Iqtisosiyotni modernizatsiyalash sharoitida korxona nomoddiy aktivlari va moddiy resurslardan tejamkorlik asosida foydalanishni taminlash reja: kirish I bob. Iqtisodiyotni moderizatsiyalashtirish sharoitida korxonaning nomoddiy aktivlari


Korxonalarda nomoddiy aktivlarni hisobga olish vazifalari



Yüklə 87,39 Kb.
səhifə3/9
tarix22.03.2024
ölçüsü87,39 Kb.
#181726
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Iqtisosiyotni modernizatsiyalash sharoitida korxona nomoddiy akt-fayllar.org

1.2. Korxonalarda nomoddiy aktivlarni hisobga olish vazifalari

O‘zbekiston Respublikasining negizida mulkning davlat shakli bo‘lgan rejali iqtisodiyotdan xo‘jalik yuritishning bozor modeliga o‘tish jarayonida yangi mulk shakllg jumladan xususiy mulkning paydo bo‘lishi sababli buxgalteriya hisobi tizimida ham o‘zgarishlar qilish zaruriyati tugildi.


Hisobining har bir bo‘limi va analitik uslublarning ko‘pchiligi amalda nazar uslubiy yondoshishni va asoslashni talab qiladi. Lekin buxgalteriya hisobining nazariy asoslari, ularning mohiyati va maksa o‘zgarmasdan qoldi. Moliyaviy hisobotlarning elementlari bo‘lgan aktiv va passivlarnn yangi kurinishlari, ularni baholash uslublari, moliyaviy natijalarni hisob-kitob kilish va harajatlarni hisobga olish yullari, axborotlarni turkumlarga ajratuvchi hisobvaraqlar rejasining yangi ko‘rinishi o‘z ifodasini topdi. Nomoddiy yoki «yashirin» aktivlar tarkibiga jismoniy, oshkora shakliga et bulmagan, lekin xo‘jalik yurituvchi subyektga daromad keltiruvchi mablag‘lar kiritilad} Nomoddiy aktivlar hisobi buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasi, «Buxgalteriya hisob to‘g‘risida»gi Ko‘onun va buxgalteriya hisobi milliy standartlarida, xususan, «Nomodiy aktivlar» hamda «Ilmiy tadkikot va tajriba-konstruktorlik ishlab chiqarish; harajatlar» deb nomlangan 7- va 11 -sonli buxgalteriya hisobining milliy standartlarida bayon etiladi. «Nomoddiy aktivlar» nomli 7-son BHMSga muvofiq nomoddiy aktivlar moddiy-ashyoviy mazmunga ega bulmagan, xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan xujalik faoliyatida foydalanish maqsadida nazorat qilinadigan, shuningdek Uzoq vaqt (bir yildan ko‘p) ishlatish uchun mo‘ljallangan mol-mulk obyektlari.
Nomoddiy aktivlar tarkibiga jismoniy, oshkora (ko‘rinib turadigan) shaklga ega bulmagan. lekin korxonaga daromad keltiradigan vositalar kiradi. Umumiy tarzda nomoddiy aktivlar deganda sanoat va akliy mulk obyektlarining qiymati. mulk huquqi obyekti sifatida tan olinadigan boshqa shunga o‘xshash mulkiy shuningdek Uzoq muddatli chiqimlar tushuniladi.
Nomoddiy aktivlar ta’rifi aktivdan xo‘jalik faoliyatida foydalanilishi va jismoniy mohiyatga ega bo‘lmasligi (pul emasligi)ni taqozo qiladi. Aktivlarni yuridik huquqlar, shu jumladan, mulk huquqi tarzida bo‘lgan va ulardan Uzoq muddat davomida foydalanish mumkin bo‘lgan holda jismoniy ko‘rinishga ega bulmagan aktivlar nomoddiy aktivlar ta’rifiga javob beradi. Aktivning yuridik huquqini belgilaydigan shartnoma ushbu huquq bilan ifodalash yuli bilan belgilanishi mumkin emas. Bunday aktivlar muhim ekanligini belgilash uchun xo‘jalik yurituvchi subyektga ushbu aktivdan qanday foydalar olinishini aniqlash imkonini beradigan bir kator omillarni hisobga olish lozim.
Xo‘jalik yurituvchi subyekt xo‘jalik faoliyati jarayonida nomoddiy aktivlarni harid qilish, rivojlantirish va ko‘paytirish bo‘yicha majburiyatlar oladi. Korxonaning nomoddiy aktivlari tarkibida patentlar, litsenziyalar, akdiy mulk va savdo markalari aks ettiriladi. Tanxo huquqlar, kompyuter dasturlarini ta’minlash, mualliflik huquqlari, mijozlarning ruyxatlari, litsenziyalar, marketing huquqlari, import kvotalari, tashkiliy harajatlar (yangi xo‘jalik yurituvchi subyektni barpo etish harajatlari ya’ni boshlash harajatlari). nou-xau, bozor to‘g‘risidagi bilim, texnik kunikmalar va boshqalar amaliyotda uchhaydigan nomoddiy aktivga oddiy misollar bo‘ladi.
Buxgalteriya hisobida nomoddiy aktivlarni hisobga olishning vazifalari quyidagilardan iborat:
Nomoddiy aktivlarni boshqa aktivlardan ajratilgan holda guruhlarga bulib, ularni hisobgaolishni tashkil qilish;
Nomoddiy aktivlarni joriy hisobda va buxgalteriya balansida tegishli andozalarga doir me’yoriy hujjatlarga asosan to‘g‘ri va o‘z vaqtida baholash;
Korxonaga mavjud va kamyob tushgan nomoddiy aktivlar bo‘yicha buxgalteriya hisobi ozalariga va me’yoriy hujjatlarga asosan amortizatsiya hisoblash;
Mavjud nomoddiy aktivlardan zarur joyda tadbirkorlik va ishbilarmonlik bilan samarali foydalanishni tashkil qilish;
Eskirgan, xo‘jalik uchun oshikcha bo‘lgan nomoddiy aktivlarni o‘z vaqtida hisobdan chiqarishni ta’minlash;
Hisobdan chiqarilgan nomoddiy aktivlar bo‘yicha moliyaviy natijalarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida aniqlash.
Buxgalteriya hisobida nomoddiy aktivlarni hisobga olishni soddalashtirish maqsadida ularni turkumlab olish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Amaliyotda nomoddiy aktivlarning quyidagi turlari mavjud:

Yüklə 87,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə