy yo‗nalishdagi 
faoliyatlari bilan ham bevosita bog‗liqdir. 1974 yilda Jahon oziq-ovqat sammitida 
ushbu iqtisodiy kategoriya tushunchasi birinchi bor taklif qilingan, ―barqaror oziq-
ovqat iste‘molini ta‘minlash va ishlab chiqarish hajmi, narxlarning o‗zgarishini 
to‗ldirish uchun muhim oziq-ovqatlar bo‗yicha dunyoda yetarli jamg‗armalari 
doimiy mavjudligini bildiradi‖
2

Haqiqatan ham, bugungi kunda yer yuzida aholi soni oshgani sayin, oziq-
ovqatga bo‗lgan talab ham kuchaymoqda. Bu esa, o‗z-o‗zidan, oziq-ovqat ishlab 
1
Birlashgan Millatlar Tashkiloti. 1975. Jahon oziq-ovqat konferensiyasi hisoboti, Rim, 5–16 noyabr 1974 yil. Nyu-
York (United Nations. 1975. Report of the World Food Conference, Rome 5–16 November, 1974. NewYork)
2
FAO. 1999. Qishloq xo‗jaligi bozorlari va oziq-ovqat xavfsizligiga Urugvay raundining ta‘siri bahosi. CCP 99/12 
Rev. Rim, FAO. oktyabr 1999. 



chiqaruvchi korxonalarning ko‗payishiga sabab bo‗ladi. Ana shunday vaziyatda 
sifatsiz hamda inson sog‗lig‗iga xavf soluvchi oziq-ovqat mahsulotlari ishlab 
chiqarish yoki yetishtirish avj olishi ehtimoldan xoli emas 
3

Mamlakatimizda ushbu sohada keng ko‗lamli ishlar istiqlolning ilk 
kunlaridanoq amalga oshirildi. Xususan, 1997 yil ―Oziq-ovqat mahsulotining sifati 
va xavfsizligi to‗g‗risida‖gi Qonunning qabul qilinishi buning yaqqol misolidir. 
Zotan, oziq-ovqat xavfsizligi sifatining xavfsizligi va uning ta‘minlanganlik 
darajasi, zaxiralarning mavjud bo‗lishi kabi omillar orqali umumiy oziq-ovqat 
barqarorligi ta‘minlanadi. Ya‘ni oziq-ovqatning inson salomatligiga bo‗lgan salbiy 
ta‘sirini tartibga solish borasidagi tadbirlar birinchi navbatdagi masala bo‗lsa, 
ikkinchidan, oziq-ovqat yuzasidan boshqa mamlakatlarga qaram bo‗lishning oldini 
olishdir. 
Davlat darajasida oziq-ovqat xavfsizligiga erishish uchun mamlakat zarur 
oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishi yoki import qilishi, saqlashi, 
taqsimlashi va oziq-ovqatni adolatli hammabop bo‗lishini ta‘minlashi lozim 
4

Taqqoslash sifatida aytish mumkinki, O‗zbekistonda don va sabzavot 
mahsulotlarini iste‘mol qilish boshqa rivojlanayotgan davlatlar darajasida, don 
ekinlarini yetishtirish bo‗yicha esa rivojlangan davlatlardan ham ko‗p ekanligini 
ko‗rish mumkin. Aksincha, baliq mahsulotlarini iste‘mol qilish yuqori hajmda 
emasligi, ushbu sohada muayyan chora-tadbirlarni amalga oshirishni vaziyat 
taqozo etmoqda. 
Shu boisdan, oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni 
yuqoridagi holatlardan kelib chiqib, oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlovchi 
ko‗rsatkichlardan foydalanish maqsadga muvofiq. 
Oziq-ovqat xavfsizligi holatini rasman belgilash uchun FAO (BMT 
qoshidagi xalqaro oziq-ovqat va qishloq xo‗jalik tashkiloti) bir qator 
ko‗rsatkichdan foydalanadi
5

3
O‗zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Karimov I.A. ―O‗zbekistonda Oziq-ovqat dasturini amalga 
oshirishning muhim zaxiralari‖ mavzusidagi xalqaro konferensiyaning ochilish marosimidagi nutqi. 
http://www.press-service.uz/ saytidan olindi
4
Musayev D., Yaxshilikov Yo., Yusupov Q. ―O‗zbekistonda oziq-ovqat xavfsizligi‖. – Toshkent: ―Mega Basim‖, 
2010. – 76 bet.



1. Jahondagi g‗alla jamg‗armalarining iste‘molga nisbatan ko‗rsatkichi: 
jahonda oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlash uchun o‗rtacha 17–18 foiz talab etiladi. 
2. Jamg‗armalarning beshta asosiy eksportyorga nisbatan talablari 
ko‗rsatkichi. 
3. Beshta asosiy eksportyorlarning o‗z ichki iste‘moli hamda eksportga 
nisbatan zaxiralari. 
4. Uch asosiy importyorlarda donli ekinlar hosili (Xitoy, Hindiston va MDH 
mamlakatlari). 
5. Kam daromadli va oziq-ovqat tanqis bo‗lgan mamlakatlarda (KDOTM) 
donli ekinlar yetishtirilishi hajmi. 
6. Xitoy va Hindistondan boshqa KDOTMlarda yetishtirilgan mahsulot. 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə