Iqtisodiyot va turizm


Auditorlik faoliyatini tashkil etishning huquqiy asoslari va uning



Yüklə 63,86 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix24.12.2023
ölçüsü63,86 Kb.
#160671
1   2   3   4
buxgalteriya merged

. Auditorlik faoliyatini tashkil etishning huquqiy asoslari va uning 
rivojlanish bosqichlari. 
So’nggi yillarda dunyoning ko’pgina mamlakatlarida audit sohasi moliyaviy 
bozorning 
muhim elementlaridan biri sifatida jiddiy ravishda isloh qilinmoqda. Bizning 
fikrimizcha, ushbu 
hodisaga tadbirkorlik tizimlarining faoliyat yuritishi va rivojlanishining ob’ektiv 
sharoitlarining 
o’zgarishi, xususan kelgusida global dolzarb vazifalarni echish doirasida 
integratsiya 
jarayonlarining faollashuvi, auditorlik faoliyatining dunyoning iqtisodiyoti ko’proq 
modernizatsiyalashgan mamlakatlari hamda hududiy va xalqaro iqtisodiy 
birlashmalarni 
shakllantirishga intilishi, so’nggi yillarda biznes faoliyatini rivojlantirishning 
intellektual 
omillarining kuchayishi, zamonaviy informatsion texnologiyalaridan foydalanish 
va boshqalar 
sezilarli ta’sir ko’rsatmoqda. Ma’lumki, O’zbekiston jahon xo’jalik tizimining teng 
huquqli 
a’zosi bo’lib borar ekan, mamlakatimiz audit tizimining rivojlanishiga xalqaro 
tajriba yanada 
kattaroq ta’sir ko’rsatmoqda. 
O’zbekiston Respublikasining iqtisodiyotida bozor munosabatlarining shakllanishi 
va 


rivojlanishining juda qisqa davri ichida audit sohasi mustaqil professional 
tadbirkorlik faoliyati 
va milliy iqtisodiyot moliyaviy infratuzilmasining ajralmas elementi sifatida o’z 
o’rnini topdi. O’zbekistonning mustaqillikka erishganidan so’ng jahon iqtisodiy 
hamjamiyatining 
integratsiyalashuviga, xalqaro tashkilotlarning faoliyatida ishtirok etishga intilishi
mamlakatdan 
milliy audit tizimining jahon tajribasida qabul qilingan uslubiy tamoyillar bilan 
yaxlitligini, 
davlat biznes tuzilmalari moliyaviy hisobot ko’rsatkichlarining xorijiy 
mamlakatlarda 
qo’llaniladigan o’xshash ko’rsatkichlar bilan mosliligini ta’minlashni talab qiladi. 
Axborot resurlarning ishonchliligini ta’minlash va ulardagi mavjud bo’lgan 
risklarini 
bo’zib ko’rsatilishi – bu manfaatli axborot-ma’lumotlarini yuqori darajada 
aniqlikda olishda 
foydalanuvchilarga doimiy duch keladigan asosiy muammolardir. Aynan shu holat, 
jamiyatning 
tegishli tayyorgarlikka, malakaga, tajribaga ega bo’lgan mustaqil ekspertlar 
xizmatlariga ehtiyoj 
shakllanishiga olib keldi. Respublikada bunday muammolarni echish maqsadida, 
hozrgi kunda 
bozor iqtisodiyotining ajralmas elementi sifatida bo’lgan mustaqil auditorlik 
tashkilotlari tashkil 
qilindi. 
O’zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini me’yoriy tartibga solish tizimi 
hukmatning yuqori organlari tomonidan ishlab chiqilgan me’yoriy-normativ qonun 
hujjatlari 
asosida tartibga solinadi va u quyidagicha ko’rinishga ega (1.5-rasmga qarang). 
Bunga muvofiq 
auditorlik faoliyatini tartibga solishda bosh qomusimiz Respublika Kostituttsiyasi 
va undan 
so’ng “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi qonun hamda Oliy majlis palatalarining 
qarorlari va 


boshqa me’yoriy hujjatlari muhim ahamiyatga kasb etadi. 
Respublikamizda auditorlik faoliyatida tubdan yangi bo’lgan huquqiy – meyoriy 
qonunchilik bazasi yaratildi. Ushbu yaratilgan baza mamlakatimizda auditorlik 
faoliyatini 
rivojlantirishda muhim bosqichlarini bosib o’tishga asos bo’ldi. 
Iqtisod fanlari nomzodi, dotsent R.D. Do’smuratovning ta’kidlashicha, 
respublikamizda 
auditorlik faoliyatini me’yoriy-huquqiy tartibga solishning rivojlanishi quyidagi 
uch bosqichga 
ega(1.1-jadval) 
Mamlakatimizda auditorlik faoliyatini huquqiy-me’yoriy tartibga solish sohasidagi 
muhim 
ahamiyatga ega bo’lgan hamda auditorlik faoliyatini yuritishdagi tartiblarning 
keskin o’zgarishi 
va rivojlanishiga turtki bo’lgan me’yoriy hujjatlari qabul qilinganligiga qarab 
tadqiqot natijasida 
biz auditorlik faoliyati rivojlanishining quyidagi uch bosqichini belgilashga 
muvaffaq bo’ldik. 
3. Auditorlik faoliyatini tashkil etishning maqsadi, iqtisodiyotni 
rivojlantirishda uning tutgan o’rni va ahamiyati 
Bozor iqtisodiyoti talablaridagi infratuzilmalar faoliyati yo’lga qo’yilganligi 
xorijiy mamlakatlar sarmoyalarining kirib kelishiga zamin bo’lib ko’plab yangi 
mahsulotlar ishlab chiqarishga va ish joylari tashkil etilishiga asos bo’lmoqda. Shu 
bilan birga, bu kapitalni O’zbekiston iqtisodiyotiga joylashtirmoqchi bo’layotgan 
xorijiy investorlar oldida ishonchli sherik tanlash va ularning moliyaviy holatini 
aniq baholash kabi jihatlari muammoli bo’lib turibdi. 
Ma’lumki, har qanday voqea, hodisa, buyum qaysi zamonda va makonda 
paydo bo’lishidan qat’iy nazar ma’lum zaruriyat tufayli yuzaga keladi. Auditga oid 
manbalarda3 
ta’kidlanishicha, uni quyidagi shart-sharoitlar keltirib chiqargan: 
axborot etkazib beruvchilar (ma’muriyat) bilan axborotlardan 


foydalanuvchilar (davlat organlari, banklar, aktsiyadorlar, kreditorlar) 
manfaatlarining mos kelmasligi, natijada, ular o’rtasida ziddiyatli vaziyatlar 
yuzaga kelganida ma’muriyat tomonidan noto’g’ri ma’lumotlar berilishi; 
3. Auditorlik faoliyatini tashkil etishning maqsadi, iqtisodiyotni 
rivojlantirishda uning tutgan o’rni va ahamiyati 
Bozor iqtisodiyoti talablaridagi infratuzilmalar faoliyati yo’lga qo’yilganligi 
xorijiy mamlakatlar sarmoyalarining kirib kelishiga zamin bo’lib ko’plab yangi 
mahsulotlar ishlab chiqarishga va ish joylari tashkil etilishiga asos bo’lmoqda. Shu 
bilan birga, bu kapitalni O’zbekiston iqtisodiyotiga joylashtirmoqchi bo’layotgan 
xorijiy investorlar oldida ishonchli sherik tanlash va ularning moliyaviy holatini 
aniq baholash kabi jihatlari muammoli bo’lib turibdi. 
Ma’lumki, har qanday voqea, hodisa, buyum qaysi zamonda va makonda 
paydo bo’lishidan qat’iy nazar ma’lum zaruriyat tufayli yuzaga keladi. Auditga oid 
manbalarda3 
ta’kidlanishicha, uni quyidagi shart-sharoitlar keltirib chiqargan: 
axborot etkazib beruvchilar (ma’muriyat) bilan axborotlardan 
foydalanuvchilar (davlat organlari, banklar, aktsiyadorlar, kreditorlar) 
manfaatlarining mos kelmasligi, natijada, ular o’rtasida ziddiyatli vaziyatlar 
yuzaga kelganida ma’muriyat tomonidan noto’g’ri ma’lumotlar berilishi; 
4. Auditorlik faoliyatini tashkil etishning huquqiy asoslari va uning 
rivojlanish bosqichlari. So’nggi yillarda dunyoning ko’pgina mamlakatlarida audit 
sohasi moliyaviy 
bozorning muhim elementlaridan biri sifatida jiddiy ravishda isloh qilinmoqda. 
Bizning fikrimizcha, ushbu hodisaga tadbirkorlik tizimlarining faoliyat yuritishi va 
rivojlanishining ob’ektiv sharoitlarining o’zgarishi, xususan kelgusida global 
dolzarb vazifalarni echish doirasida integratsiya jarayonlarining faollashuvi, 
auditorlik faoliyatining dunyoning iqtisodiyoti ko’proq modernizatsiyalashgan 
mamlakatlari hamda hududiy va xalqaro iqtisodiy birlashmalarni shakllantirishga 
intilishi, so’nggi yillarda biznes faoliyatini rivojlantirishning intellektual 
omillarining kuchayishi, zamonaviy informatsion texnologiyalaridan foydalanish 


va boshqalar sezilarli ta’sir ko’rsatmoqda. Ma’lumki, O’zbekiston jahon xo’jalik 
tizimining teng huquqli a’zosi bo’lib borar ekan, mamlakatimiz audit tizimining 
rivojlanishiga xalqaro tajriba yanada kattaroq ta’sir ko’rsatmoqda. 
O’zbekiston Respublikasining iqtisodiyotida bozor munosabatlarining 
shakllanishi va rivojlanishining juda qisqa davri ichida audit sohasi mustaqil 
professional tadbirkorlik faoliyati va milliy iqtisodiyot moliyaviy 
infratuzilmasining ajralmas elementi sifatida o’z o’rnini topdi. 
O’zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini me’yoriy tartibga solish 
tizimi hukmatning yuqori organlari tomonidan ishlab chiqilgan me’yoriy-normativ 
qonun hujjatlari asosida tartibga solinadi va u quyidagicha ko’rinishga ega (4- 
chizmaga qarang). Bunga muvofiq auditorlik faoliyatini tartibga solishda bosh 
qomusimiz Respublika Kostituttsiyasi va undan so’ng “Auditorlik faoliyati 
to’g’risida”gi qonun hamda Oliy majlis palatalarining qarorlari va boshqa me’yoriy 
hujjatlari muhim ahamiyatga kasb etadi. 
O’zbekiston Respublikasining iqtisodiyotida bozor munosabatlarining 
shakllanishi va rivojlanishining juda qisqa davri ichida audit sohasi mustaqil 
professional tadbirkorlik faoliyati va milliy iqtisodiyot moliyaviy 
infratuzilmasining ajralmas elementi sifatida o’z o’rnini topdi. O’zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2007 yil 4 aprelda PQ-615-sonli 
“Auditorlik tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish va ular ko’rsatayotgan 
xizmatlar sifati uchun javobgarlikni oshirish to’g’risida”gi qarori qabul 
qilinguncha, auditorlik tashkiloti ustav kapitalining kamida 51 foizi bir yoki bir 
necha auditorlarga tegishli bo’lishi belgilab qo’yilgan edi (chet el auditorlik 
tashkilotining - filial yoki sho’’ba korxonasini tashkil etilish holatlari bundan 
mustasno). Bunda: ustav kapitalining ushbu ulushi aynan shu auditorlik 
tashkilotining auditoriga (auditorlariga) yoki ushbu tashkilotda ishlamaydigan 
auditorga tegishliligi muhim emas edi, muhimi ta’sischida auditorlik malaka 
sertifikati bo’lishi hisobga olingan.

Yüklə 63,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə