Kashfiyot-texnik masalalarni yechishning ilmiy asosisifatida



Yüklə 8,64 Mb.
tarix29.11.2023
ölçüsü8,64 Mb.
#143001
O. G‘aniboyev 3


Kashfiyot-texnik masalalarni yechishning ilmiy asosisifatida.
“Kashfiyot”, “ixtiro” tushunchalari innovasiya bilan chambarchas bog‘liqdir. Bunday bog‘liqlikning asosi sifatida ushbu tushunchalar qatori uchun muhim bo‘lgan “yangi” va “ijod” tushunchalari chiqadi. Ushbu tushunchalar bilan birga qayd etiladigan barcha hodisalar u yoki bu darajada ijod mahsuli hisoblanadi. Zero, ular kreativ jarayonda yaratiladi, shakllanadi hamda ularning ajralmas tavsifi yangilik sanaladi.
Tabiiy ravishda, kashfiyot, ixtiro, innovasiya bir turdagi hodisalardir. Biroq ularning birinchisida individual-shaxsiy jihat, oxirgisida esa ijtimoiy-madaniy jihat hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. K.Fayndley va CH.Lamsdenlar kashfiyot va innovasiyaning tabiati haqida so‘z yuritib, shunday yozadilar: “Biz avval boshdan kashfiyot mezonlariga cheklovlar qo‘ymaymiz. Biroq u yangilik talablariga javob berishi va tanlovning sosiomadaniy o‘lchoviga muvofiq bo‘lishi zarur”.
Bundan tashqari, ushbu mutaxassislar fikrlarida davom etgan holda: “Innovasiya – jamiyat tomonidan muayyan darajada tan olingan har qanday kashfiyotdir. Kashfiyotni innovasiya sifatida baholash uchun, uni translyasiya qilish imkoni mavjud bo‘lishi zarur”64, - deb yozadilar. SHunday qilib, kashfiyot-innovasiya juftligida kashfiyot individual-shaxsiy darajada mutloqlikka yaqin bo‘lgan yuqori yangilik bosqichida amalga oshadigan kreativ jarayon mahsuli sifatida, innovasiya esa, sosiomadaniy darajada mutlaqlikka yaqin bo‘lmasa-da, muayyan yangilik bilan amalga oshadigan kreativ jarayon mahsuli tarzida namoyon bo‘ladi.
Ushbu hodisalar o‘zaro aloqador va o‘zaro ta’sirda bo‘lsa-da, har qanday kashfiyot ham innovasiya bo‘la olmaydi. E.N.Knyazevaning ta’kidlashicha, ko‘p hollarda kashfiyot o‘zi uchun yangilik sifatida qoladi yoki cheklangan translyasiya doirasiga ega bo‘ladi va kelgusi izlanishlar uchun zarur bo‘lgan lokal muhitnigina o‘zgartiradi. Biroq har qanday innovasiya ham yangi kashfiyot bo‘lavermaydi. Masalan, avval mavjud narsa, hodisalarning takomillashgan modifikasiyasini yaratish bunga misoldir. I.T.Balabanov kashfiyot va innovasiyani qiyosiy tahlil qilgan holda, ularning o‘zaro farqlarini quyidagicha tavsiflaydi:
– “Kashfiyot, shuningdek, ixtiro ham qoida tariqasida fundamental darajada amalga oshiriladi. Innovasiya esa, texnologik (amaliy) tartibda yaratiladi.
– Kashfiyot yakka ixtirochi tomonidan qilinishi mumkin. Innovasiya esa, jamoa (laboratoriyalar, institut bo‘limlari) tomonidan ishlab chiqiladi va innovasion loyiha sifatida amaliyotga joriy etiladi.
– Kashfiyotdan foyda olish maqsadi ko‘zlanmaydi. Innovasiya esa, doimo sezilarli darajadagi foyda olish, xususan, katta pul mablag‘lariga ega bo‘lish, texnika va texnologiyaga qandaydir yangilikni joriy etgan holda mehnat samaradorligini oshirish, ishlab chiqarish tan narxini pasaytirishga yo‘nalgan bo‘ladi.
– Kashfiyot tasodifan sodir bo‘lishi mumkin, innovasiya esa, doimo izlanish natijasi bo‘lib, uni qo‘qqisdan ishlab chiqib bo‘lmaydi. Innovasiya aniq maqsad va texnik-iqtisodiy asoslarni taqozo etadi”.
Ixtiro, kashfiyot va innovasiya o‘rtasidagi o‘ziga xos “oraliq” holatidir. Agarda, kashfiyot tabiatdagi avval ma’lum bo‘lmagan hodisalarni aniqlash, innovasiya bozor talablariga muvofiq bo‘lgan ijodiy faoliyat mahsuli bo‘lsa, ixtiro esa, inson yaratuvchanlik faoliyatining turli texnik-texnologik mahsulotlarini ifoda etadi.
Yüklə 8,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə