Ishlab chiqarish jarayonlari sanitariyasi va gigiyenasi inson mehnat faoliyatiga ta`sir etuvchi salbiy omillar, ularning turlari, mohiyati va himoyalanish usullari


 Mehnat faoliyatini og’irligi va kuchlanganligini baholash



Yüklə 0,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/24
tarix24.12.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#159325
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24
Ishlab chiqarish jarayonlari sanitariyasi va gigiyenasi inson me

 
5. Mehnat faoliyatini og’irligi va kuchlanganligini baholash 
Ma`lumki jismoniy mehnat qo`llaniladigan mehnat faoliyati ko`proq sanoat va 
qishloq ho`jalik korxonalariga aloqador bo`lib, ayniqsa mehnat jarayonlarida kam 
mehanizatsiyalashgan, kam avtomatlashtirilganlarga taalluqlidir. Jismoniy mehnat 
qo`llaniladigan mehnat faoliyatlarini baholashning quyidagi ko`rinishlari mavjud: 


86 
1) Yengil jismoniy mehnat (og’ir yuk ko`tarmaydigan) ishchilarni 2000 dan 
2500 kkal gacha energiya sarflashini xarakterlaydi (oziq-ovqat, Yengil sanoat
iqtisodning elektronika sohalaridagi konveytarmoqlaridagi ishlar); 
2) 25 kg gacha yuk ko`tarish bilan davom etadigan va 2500 dan 3000 kkal gacha 
energiya sarflanadigan o`rtacha og’irlikdagi jismoniy mehnat (kichik og’irlikdagi va 
kichik o`lchamdagi elektrotexnik, mashinasozlik detallari chiqariladigan metalllarga 
ishlov berish ishlab chiqarishi); 
3) har zamonda 25 kg dan ortiq yukni ko`tarishiga to`g’ri keladigan, bir qator 
zararlar mavjud bo`lgan og’ir jismoniy mehnat (shovqin, titrashlar, changlar
himiyaviy va toksik moddalar, ishchi zonadagi havoning yuqori nisbiy namligi
yuqori harorat va shu kabilar); 
4) Ishchi kun davomida ko`p bora 15 kg dan ortiq yukni ko`tarishga to`g’ri 
keladigan va ishchi organizmidan 6000 kkal va undan ortiq energiya sarf bo`lishiga 
olib keladigan juda og’ir jismoniy mehnat. 
Qator ishlab chiqarish zararlarini ajralishi bilan bog’liq bo`lgan, jismoniy 
mehnatda yuqorida qayd qilingan murakkabliklarni keltirib chiqaradigan korxonalar: 
qurilish materiallari ishlab chiqaradigan; metallarga ishlov berish; metallurgiya
transport mashinasozligi; har hil uskunalarni katta bo`laklarini yig’adigan mehaniq 
tsehlarda-temirchilik, presslash tsehlari va boshqalar misol bo`ladi.
Nazorat savollari 
1.
Ishlab chiqarish sanitariyasi qanday ta’minlaniladi? 
2.
Shoqin manbalari nimalar va ulardan qanday himoyalanish mumkin? 
3.
Titrash inson organizmiga qanday salbiy ta’sir ko’rsatadi? 
4. Inson faoliyati nima? 
5. Faoliyat amalga oshirilishi bo`yicha qanday turlarga bo`linadi? 
6. Hozirgi vaqtda ishlab chiqarishda kaysi faoliyat ulushi ortib bormoqda, izohlang. 
7. Moddalar almashinuvining shartli o`lchov birligi nima? 
8. Qanday holatda moddalar almashinuvi faollashadi va bu nimalarga sabab bo`ladi? 
6. Energiya sarfi necha turga bo`linadi? 
7. Inson faoliyatining rivojlanishiga ta`sir qiluvchi omil nima? 
8. Mehnat faoliyatini og’irligi va kuchlanganligini baholash. 

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə