Ishdan maqsad



Yüklə 337,09 Kb.
səhifə8/8
tarix11.12.2023
ölçüsü337,09 Kb.
#144826
1   2   3   4   5   6   7   8
2uMSE7pbVrl5ylLnWmCuZFQWT7dmtZpU

Amaliyot ishini bajarish


Amaliyot ishi 2 -qismga ko‘ra xisobot ko‘rinishida tayyorlanadi va talaba tomonidan himoya qilinadi. Shunigdek talaba berilgan am’umotlarga asoslangan xolda LDning vatt-amper xarakteristikasini chizadi va uni izoxlab beradi. Qo‘shimcha ravishda talaba LD nurlaning quvvatini temperaturaning o‘zgarishiga qanday bog‘liqligini tushuntiradi.





  1. Amaliyot mashg‘uloti




Mavzu: Lazer diod nurlanishining impulsli modulyatsiya jarayonini tadqiq
etish


Ishdan maqsad: Lazer diod nurlanishining impulsli modulyatsiya jarayonini tadqiq etish orqali LD larda amalga oshiriluvchi modulyatsiya jarayonlarini o‘rganish.
    1. Nazariy qism


Optik tolali aloqa tizimlarida axborotlar oqimini optik tola bo‘ylab uzatish optik eltuvchi - yorug‘lik to‘lqinini axborot signaliga mos ravshda o‘zgartirishni talab etadi. Yorug‘lik nurlanishning bir yoki bir necha parametrlarini elektr (tok yoki kuchlanish), tovush, mexanik yoki optik signal ta’sirida vaqt yoki fazo bo‘yicha berilgan qonuniyatga ko‘ra o ‘zgartirishdan iborat mazkur jarayonni optik nurlanishni modulyatsiyalash jarayoni deb ataladi.


Optik tolali aloqa tizimlarida lazer diodlarning optik nurlanishlarini modulyatsiyalashning impulsli usuli raqamli usul xisoblanadi
Quyidagi 6.1- rasmda impulsli modulyatsiya jarayoni tasvirlangan:

6.1-rasm. Optik signallarni intensivlik bo‘yicha impulsli modulyatsiyalash.


Yorug‘lik intensivligini raqamli signal ta’sirida modulyatsiya-langanida injeksiya tokining sakrab ortishi va nurlanishning boshlanishi orasida kechikish vujudga keladi. 4.2-rasmda lazer diodi tokining sakrab ortishi va sakrab kamayishi bilan bog‘liq uzilish va ulanish jarayonlari aks ettirilgan. Tok sakrab ortganida avval U kuchlanish ortadi, keyin esa tk kechikish va τort ortish vaqtlari bilan nurlanish boshlanadi. Tok uzilganda nurlanish intensivligi taxminan vaqt doimiysi τ ga teng bo‘lgan eksponensial qonun bo‘yicha kamayadi. Kuchlanish esa, yanada sekinroq sur’at bilan kamayadi.
Raqamli modulyatsiyalash chog‘ida kechikish vaqtini kamaytirish uchun lazer diodiga bo‘sag‘a tokiga mos kelgan kuchlanishdan kattaroq kuchlanish qo‘yish kerak. Bu xolda kechikish vaqti faqat o‘sish va kamayish vaqtlari bilan aniqlanadi. Bu vaqtlar impuls davomiyligini eng kamida 2τ qadar kengaytiradi. Shunday qilib, kechikish vaqti τ ning qiymati lazer diodining chastotaviy xossalarini belgilaydi.

6.2-rasm. Lazer diodi nurlanishini intensivlik bo‘yicha modulyatsiyalash jarayonining vaqt diagrammalari.


    1. Amaliyot mashg‘ulotini bajarish




Amaliyot ishi 2 - qismga ko‘ra xisobot ko‘rinishida tayyorlanadi va talaba tomonidan himoya qilinadi.
Yüklə 337,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə