Iqtisodiyotni rivojlantirishda xorijiy



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/17
tarix25.02.2022
ölçüsü0,63 Mb.
#84117
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Iqtisodiyotni rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarning o’rni

 

 

 

 

 


“Халқаро молия ва ҳисоб” илмий электрон журнали. № 6, декабрь, 2018 йил 

 



1-jadval 

O’zbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsuloti va investitsiyalar o’sish 

sur’atlarining o’zgarishi[8] 

Yillar 

Yalpi ichki 

mahsulot, (mlrd. 

AQSh dollari) 

Oldingi yilga 

nisbatan % 

da 

Investitsiyalar, 

(mlrd. AQSh 

dollari) 

Oldingi yilga 

nisbatan % 

da 

2013 

47,2 


108,0 

13,0 


111,3 

2014 

51,1 


108,1 

14,6 


110,9 

2015 

55,2 


108,0 

15,8 


109,5 

2016 

59,5 


107,8 

16,6 


109,6 

2017 

48,7 


105,3 

11,9 


109.7 

 

Yuqoridagi  jadvalda  ko’rinib  turibdiki,  Respublikamizda  YaIMning  o’sishi 



yuqori darajadadir. 2017 yilda YaIM 48.7 mlrd. AQSh dollarini tashkil etgan bo’lsa, 

bu 2016 yilga nisbatan 5.3 foizga o’sgan. Bunday natijaga erishishda, investitsiyalar 

oqimining  ko’payishi  muhim  rol  o’ynaydi.  E’tibor  qaratadigan  bo’lsak,  2017  yilda 

mamlakatimizga  11.9  milliard  AQSh  dollarida  investitsiya  jalb  etilgan  bo’lsa,  bu 

ko’rsatkich 2016 yilga nisbatan deyarli 9.7 foizga o’sgan. 

Hozirgi  kunda  O’zbekiston  iqtisodiyotiga  xorijiy  investitsiyalar  oqimining 

jadal sur’atlarda o’sishini quyidagi omillar belgilab bermoqda: 

1)

 



mamlakatdagi investitsiya muhitining barqarorligi; 

2)

 



valyuta kursini tartibga solishdagi ijobiy o’zgarishlar; 

3)

 



mamlakatning  soliq  mexanizimini  takomillashtirishning  aniq  yo’nalishlari 

belgilanganligi; 

4)

 

soliq qonunchiligida xorijiy investitsiyalarning faoliyatini tartibga soluvchi 



qaror va qonunlarning ishlab chiqilganligi; 

5)

 



jahon tovar bozorlaridagi eksportyorlar uchun qulay narx konyukturasining 

vujudga kelganligi. 

6)

 

Bugungi  kunda  respublikamiz  iqtisodiyotining  yetakchi  tarmoqlari  va 



sohalarida  xorijiy  investitsiyalar  ishtirokida  4,2  mingdan  ortiq  korxona 

muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Har yili 3 mlrd. AQSh dollaridan ko’proq, asosan 

to’g’ridan-to’g’ri  xorijiy  investitsiyalar  o’zlashtirilmoqda,  mamlakat  iqtisodiyotiga 

kiritilayotgan  investitsiya  umumiy  hajmining  26,6  foizdan  ko’prog’i  ularning 

hissasiga  to’g’ri  keladi.  Bu  esa  xorijiy  investorlarning  respublika  iqtisodiyoti 

barqarorligi,  uni  rivojlantirish  istiqbollariga  qiziqishi  hamda  ishonchi  ortib 

borayotganligidan yaqqol dalolat beradi. 



“Халқаро молия ва ҳисоб” илмий электрон журнали. № 6, декабрь, 2018 йил 

 




Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə