Ishlab chiqarishda boshqaruv


-MAVZU. Milliy innovatsion tizimlar



Yüklə 291,36 Kb.
səhifə16/46
tarix19.12.2023
ölçüsü291,36 Kb.
#151969
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   46
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi f-fayllar.org

3-MAVZU. Milliy innovatsion tizimlar.
Reja:
1.Milliy innovatsion tizimlar konseptsiyalari va asosiy ko’rsatkichlari
2.Milliy innovatsion tizimlar rivojlanishining xorijiy tajribalari
3.Mintaqalarning innovatsion rivojlanish sikllari
4.Korporativ innovatsion tizimlar
5.O’zbekistonda milliy innovatsion tizimlar rivojlanishdagi o’ziga xos xususiyatlari.
1.Milliy innovatsion tizimlar konseptsiyalari va asosiy ko’rsatkichlari.
Milliy innovatsion tizimni shakllantirish konsepsiyasi o‘tgan asrning 80 yillar boshidan rivojlana boshladi. Bunda “milliy” so‘zi tavsifi aynan “davlat” innovatsiya tizimi degan mazmunni anglatadi. Milliy innovatsion tizim innovatsion faoliyat subyektlari majmuidan, ular o‘rtasidagi bilimlarning yo’zaga kelishi, tarqalishi va ulardan foydalanish jarayonlarini ta’minlab beruvchi munosabatlardan tashkil topadi. Innovatsiya tizimining asosiy elementlari qatorida innovatsiya infratuzilmasi, moliyaviy infratuzilma, ilmiy salohiyat kabi kichik tizimlarni sanab o‘tish mumkin. Ularning har birida tadqiqotlarni moliyalashtirishning asosiy qismi (100%gacha) byudjet manbalaridan (ham federal, ham mintaqaviy byudjetlardan) amalga oshiriladi.
Milliy innovatsiyaviy rivojlantirish asosan quyidagi ikki xil model asosida amalga oshiriladi:
1) innovatsiyaviy
2) absorbsiyaviy
Innovatsion model jahon iqtisodiyotining yadrosini tashkil etuvchi, jahon xo‘jaligining industrial va postindustrial rivojlanish bosqichida institusional-texnologik etalonlar yaratgan mamlakatlar uchun xosdir. Bu mamlakatlar jumlasiga yillar davomida innovatsion salohiyatni rivojlantirib kelgan AQSH va Germaniyani misol qilishimiz mumkin.
Absrobsion yo‘nalishdagi rivojlanish modelida esa, mamlakatlar asosan innovatsiyalarni o‘zlashtirish orqali rivojlanganini ko‘rish mumkin. Absorbsion salohiyatdan samarali foydalangan mamlakatlarga yangi industrial mamlakatlar - Singapur, Tayvan, Malaziya va Xitoyni misol sifatida keltirishimiz mumkin.
Absorbsion salohiyat mamlakat aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi YAIM, inson resurslari (oliy ma’lumotli aholi), infratuzilma, xorijiy investisiyalar, mamlakatning ochig‘lik darajasi kabi omillar bilan aniqlanadi.
Innovatsion salohiyatni yo‘nalishdagi mamlakatlarda ilmiy-tadqiqot, tajriba konstruktorlik ishlanmalari (ITTKI), innovatsiyaviy faoliyatga kiritilgan investisiyalari va yuritgan siyosati aks etadi. Bu ko‘rsatkich YAIM va ITTKI nisbati bilan hisoblanadi.
O‘zbekistonda iqtisodiyotni rivojlantirishda innovatsion yo‘nalish har ikki model asosida amalga oshirilib kelinmoqda. O‘zbekiston Respublikasi uchun asosan selektiv innovatsiyaviy rivojlantirish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalarni jalb etish, lisenziyalar sotib olish, yangi texnologiyalar importini rag‘batlantirish va qulay infratuzilma yaratish xos bo‘lib, islohotlarning bugungi bosqichida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
O’zbekiston Respublikasida mamlakat innovatsiya borasida davlat siyosati iqtisodiy rivojlanish istiqbollaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Iqtisodiy islohotlarning ilk bosqichlarida mamlakat makroiqtisodiy muvozanatni ta’minlash zarriyati turardi va buning uchun qisqa muddatli vositalarga asosiy e’tibor qaratilgan. Ilk davrlarda davlat mablag’larining chegaralanganligi innovatsiyaviy rivojlanishga davlat e’tibori sust bo‘lib ko‘pincha chetda qoladi
Bugungi kunda esa O‘zbekistonning xalqaro maydonga keng qo‘shilib borishi, eksport tarkibida resurs eksportdan yuqori ilm talab mahsulotlar ishlab chiqarishga zaruriyat paydo bo‘lishi, import natijasida raqobatning kuchayishi kabi omillar innovatsiyaviy faoliyatni rivojlantirishga zamin yaratmoqda.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, iqtisodiyotda texnologik, innovatsion va axborot sohalarini rivojlantirish strategik ahamiyatga ega, chunki ushbu tadbirlar korxonalarning ish samaradorligini oshirib, ularning raqobatbordoshligini ta’minlaydi.
Ilmiy faoliyat (ilmiy-tadqiqotchilik faoliyati)- yangi bilimlar olish va qo‘llashga yo‘naltirilgan faoliyat, jumladan:
fundamental ilmiy tadqiqotlar – inson, jamiyat va atrof-muhit tuzilishi, faoliyati va rivojlanishining asosiy qonuniyatlari haqida yangi bilimlar olishga yo‘naltirilgan eksperimental yoki nazariy faoliyat;
amaliy ilmiy tadqiqotlar – asosan amaliy maqsadlarga erishish va muayyan vazifalarni hal qilish uchun yangi bilimlar qo‘llashga yo‘naltirilgan tadqiqotlar.
Innovatsiyaning asosiy xossa (mezon)lari quyidagilar:
- ilmiy - texnik yangilik;
amaliy qamrovligi (sanoatda qo‘llanishi mumkinligi), yangi, masalan: sanoatda, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, ta’lim yoki faoliyatning boshqa sohalarida foydalanilishi;
- tijorat maqsadida amalga oshirishi mumkinligi, bu yangilik bozor tomonidan “tan olinishi”ni bildiradi, ya’ni bozorda sotiladi; bu o‘z navbatida, iste’molchilarning ma’lum talablarini qondirish qobiliyatini anglatadi. Bu shuni bildiradiki, yangi g‘oya qanchalik batafsil bayon qilinmasin, shakllantirib sxema va chizmalarda taqdim etilmasin, agar bu g‘oya amaliyotda foydalaniladigan mahsulot, xizmat yoki jarayonlarda tatbiq etilmagan bo‘lsa, bu hali innovatsiya (yangilik) hisoblanmaydi. YA’ni, innovatsiyaning muhim xossalari, mezonlari g‘oyaning yangiligi, uning amaliy faoliyatda, yangi mahsulotlarda va jarayonlarda mujassamlashgani, amalga oshirilgani
hisoblanadi. Garchand yangi g‘oya real ob’yektlar yoki jarayonlarda mujassamlashgan ekan, u kishilarning amaliy ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
1996 yilda Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotida (UND), 80-yillar oxiri – 90-yillar birinchi yarmidagi, iqtisodchilar va sotsiologlar asarlarini umumlashtiruvchi konseptual maqola “Ekonomika, osnovannaya na znaniyax” chop qilingan edi. Mohiyatan davriy marrani belgilab bergan bu nashr nafaqat mazkur xalqaro tashkilot, balki jahonning barcha rivojlangan mamlakatlari jamiyatshunoslari va siyosatchilari ishida yangi yo‘nalishni ochib berdi, ularni lesikoniga “bilimlarga asoslangan iqtisodiyot”, “bilimlar iqtisodiyoti”, “innovatsion iqtisodiyot”, “bilimlarga asoslangan jamiyat”, “milliy innovatsion tizim”, “elektron xukumat” va hokazo terminlar tezkorlik bilan kirib kela boshladi.
Davlat innovatsion siyosatning ikki asosiy modellari:
1. Bosh maqsadi mamlakat uchun ustuvor ahamiyatga ega bo‘lgan innovatsion yo‘nalishlarni rivojlantirishni rag‘batlantirish bo‘lgan, umummilliy ahamiyat kasb etuvchi ilmiy - texnik dasturlar va loyihalarni bajarishga yo‘naltirilgan model.
2. Bosh maqsadi yangi texnologiyalarni o‘zlashtirish, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarining texnologik imkoniyatlarini kengaytirish bo‘lgan, ilmiy - texnik bilimlarni yoyishga yo‘naltirilgan model.
innovatsion siyosatning bosh iqtisodiy maqsadi bo‘lib milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish va buning natijasida aholi farovonligini oshirish va turmush darajasini yaxshilash bo‘lishi kerak. Ushbu asosiy maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish zarur:
eksportidan yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan mahsulot eksportiga bosqichma - bosqich yo‘naltirish;
- innovatsion - faol institutlarni tashkil etish;
- ta’lim, fan va biznes o‘rtasidagi yaqin hamkorlik va ITTKIga investisiyalaridan samarani oshirish;
- ishlab chiqarish omillari unumdorligining umumiy o‘sishi;
- “bilimlar iqtisodiyoti”ni shakllantirish uchun inson kapitaliga investisiyalarni ko‘paytirish.
Kornell universiteti, Yevropa “Insead” biznes-maktabi va Jahon intellektual mulk tashkiloti dunyo mamlakatlarining Global innovatsiya reytingini e’lon qiladi. Innovatsiya reytingida 84 omil, ya’ni davlatning innovatsiya salohiyati, innovatsiyaga ajratilayotgan xarajatlar va amalga oshirilayotgan ishlar natijalari inobatga olinadi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston ushbu ro‘yxatda 128-o‘rinda qayd etilgan.
Olimlarning fikricha, mamlakat innovatsion taraqqiyotga erishish uchun ushbu tarmoqqa yalpi ichki mahsulotning 1 foizi miqdoridan kam bo‘lmagan miqdorda mablag’ yo‘naltirishi kerak. Hisob-kitoblarga ko‘ra, bu O‘zbekistonda taxminan 0,19 foizni tashkil qiladi.
Xulosa qilib ta’kidlash mumkinki, mamlakatlarda davlat innovatsion siyosatlarning ko‘pchiligi o‘zlarining milliy vazifalarini hal etishlari uchun qabul qilinadi, biroq shu bilan birga, aynan innovatsiyalar butun jahon hamjamiyatini qo‘yilgan maqsadiga erishish va umumiy farovonlikni ta’minlash uchun birlashtiruvchi “yangi mafkura” sifatida namoyon bo‘lmoqdalar.

Yüklə 291,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə