Ishlab chiqarishda boshqaruv


Korporativ innovatsion tizimlar



Yüklə 291,36 Kb.
səhifə22/46
tarix19.12.2023
ölçüsü291,36 Kb.
#151969
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   46
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi f-fayllar.org

4.Korporativ innovatsion tizimlar.
O‘zbekiston Respublikasida innovatsion g‘oya va ishlanmalarni rivojlantirish va uni xalq xo‘jaligiga tatbiq etish bo‘yicha maxsus ko‘rsatmalar berilgan. Bu hujjatda respublikamizdagi ishlab chiqarish korxonalari hamda O‘zR FA ilmiy-tekshirish institutlari, O‘zR Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tasarrufidagi oliygohlarning kafedralarida yaratilayotgan yangi zamonaviy innovatsion g‘oya va ishlanmalarni xalq xo‘jaligiga tatbiq etish uchun ilm-fan integrasiyasi ishlab chiqarishda tayyorlangan tovar va xizmatlarning raqobatdoshligini oshirish kichik biznes va xususiy tadbirkorlikda innovatsion faoliyatni rivojlantirish va ilmiy-texnika yangiliklarini xalq xo‘jaligiga tez va sifatli tatbiq etish hamda ishlab chiqarishlararo ilmiy va amaliy ishlanmalarni bozor talablari asosida kengaytirish hamda xalq xo‘jaligiga zamonaviy texnologiyalarni kiritish va yangi assortimentdagi mahsulotlarni yaratish, ularni bir-biriga bog‘langan samarali mexanizmni ishlab chiqish hamda bunday innovatsion g‘oya va ishlanmalarni xalq xo‘jaligiga tatbiq etayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash uchun venchurli innovatsion kreditlarni amalga oshirish zarur. Yangi innovatsion g‘oyalar, ishlamalar va texnologiyalar ishlab chiqish, uni ishlab chiqarishga joriy qilish respublikamiz iqtisodiyotini ko‘tarishning asosiy shartlaridan biridir.
Insoniyat tarixiy taraqqiyotining barcha rivojlanish davrida iqtisodiy rivojlanishning asosiy omili o‘sha davrdagi intellektual mulk taraqqiyoti bilan chambarchas bog‘liqligi orqali baholanadi. Bu taraqqiyotning negizini yaratilgan kashfiyotlar va ixtirolar tashkil etadi. Hozirgi vaqtda yuqori iqtisodiy ko‘rsatkichlarga erishgan davlatlar AQSH, Yaponiya, Xitoy va boshqalar boshqa davlatlarga qaraganda yaratilayotgan ixtirolari va ularni zudlik bilan ishlab chiqarishga yo‘naltirayotganligi bilan ajralib turadilar.
5.O’zbekistonda milliy innovatsion tizimlar rivojlanishdagi o’ziga xos xususiyatlari.
Ekspertlar hisob-kitoblariga koʻra, bugungi kunda dunyodagi ilgʻor davlatlar iqtisodiyotining qariyb 50 foizi klaster usuliga oʻtgan. Masalan, Yevropa Ittifoqida 2 mingdan ziyod klasterlar mavjud boʻlib, ularda ishchi kuchining 38 foizi qamrab olingan. Daniya, Finlyandiya, Norvegiya, Shvetsiya sanoatida toʻliq klaster usuli tatbiq qilingan. AQSHda esa mamlakatdagi mavjud korxonalarning yarmidan ziyodi shu tizimda ishlab, ular tomonidan tayyorlanayotgan tovarlar yalpi ichki mahsulotning 60 foizini tashkil qiladi.Ularning eng mashhuri sizu bizga tanish boʻlgan “Silikon vodiysi”dir. 87 mingta kompaniya, 40 ta tadqiqot markazi va oʻnlab universitetlar faoliyat yuritadigan mazkur innovatsion klaster infratuzilmasiga 180 ta venchur firmasi, 47 ta investitsiya va 700 ta tijorat banki xizmat koʻrsatib keladi. Xoʻsh, nima uchun jahonning eng ilgʻor iqtisodiyotlari aynan klasterlashtirish yoʻlidan bormoqda?
Germaniyalik mutaxassislar fikricha, aynan klaster kelajakdagi kuchli, murosasiz raqobat muhitida yutib chiqishning eng oqilona yoʻlidir. Zero, bunday mexanizm har qanday sharoitga moslasha oladi, ham iqtisodiy, ham ijtimoiy muammolarni izchillik bilan samarali yechib beradi, nafaqat muayyan hudud, balki davlatning xalqaro maydondagi raqobatdoshligini mustahkamlaydi, nufuzini oshiradi. Qolaversa, innovatsion iqtisodiyotga oʻtishning muhim bosqichi hisoblangan ushbu tizim ilm-fan, taʼlim hamda ishlab chiqarish integratsiyasini chuqurlashtirish, yangi innovatsion texnologiyalarni amaliyotga jadal joriy etishga xizmat qiladi.
Oʻzbekistonda ham mamlakat va jamiyatning mukammal innovatsion qiyofasini yaratishda klaster usulidan foydalanishga katta eʼtibor qaratilyapti. Bunga agrar sohadagi saʼy-harakatlar yaqqol misol boʻla oladi. Ayni paytda paxta-toʻqimachilik klasterlari soni koʻpayib borayotgani, kelgusida paxta yetishtiruvchi 133 tumandan 70 tasi toʻliq klaster tizimiga oʻtishi, yangi tuzilayotgan klasterlar tomonidan 41 korxona tashkil etilib, 25 mingga yaqin ish oʻrinlari yaratilishi rejalashtirilayotgani diqqatga sazovor. Boisi klaster usuli oldingi tizimlardan tubdan farq qiladi. Bir-ikki yil ichida bu tizim byudjetga ikki karra koʻp foyda keltiradi. Tizim amaliyotga samarali joriy etilishi natijasida paxta yetishtirish ishlaridan boʻshab, ijtimoiy sohani rivojlantirish, qurilish sohasini talab darajasida amalga oshirishni nazorat qilish imkoniga ega boʻladi.
Birgina misol. 2018 yil paxta yetishtirishda ogʻir kelgan boʻlsa-da, mamlakatimizning barcha hududlarida tashkil etilgan klasterlar 100 foiz kutilgan natijani berdi.
Oʻzbekiston sharoitida agroklasterlarni rivojlantirish eng toʻgʻri yoʻldir. Chunki qishloq xoʻjaligi uchun noqulay kelgan yillarda ham klasterning boshqa tashkilotlari hisobidan umumiy ish oʻrni va ish haqi saqlab qolinadi. Yaʼni tabiat injiqligining biznesga, ishlovchilar daromadiga taʼsiri kamayadi. Almashlab ekish imkoniyati paydo boʻladi va tuproq unumdorligi qayta tiklanadi.
Oʻzbekiston Prezidentining 2017 yil 19 maydagi Buxoro viloyatida zamonaviy paxta-toʻqimachilik klasterini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi qarori asosida tuzilgan “VST Cluster” xorijiy korxonamiz ham shunday mezonlar boʻyicha faoliyat yuritib kelmoqda. Mazkur klaster tizimida jami sakkizta kompaniya faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.Ayni paytda tegishli oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlikda kadrlar tayyorlash, ularning malakasini oshirish, ilmiy-amaliy izlanishlar olib borish boʻyicha hamkorlikni ham yoʻlga qoʻyganmiz.
Davlatimiz rahbari dunyoning ilgʻor mamlakatlari qatoridan joy olish yoʻli, bu — agrar sohada, ilm-fanda, taʼlim tizimida va boshqa sohalarda klaster tizimlari joriy etilishi hisoblanishini koʻp bor taʼkidlab kelyapti. Yengil sanoat, neft-gaz, kimyo, biotexnologiya, AKT, avtomobilsozlik, transport-logistika, rekreatsion-turistik, oziq-ovqat, taʼlim, baliqchilik, parrandachilik, asalarichilik, ipakchilik shular jumlasidandir. Mazkur sohalarda klaster tizimlarini yaratish ilmiy tadqiqot va ishlanmalarni moliyalashtirish hajmini koʻpaytiradi, sifatini yaxshilaydi. Investitsiyaviy tashqi loyihalarda ishtirok etish, ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va malakasini oshirishning yangi imkoniyatlarini yaratadi.
Bundan tashqari, klaster tizimida taʼlim ishlanmalarini yaratish, ularni qisqa muddatda sinovdan oʻtkazish, ishlab chiqarish va ilmiy izlanishlardagi xodimlar hamda mutaxassislar mehnatlarini koʻproq ragʻbatlantirish, yangi tovarlarni Oʻzbekiston brendi bilan ixtiro qilish uchun keng imkoniyatlar va sharoit paydo boʻladi.


Yüklə 291,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə