Iqtisodiyotda infarmatsion komunikatsion texnologiyalar


Xalqaro mehnat taqsimotini tadqiq etishdagi tanqidiy yo`nalish



Yüklə 125,3 Kb.
səhifə3/6
tarix26.05.2023
ölçüsü125,3 Kb.
#113120
1   2   3   4   5   6
Namangan BETLIK

2. Xalqaro mehnat taqsimotini tadqiq etishdagi tanqidiy yo`nalish
Hozirgi davrda amerikaliklar yapon avtomobillarini minadilar, shvedlar fransuzlar pishlog`ini iste'mol qiladilar, kanadaliklar koreys kompyuterlarini sotib oladilar, italiyaliklar Liviya neftidan foydalanadilar, ruslar amerikaliklar donidan non pishiradilar. Bu savdo munosabatida ichki savdoga nisbatan ikkita o`ziga xoslik mavjud. Birinchidan, xalqaro savdoda ishtirok etuvchi firmalar va iste'molchilar turli mamlakatlarda yashaydilar. Birinchi paydo bo`ladigan savol shundan iboratki, nega o`zi xalqaro savdo mavjud?
Hozirgi davrda xalqaro mehnat taqsimoti butun jahon yo`li bilan ishlab chiqariladi. Ko`pincha davlat hukumatlari bu savdoni tartibga solish uchun tari-flar, ya'ni import qilinayotgan tovarlar uchun soliqlar solinadi. Ikkinchi muhim o`ziga xoslik shuki, savdo qilayotganlarning har biri boshqa-boshqa valuta (pul)dan foydalanadilar. Masalan, Amerika xaridorlari yapon avtomobillarini dollarda sotib oladilar. Avtomobillarni ishlab chiqarayotgan yapon ishchilari o`z maoshlarini iyenlarda olishni istaydilar. Demak, bu yerda xalqaro hisob-kitob masalasi ko`tariladi.
Hozirgi davrda xalqaro mehnat taqsimoti butun jahon xo`jaligining tashkil topishi va rivojlanishining hal qiluvchi omilidir. Bunda kapital chiqarish masalalari ham yetakchi o`rinni egallaydi. Shu sababli ularga bag`ishlangan bir qancha nazariyalar mavjud.
Tarixan birinchi bo`lib neoklassik ta'limotlar vujudga keldi. Ularning asosi B.Olin (Shvetesiya), K.Iverson (Daniya), R.Nurkse (Avstriya-AQSH) asarlarida o`z aksini topgan. Ular o`z ta'limotlarida marjinalizm kon-sepsiyasiga asoslangan holda, kapitalning harakatchanligi, "kapitalning eng yuqori unumi" (foiz stavkasi bilan ifoda qilinadi) u yoki bu mamlakat kapitalining mo`l-ko`lligining turlicha ekanligi bilan izohlaydilar. Kapitalning "mo`l-ko`lligi" yoki "kamligi" uning migratsi-ya sababi qilib ko`rsatiladi. Bu jarayon to kapital unumi bir xil bo`lguncha davom etadi. Bu esa ishlab chiqarish omillari samaradorligining o`sishi, milliy daromadning ortishi, butun mamlakatlar iqtisodiy rivojlanish da-rajasining tekislanishiga olib keladi.
Kapital chiqarishning neokeynschilik ta'limoti 30-50-yillarda shakllandi, F.Maxlup, Ye.Domar va R.Xarrot bu nazariyaning asoschilari hisoblanadilar. Ularning fikricha, kengaytirilgan takror ishlab chiqarishda savdo, to`lov balan-sining o`zgarishi tufayli, ya'ni aktiv savdo balansi bo`lgan mamlakatlarda kapital ortiqchaligi (jamg`armalarning investitsiyalardan ko`pligi), passiv bal-ansli mamlakatlarda esa aksincha, kapital yetishmasligi sababli kapital harakati ro`y beradi. "Jamg`armalar"ning ortiqchaligi mamlakatni iqtisodiy depressiya va ishsizlikka olib boradigan eng muhim omil deb qaraladi. Unga qarshi kurash yoki uning oldini olish uchun "jamg`armalar" hisobiga qo`shimcha tovar ek-sportini moliyalash zarur deb topiladi. Ammo, bunda import oshmasligi, ya'ni kapital chiqarish yo`li bilan hal etilishi kerak.
Bu yo`nalish vakillari kapitalistik tuzumda kapitalni realizatsiya qi-lishdagi qarama-qarshiliklarni tan oladilar va buni hal etish uchun kapital chiqariladi, bu esa ortiqcha tovarni ko`paytirish hisobiga ro`y beradi. Bu naz-ariya rivojlanayotgan mamlakatlarga "yordam" konsepsiyasini isbotlash uchun ham asos bo`ladi.
60-70-yillarda kapital chiqarishning "dinamik modeli" ommalashdi, un-da R.Xarrotning iqtisodiy dinamika nazariyasi asosida mamlakatlar o`rtasidagi o`zaro kapital eksporti sabablari va oqibatlarini aniqlashga urinish bor. U kapital eksporti va importini yalpi milliy mahsulot o`sishi, investitsion daromad va to`lovlar bilan bog`lashga intiladi. Unda neokeynschilikning xalqaro kapital harakati konsepsiyasiga asoslanadilar. Shu vaqtning o`zida iqtisodiy o`sishning neoklassik nazariyasi ham hisobga olinadi. Bularning hammasi unlab o`zgaruvchi parametrlarni o`z ichiga oluvchi iqtisodiy matematik modellar aso-sida hal qilinadi. Masalan, amerikalik iqtisodchilar J.Borts va K.Kopekilar tuzgan ana shunday modelda 20 dan ortiq o`zgaruvchi va shuncha tenglama mavjud; unda matematik apparat ustun bo`lib, u nazariy asosning bo`shligini kompensatsiyalaydi.
Ular kapital ortiqchaligi masalasini tushuntirishda neokeynschilarga asoslanadilar va uni jamg`armalar va investitsiyalar orasidagi farq sifatida e'lon qiladilar. Bu farq ishchi kuchi yetishmasligi va tez o`suvchi kapital miqdori o`rtasidagi texnik-iqtisodiy disproporsiyadan kelib chiqadi, deb tushuntiriladi.
Kapital o`sishi to`lov balansi saldosi musbat bo`lganda investitsion daromadlar investitsion to`lovlardan ortiq hollarda ro`y beradi. Daromadi to`lovlardan yuqori bo`lgan mamlakatlar kapitalni sof eksport qiladigan, aksin-cha, to`lovlari daromaddan ustun bo`lganlar esa kapitalni sof import qiladigan mamlakatlardir. Chunki ulardagi kapital miqdori mavjud mehnat resurslaridan ancha kam bo`ladi. Bunda chet el investitsiyalari bilan sof kreditor yoki debitor mamlakatlar ahvoli o`rtasidagi o`zaro bog`lanish ta'kidlanadi.
Bevosita investitsiyalar nazariyasi ham 60-70-yillarda ishlab chiqilgan bo`lib, kapital chiqarish va kiritishning sabab va oqibatlarini aniqlash masalalari asos qilib olingan. Ularning fikricha, kapital chiqarish asosan yirik korpo-ratsiyalar tomonidan amalga oshiriladi va boshqa mamlakat kompaniyalarining chet eldagi iqtisodiy pozitsiyalari bilan raqobatga duch keladi. Buning sababi shuki, hozirgi sharoitda rentabel ishlab chiqarishni tashkil etish asosan chet eldagi bozorlarni egallash bilan bog`liq. E.X.Chemberlin monopolistik konku-rensiya nazariyasini ishlab chiqdi, unga ko`ra monopolistik konkurensiya ishlab chiqarish va kapital konsentratsiyasi tufayli emas, balki firmaning bozorga, iste'molchilarning shaxsiy talablariga muvaffaqiyatli moslashishi natijasidir.

Yüklə 125,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə