Irsiyatni gen va hujayra darajalarida o'zgartirishda foydalaniladigan usullar Reja



Yüklə 43,43 Kb.
səhifə6/6
tarix09.02.2022
ölçüsü43,43 Kb.
#83625
1   2   3   4   5   6
Irsiyatni gen va hujayra darajalarida o\'zgartirishda foydalaniladigan

(fertil) yoki pushtsiz (steril) holatlarda bо‘lishi hujayra yadrosidagi mutant gen va sitoplazmadagi plazmogenlarning harakat kuchiga bog‘liq.

    Agar yadrodagi mutant gen dominant holatda bо‘lsa, sitoplazmadagi plazmogenlar retsessiv kо‘rinishda bо‘ladi. Bunday organizmlarda erkak va urg‘ochi gametalar normal rivojlanib, ular changlatish va changlanish kobiliyatini yо‘qotmaydilar. Agar yadrodagi mutant gen retsessiv holatda bо‘lsa, plazmogenlar dominant kо‘rinishda bо‘ladi va bunday organizmlarda sterillik (pushtsizlik) yuzaga keladi.

    Gulning urug‘chisi rivojlanmay u changlana olmasa-urg‘ochi sterillik, changchi rivojlanmasa - erkak sterillik deb ataladi. SES ning eng muhim xususiyati kelgusi bо‘g‘inga ona organizm orqali berilishidir. Uning bu xususiyatidan hozirgi vaqtda makkajо‘xori va boshqa ekinlarning geterozisli duragaylarini yetishtirishda keng foydalanilmoqda, chunki, gulni bichish ishlari о‘tkazilmaydi va changlanish erkin holatda о‘tadi.

    Hozirgi vaqtda maxsus tо‘yintirish usulida о‘tkazilgan chatishtirishlar orqali olinayotgan ona sifatidagi organizmlarga (liniyalarga) SES, ota sifatidagi organizmlarga (liniyalarga) esa fertillikni mustahkamlovchi va keyingi avlod organizmining fertilligini tiklovchi qobiliyat kiritiladi.

     Shunday tartibda yetishtirilgan liniyalardan olingan duragaylar geterozis xrdisasi evaziga ota-ona formalarga nisbatan 25-40% kо‘p va sifatli hosil beradi. Hozirgi vaqtda genetik va seleksioner olimlar sterillik asosida bug‘doyning ham geterozisli duragaylarini yaratish bо‘yicha ish olib bormoqdalar.
Yüklə 43,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə