Ishlab chiqarishda boshqaruv


Mintaqalarning innovatsion rivojlanish sikllari



Yüklə 291,36 Kb.
səhifə21/46
tarix19.12.2023
ölçüsü291,36 Kb.
#151969
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   46
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi f-fayllar.org

3. Mintaqalarning innovatsion rivojlanish sikllari
Mintaqalarda ilmiy loyihalarni tashkil etish va joriy etish maqsadida innovatsion faoliyat va texnologiyalar transferiga mas’ul xududiy markazlar ishlab turibdi. Markazlar ilmiy-texnika sohasidagi mustaqil agentliklar bo’lib, ular erkin va demokratik tarzda boshqariladi. Boshqaruv tarkibiga mahalliy hokimiyatlar, korxona, ilmiy va o’quv yurtlarining vakillari kiradi. Hozirgi kunda Respublikamizda innovatsion faoliyat va texnika transferi bo’yicha 8 ta hududiy markaz faoliyat olib bormoqda. Ular Qoraqaipog’iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Surxondaryo, Qashqadaryo, Farg’ona, Andijon, Namangan viloyatlarida joylashgan.
Rivojlangan mamlakatlar tajribasi haqida gapiradigan bo’lsak ularda “bilimlar iqtisodiyoti”ning shakllanishida davlatning fan sohasidagi buyurtmasidagi ulushi kamayib, yirik korporatsiyalarning ilmiy bo’limlari, kichik va o’rta miqyosdagi ilmtalab firmalarning mamlakat ilmiy-texnik rivojlanishidagi hissasi ortib bormoqda. Respublikamizdagi innovatsion taraqqiyot davlat, kichik biznes va fuqarolik jamiyatlari institutlarining tizimli va maqsadga yo’naltirilgan harakatlariga tayangan holda davom etmog’i lozim. Bu maqsadlarni amalga oshirish uchun OTMda innovatsion faoliyat, innovatsion menejment, texnologiyalar transferi va tijoratlashtirish, intellektual mulk nazariyasi va huquqiy asoslari, innovatsion loyihalarni boshqarish, bozorga yo’naltirish sohalarida faoliyat yurituvchi kadrlar tayyorlanishi zarur, OTMlarida shunday kurs va o’quv dasturlarini yaratish maqsadga muvofiq.
Inson resursini rivojlantirish va qo’llab-quvvatlashga qaratilgan yondashuv bilimlar jamiyati kontseptsiyasini tashkil qiladi va qashshoqlikka qarshi kurash samaradorligini ta’minlab, rivojlanish siyosati asosini yaratgan holda, inson huquqlari hamda asosiy erkinliklariga to’liq rioya qilishni ta’minlashi lozim.
Negaki, bilim va rivojlanish o’rtasidagi bog’liqlik bilimlar jamiyatini bar’o etish uchun asos bo’lib, bilim iqtisodiy ehtiyojlarni qondirish vositasi va rivojlanishning ajralmas bir bo’lagi sanaladi. Rivojlanayotgan bilimlar jamiyati markazida siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy o’sish sur’ati qashshoqlikka qarshi kurash, fuqarolik va siyosiy huquqlarni ilgari surish maqsadlari o’rtasidagi ijtimoiy bog’liqlikni yaqqol namoyon etadi.
So’nggi yillarda yangi hodisalar va tushunchalarni o’rganadigan ko’plab ilmiy adabiyotlar paydobo’ldi. Birinchi navbatda, bilimlarni yaratish va ulardan samarali foydalanishga bag’ishlangan tarjima ishlarini qayd etish lozim. Bilimlarga asoslangan iqtisodiyotga bevosita taalluqli bo’lmagan ayrim nashrlar intellektual kapitalva bilimlar menejmenti nazariyasining u yoki bu jihatlarini ishlab chiqmoqda. A.A.Dinkin, N.I.Ivanova, S.M.Klimovning ishlari ushbu mavzudagi dastlabki Rossiya nashrlari sirasiga kiradi. 2003 yilda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti ho’zuridagi Rossiya davlat xizmati akademiyasining mualliflar jamoasi ishi chop etildi. Shu yili A.N.Kozirev va V.L.Makarovning fundamental ishi, shuningdek, bilimlar iqtisodiyoti bo’yicha o’quv qo’llanmasi nashr etildi. BMT Rivojlanish Dasturining Rossiyada bilimlarga asoslangan jamiyat tashkil to’ishiga bag’ishlangan 2004 yilgi yillik to’plam mamlakat ilmiy g’oyasiga jiddiy o’zgarish kiritdi.
Fan bilan ishlab chiqarish o’rtasidagi uzviy hamkorlikni ta’minlashning asosiy shartlaridan biri texnologiyalar transferining bozor mexanizmidir. Bu jarayonni tezlashtirish uchun milliy sanoatimizda yangi texnologiyalarni yaratish va mavjudlarini qo’llashni, olimlar tomonidan biznes takliflarini rag’batlantiruvchi mexanizm yaratilishi lozim. Kontseptsiyada ta’kidlanganidek, bunday mexanizm sifatida davlatning texnologiyalar transferini qo’llab-quvvatlaydigan ilmiy va sanoat korxonalarining konsortsiumi bo’lishi mumkin. Agar korxona yangi ishlanmani bozorda sotib olmoqchi bo’lsa va olimlar ilmiy tashkilot vakillari sifatida ilmiy tadqiqotlarni nihoyasiga yetkazishda, sanoat texnologiyasini yaratishda qatnashmoqchi bo’lsa, unda bu jarayon, loyiha davlat tomonidan moliyalashtirilishi mumkin. Bunday holatda ishlanmalarni nihoyasiga yetkazish xarajatlarini qisman yoki to’la davlat qo’llashi ( ya’ni sanoat korxonasi yoki ilmiy-tadqiqot institutining riski pasayadi), ilmiy-tadqiqot instituti tayyor mahsulotni sotishdan olinadigan foydadan o’z ulushini olishi mumkin (ya’ni konsortsiumda ishtirok etish manfaatdorligi oshadi).
Institutsional tub o’zgarishlar, bilimlar iqtisodiyotining “ijtimoiy kapital” deb nom olgan qismini tadqiq etish bo’yicha ishlarni alohida blokka ajratish mumkin. Bu borada F.Fukuyamaning ijtimoiy kapitalsingari toifani jiddiy ravishda rivojlantirib, to’ldiradigan ishi alohida e’tiborga loyiq. Ushbu toifa G’arbda iqtisodiy va ijtimoiy tadqiqotlarda keng qo’llanilmoqda. Mehnatni bilimlar bilan almashtirish olimlarga mehnat faoliyatini ijodkorlik, innovatsiyalar, g’oyalarni ishlab chiqish bo’yicha ajralib turadigan yangi faollik turiga almashtirish mumkinligi haqida gapirishga asos bo’ladi. Bu yerda gap axborot to’plash va uni qayta ishlash bo’yicha tan olingan hamda ma’naviy yo’naltirilgan faoliyat – intellektual faollik haqida bormoqda.
Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, bilimlarni yaratish va ulardan foydalanish nuqtai nazaridan tarmoqlarni bilimlarni ishlab chiqaruvchilar va iste’mol qiluvchilarga tasniflash mumkin. Birinchi guruhga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, ilm-fan va ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari (ITTKI), ta’lim, yuqori texnologik ishlab chiqarish, nano va biotexnologiyalar (mutaxassislar, muhandislar, ilmiy xodimlar, dasturchilar, dizaynerlar, professor-o’qituvchilar va hokazolar)ni kiritish mumkin.

Yüklə 291,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə