Iqtisodiyotda infarmatsion komunikatsion texnologiyalar


Xalqaro iqtisodiy integratsiya. Nisbiy afzallik konsepsiyasi. Savdo-sotiqning marjinalistik nazariyalari



Yüklə 125,3 Kb.
səhifə2/6
tarix26.05.2023
ölçüsü125,3 Kb.
#113120
1   2   3   4   5   6
Namangan BETLIK

1.Xalqaro iqtisodiy integratsiya. Nisbiy afzallik konsepsiyasi. Savdo-sotiqning marjinalistik nazariyalari
Hozirgi davrda dunyoda 200 dan ortiq mamlakat mavjud bo`lsa, ularning tabiiy iqlimiy sharoitlari nihoyatda turli-tuman. Ularning aholisi, xo`jalik faoliyati, turmush tarzi ham xilma-xildir. Tarixiy, an'anaviy sharoit taqozosi tufayli har bir mamlakatda o`ziga xos xo`jalik faoliyati, mahsulot turlari yuzaga kelgan. Masalan, bizga yaxshi tanish bo`lgan kartoshka, makkajo`xori, pomidor, tamaki Amerika kashf etilgandan keyin bizga olib kelindi va rivojlandi. Xuddi shunday yo`l bilan o`zaro bog`lanish, savdo-sotiq, madaniy aloqalar kuchayib bormoqda. Ayniqsa, xalqaro savdo munosabatlari bu borada yetakchi o`rinni egallaydi va iqtisodiy ta'limotlarda ham bu sohada muhim yutuqlar mavjud. Xalqaro iqtisodiy integratsiya dastlab savdo sohasida keng tus olgan.
Xalqaro savdo rivojlanishi jarayonlari iqtisodiyoti allaqachon milliy davlatlar doirasidan chiqqan va bu borada bir qancha iqtisodiy ta'limotlar ham mavjud. Ular klassik, neoklassik va neokeynschilik nazariyalarida o`z aksini topgan. Ayniqsa, XIX-XX asrlardagi iqtisodchilar A.Smit, D.Rikardo, R.Torrens, J.S.Mill, A.Marshall (yuqorida ular bilan tanishganmiz.) J.Vayner, G.Xaberler, G.Jonson, P.Samuelson va boshqalar bu sohada barakali ijod qildilar.
A.Smit tomonidan mutloq afzallik prinsipi ishlab chiqilgan, unga ko`ra, eng kam xarajat talab etuvchi tovarlar ishlab chiqarish va eksport qilish samaralidi va aksincha.
Klassik iqtisodiy maktab vakili D.Rikardo birinchilardan bo`lib mehnat taqsimoti faqat ayrim ishlab chiqarish sohasidagina emas(A.Smit fikri), balki xalqaro ko`lamda ham obyektiv zarurat ekanligini isbotlab berdi.Olimning fikri shundan iboratki, prinsipial jihatdan qaralsa, har bir davlat o`ziga kerakli barcha narsani (tovarlarni) ishlab chiqarishi mumkin, ammo bu iqtisodiy jihatdan qanchalik to`g`ri, degan savol tug`iladi. Unga javob berib, Rikardo aytadiki, har bir davlat ma'lum bir mahsulotlarni ishlab chiqarishda ixtisoslashadi va nisbiy afzallikka, ustunlikka ega bo`ladi. Masalan, Shotlandiyada suli, Portugaliyada faqat vino ishlab chiqarish samaraliroqdir, chunki sarf-xarajatlar miqdori eng kam bo`lgan sohani rivojlantirish afzaldir. Bunda albatta, tabiiy sharoit, an'ana-lar, tarixiy tajriba, yer, suv, inson resurslari, xalqning mentaliteti va boshqalar hisobga olinishi kerak. Masalan, musulmon davlatlarida cho`chqachilikni rivojlantirish haqida so`z ham bo`lishi mumkin emas va boshqalar.
Solishtirma xarajatlar prinsipi ham barcha mamlakatlar uchun tegishlidir va qaysi mahsulotni ishlab chiqarish va eksport qilish muammosi hal etilganda hisobga olinishi shart. Shu sababli ayrim davlatlarda u yoki bu soha "mus- taqilligi" uchun kurash e'lon qilinganda bu omil albatta yaxshi o`rganib chiqi-lishi maqsadga muvofiqdir.(D.Rikardo ta'limoti yuqori boblarda to`la berilgan).
Neoklassik, ya'ni "sof" iqtisodiyotni targ`ib etuvchilar xalqaro mehnat taqsimotining rivoji va savdo sharoitlarining o`zgarishi sabablarini aniqlashni bosh vazifa qilib qo`yganlar, ammo ular savdo almashuvida pul mexanizmi yo`lini inkor etadilar. R.Xarrot, F.Maxlup, K.Kurixara kabi neokeynschilik tarafdorlari esa xalqaro savdoning pul mexanizmiga alohida e'tibor beradilar, shu bilan bir vaqtda xalqaro mehnat taqsimoti, baynalmilal qiymat, baholar nis-bati deyarli e'tiborga olinmaydi.
"Sof" ta'limot tarafdorlari fikricha, jahon bozorida "mukammal raqobat" mavjud; barcha kontragentlar xalqaro savdoda bir xil imkoniyatlarga ega; taklif doimo talabni vujudga keltiradi; savdo balansi o`zini-o`zi tartibga solish prinsi-pi bor. Eksport va import baholari nisbatini tushuntirishda ular uzoq muddatli rejalarda "savdo sharoitlari" industrial davlatlar ziyoniga va agrar mamlakatlar foydasiga o`zgarmoqda, deb o`ylamoqdalar va buni yer unumdorligining pa-sayib borishi degan qonun bilan bog`lamoqdalar. Ular tovar eksporti va im-portining fizik hajmlari o`sishini hisobga olmagan holda xalqaro savdo rivoji tendensiyalari agrar xom ashyo yo`nalishidagi davlatlar iqtisodiyoti tashqi sav-do pozitsiyalari yaxshilashuviga olib kelmoqda, demoqdalar. Xalqaro savdon-ing neokeynschilik ta'limoti vakillarining fikricha, har bir mamlakat ichki bo-zorda ko`proq tovar ishlab chiqarishga intilgani sababli mehnat va kapital bilan bandlikning to`la emasligi tufayli ko`proq eksport qilishga va kamroq import qilishga intiladi. Shu sababli ham xalqaro savdo o`zini-o`zi tartibga soluvchi ja-rayon bo`la olmaydi, aksincha tovar eksporti kapital chiqarish bilan rag`batlantirilishi kerak, import esa proteksionistik choralar bilan cheklanishi zarur. Bu choralar umummilliy manfaatlarga mos kelar emish.
Keyingi davrda vujudga kelgan iqtisodiy ta'limotlarda E.Xeksher, B.Olin (Shvetsiya), P.Samuelson tomonidan yaratilgan "ishlab chiqarish omillarining xalqaro taqsimoti" nazariyasi (modeli) tipik hisoblanadi. Ularning fikricha, har mamlakat iqtisodiyoti ishlab chiqarish omillari bilan bir xil ta'minlanmaganligi bilan, demak har bir omilning turlicha ba-hoga egaligi (ish haqi, foiz, renta) bilan xarakterlanadi. Ayrim mamlakatlarda mehnat asosiy omil (boshqasidan son jihatdan ko`p) bo`lsa, uning narxi kapital va yerga nisbatan past baholanadi; kapital mo`l bo`lgan mamlakatda u boshqa ikki ishlab chiqarish omiliga nisbatan arzon bo`ladi. Har bir mamlakat o`zining ustunligini realizatsiya qilishga intiladi, jahon bozoriga ishlab chiqarish omili nisbatan arzon bo`lgan yo`l bilan tayyor-langan tovarlar ko`proq chiqariladi. Bunday ishlab chiqarish ixtisoslashuvi shunga olib keladiki, barcha davlatlar o`ziga qulay va foydali bo`lgan xo`jalik tarmoqlarini rivojlantirib, qulay sharoit bo`lmagan boshqalaridan voz kechadi.
Bu nazariya ishlab chiqarishning chiqimlarini mutlaqlashtiradi va xalqaro ixti-soslashuvning yagona mezoniga asoslanadi. Shu sababli jahon savdosi uyg`un (garmonik) jarayon deb qaraladi. Bunda jahondagi real shart-sharoitlar to`la hisobga olinmaydi, masalan o`z davrida mustamlaka egasi (metropoliya) bilan koloniyalar o`rtasidagi munosabatlarni hech ham uyg`un deb bo`lmaydi. Iqti-sodi yuksak davlat bilan qoloq mamlakatlar o`rtasidagi aloqalarda ham gar-moniya bo`lishi amri mahol. Lekin kelajakda ideal shakl sifatida bu xodisa ro`y berishi mumkin.

Yüklə 125,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə