Ishlab chiqarish jarayonina yangi, samarali texnologiyalarni qo'llash talabasi va istiqbotlari


Monitoring va optimallashtirish



Yüklə 12,96 Kb.
səhifə2/2
tarix27.12.2023
ölçüsü12,96 Kb.
#163744
1   2
3
Monitoring va optimallashtirish
Doimiy ravishda samaradorlikni baholang va samaradorlik va natijalarni maksimal darajada oshirish uchun tuzatishlar kiriting.
Yangi texnologiyalarni o'zlashtirishdagi to'siqlarni bartaraf etish
O'zgarishlarga qarshilik
Xodimlarning tashvishlariga e'tibor bering va yangilik va moslashish madaniyatini rivojlantiring.
Moliyaviy cheklovlar
Moliyalashtirish imkoniyatlarini o'rganing va uzoq muddatli ROIni hisoblang.
Texnik ekspertiza
Yangi texnologiyalardan samarali foydalanishni ta'minlash uchun o'qitish va malaka oshirishga sarmoya kiriting.
Ishlab chiqarish jarayoni texnologiyasining kelajakdagi istiqbollari va tendentsiyalari
Avtomatlashtirish
Oxir-oqibat avtomatlashtirish uchun robototexnika va AIdan foydalanishni ko'paytirish.
Narsalar interneti (IoT)
Uzluksiz aloqa va ma'lumotlar almashinuvi uchun mashinalar va tizimlarni ulash.
Virtual haqiqat (VR)
Ishlab chiqarishda o'qitish va vizualizatsiya uchun immersiv simulyatsiyalar.
Jahon gloaballashuvi jarayonida kuchli raqobat har sohada yangilikka undaydi. Fandagi texnika-texnologiya sohalaridagi eng so’nggi yutuqlar, kashfiyotlar, yangiliklar, ratsionalizatorlik takliflarni ishlab chiqish va xizmat ko’rsatish sohalariga shiddat bilan kiritilib boriladi va marketing, boshqaruv, ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish sohalarida yangi yondashuv, yangi texnologiya, texnikalarni qo’llashni talab qiladi va texnologiyalarni yangi avlodini qo’llash asosida mablag’ kiritilishi investitsiyadan dalolat beradi. Yangilik kiritilishi asosida mavjud texnika va texnologiyalarni almashtirilishi ham investtsiyani anglatishi mumkin. Fan va texnika taraqqiyoti natijalari asosida yangi texnika, texnologiyalarni qo’lga kiritilishi ham investitsiya ma’nosida ishlanadi. Investitsiyani aniqlovchi omil bo’lib yangilik yaratilishi, ratsionalizatorlik takliflar yirik tashkilotlar va shunga tegishli ilgari e’lon qilinmagan yirik ishlanmalar xizmat qiladi.
Tadbirkorlikni innovatsion faoliyatsiz his qilib bo’lmaydi, ushbu jihatdan tadbirkorlik faoliyati oddiy biznesdan farq qiladi. Tadbirkorlik taraqqiyoti novatorlikdan, erkin bozor talablarini bilmoqlikda, ularni istiqbolini his etmoqlikda, ularga mos tovar va xizmatlarni etkazmoqlikda va shu yo’l bilan o’z maqsadlariga erishmoqlikdadir. Faqat innovatsiyalarga tayangan holda tadbirkorlikni yuritish tadbirkorlik faoliyati maqsadiga xos bo’lgan yutuqlarni va yuqori daromadni ta’minlaydi. Bunda tadbirkorlik faoliyati erkin raqobat muhitida sinmaydi, u faol rivojlanadi, taraqqiyotga erishadi, yuksaladi.
Innovatsion tadbirkorlik uch asosiy turga bo’linadi: * mahsulot innovatsiyasi;
* texnologiya (ishlab chiqarish) innovatsiyasi;
* ijtimoiy innovatsiya.
Mahsulot innovatsiyasi - korxona mahsulotini sotish darajasi imkoniyatini yangilash jarayonini namoyon etadi.
Texnologiya innovatsiyasi - ishlab chiqarish imkoniyati (potentsial) yangilash jarayonidir
Ijtimoiy innovatsiyalar korxonaning gumanitar doirasini reja asosida yaxshilash jarayonini namoyon etadi.
O’zbekiston iqtisodiyotida faqat innovatsion tadbirkorlik raqobatga bardosh bera oladi, rivojlana oladi, taraqqiyotga erisha oladi, chunki uni innovatsiyalar yuksaltira oladi. Novatorlik asosida innovatsiya faoliyatiga tayanib tadbirkorlikni tashkil etish, oddiy biznesni yuritishdan farqli ravishda rivojlanishni ta’minlaydi. Doimiy izlanishga, yangilikni kiritishga, raqobatbardoshlikni yo’lga qo’yishga, muntazam modernizatsiyalarni ta’minlashga, fan va texnika yutuqlari natijalarini joriy etib borishga qaratilgan tadbirkorlik albatta o’z taraqqiyotiga erishadi va yuksalib boradi, chunki u bunda bozor talablarini qondira oladi, natijalarga erisha oladi.
Innovatsiya strategiyasi korxonaning tashkiliy, ishlab chiqarish, texnologik, boshqaruv va boshqa tuzilmaviy salohiyatidan kelib chiqib shakllantiriladi. Innovatsiya strategiyasi o’zining qamrovi, muddatlarisohalari, yo’nalishlari bilan farqlanadi. Innovatsiya strategiyasi korxonaning o’z imkoniyatlari hamda iqtisodiyotning bozor infratuzilmaviy imkoniyatlaridan kelib chiqib shakllantiriladi. Ko’p hollarda innovatsiya strategiyasi iqtisodiyotdagi umumiy muhit bilan, erkin raqobat muhiti holati bilan, soha va tarmoqlardagi holat, ishlab chiqarish, texnologik, tadbirkorlik salohiyatlari va mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib shakllantiriladi. Korxona faoliyati tanlov asosida tashkil etilishi uni u yoki bu innovatsiya strategiyalarini ishlab chiqishga undaydi. Innovatsiya strategiyasini shakllantirish yuqorida qayd etilganidek innovatsiya loyihasi sifatida shakllantiriladi. Innovatsion loyihalar portfeli ko’pgina hollarda ular tarkibidan tanlovni tashkil etish imkoniyatini beradi. Innovatsion loyihalar muayyan muddatlarga tuzilib o’zlarining turli jihatlari bilan farqlanadi. Ularga xos bo’lgan umumiy jihatlar shundan iboratki, barcha innovatsion loyihalar o’zlarining hayotiy tsikl va fazalariga egadir. Innovatsion loyihalar texnik-iqtisodiy jihatdan asoslanadi, ularni amalga oshirish imkoniyatlari baholanadi, manbali tahlil qilinadi, aniq maqsadlari samaralari hisoblanadi. Innovatsion loyihalar bo’lajak natijalari samarali taqqoslanadi, hayotiy tsikl jarayonidagi fazalaridagi risklar o’lchanadi, ularni boshqarish yo’li bilan pasaytirish tadbirlari ishlab chiqiladi.
Innovatsion rivojlanishning mohiyati va mazmunini o'rganishdan oldin "innovatsiya" iborasi to'g'risida tasavvur hosil qilish zarur. Ushbu tushuncha ingliz tilidan olingan bo'lib, "innovation", ya'ni yangilik, yangilik kiritish degan ma'noni anglatadi. Innovatsiya - bu yangi texnologiyalarda mujassamlashgan yangi bilimlar, nou-xau, ishlab chiqarish omillarining yangi kombinatsiyalarini qo'llash bilan bog'liq, shuningdek yuqori bozor salohiyatiga ega bo'lgan yangi vazifalarni bajara oladigan yangi mahsulotlar yaratish yoki destruktiv jarayonlarning salbiy oqibatlarini yo'kotish maqsadini o'z oldiga qo'ygan faoliyat yoki faoliyat natijasidir. Ya'ni, innovatsiyalarni g'oyalar, izlanishlar, ishlanmalar, yangi yoki mukammal ilmiy-texnik yoki ijtimoiy-iqtisodiy qarorlar transformatsiyasining natijasi sifatida qarash mumkin. Demak, "innovatsiya" so'zi "yangilik" ("novatsiya") va "yangilik kiritish" (innovatsiya) ma'nolarini anglatadi. Innovatsiyalar to'g'risidagi ilmiy qarashlar rivoji o'z tarixiga ega bo'lib, klassik, neoklassik maktab vakillari tomonidan izchil o'rganilgan. Klassik iqtisodiy maktab vakili, taniqli ingliz iqtisodchisi Adam Smit (17291790) iqtisodiy munosabatlarni tartibga solish va talab bilan taklif o'rtasidagi muvozanatni ta'minlash nafaqat bozor tizimi, balki narxlarni pasaytirish va sifatni yaxshilash orqali ortib borayotgan ehtiyojni qondirish bilan bir qatorda buni yangi texnologiyalarga o'tish, ya'ni innovatsiyalar yordamida samarali amalga oshiruvchi raqobat kapitalizmning tashkiliy mexanizmi bo'lib xizmat qilishini qayd etgan. Agar iqtisodiy o'sishni ta'minlashda korxonalar innovatsiyalardan iste'mol uchun kurash jarayonida amaliy omil sifatida foydalanayotganini hisobga olsak, Adam Smitning ushbu ta'limoti hozirgi kunda ham dolzarbligini saqlab turibdi. Innovatsion amaliyot ko'p ming yillardan buyon mavjud bo'lishiga qaramay, innovatsiyalarni ilmiy jihatdan maxsus o'rganish faqat XX asrda boshlandi. Rus iqtisodchisi N.D.Kondratev iqtisodiyotni yuksaltirishning innovatsion yo'li nazariyasini rivojlantirishga ulkan hissa qo'shdi. U innovatsiyalarni davriylikning sabablaridan biri sifatida qayd etgan. Amerikalik iqtisodchi va jamiyatshunos Yozef Alois SHumpeter Kondratev singari iqtisodiyotda innovatsiyalarning rolini oshirishga katta hissa qo'shgan. U o'zining "Iqtisodiy rivojlanish nazariyasi" nomli asarida innovatsiyalarni iqtisodiyot va jamiyatni rivojlantirishning asosiy shartlari sifatida qaradi. Shumpeter "tadbirkorlikning innovatsion nazariya"sini yaratdi va iqtisodiy rivojlanishda novator-tadbirkorning rolini yuqori baholadi, "innovatsiya" atamasini 1911 yilda ilmiy atamalar qatoriga kiritdi. U quyidagi beshta o'zgarishda tadbirkorlik ruhi bilan rag'batlantirilgan yangi fan-texnika omillari yig'indisini nazarda tutadi:
1. Yangi texnika, yangi texnologik jarayonlar yoki ishlab chiqarishning yangicha bozor ta'minotini qo'llash. 2. Yangi xususiyatlarga ega mahsulotni joriy qilish. 3. Yangi xom ashyodan foydalanish. 4. Ishlab chiqarishni tashkil qilish va uning moddiy-texnika ta'minotidagi o'zgarishlar. 5. Yangi sotish bozorlarining paydo bo'lishi.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Yüklə 12,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə