|
Islom diniga doir manba va adabiyotlar
ISLOM DINIGA OID YOZMA MANBALAR3-мавзу маърузаси115
ISLOM DINIGA OID YOZMA MANBALAR
Makkai mukarrama, Madinai munavvarada yashagan, ham-
da ko‘plab ulamolar, muhaddislar bilan muloqotda bo‘lgan va
ta’lim olgan.
Abu Iso Muhammad Termiziy o‘z davrining ko‘plab mash-
hur muhaddislaridan ta’lim olgan. Bular orasida “Kutubi sitta”,
ya’ni olti ishonchli hadis kitoblari musani
fl
ari Imom al-Buxoriy,
Imom Muslim, Abu Dovud kabilar bor.
Olimning sayohat va izlanishlari ko‘p yillar davom etgan.
Yigirma yil davomida u o‘zga yurtlarda hadislarni o‘rgangan
va ularni to‘plagan.
Ilmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Imom Termiziy hijriy 225-yilda
Nishopurda Imom Buxoriy bilan ko‘rishgan va ko‘p hadislar
xususida u bilan
fi
krlashgan. Shundan so‘ng olim “Al-jomi’ as-
sahih” (“Sunani Termiziy”) kitobini yoza boshlagan.
“Al-jomi’ as-sahih” (“Sunani Termiziy”) asariga yozilgan
sharhlarga kelsak, bu asar ulamolar ommasiga o‘ta maqbul
bo‘lganidan unga ko‘plab sharhlar va hoshiyalar yozganlar.
Kitobning mashhur sharhlari quyidagilar:
1. Asqaloniy. “al-Lubob
fi
sharhi Termiziy va
fi
-l-bob”.
2. Alloma Anvarshoh Kashmiriy. “al-arf ash-shaziy taqriri
“Jomi’ Termiziy”.
3. Alloma Sirojiddin ibn al-Mulqan. “Sharhu ibn al-Mul-
qan”.
4. Qozi Abu Bakr ibn al-Arabiy. “Orizat al-ahvaziy bi-sharhi
“Jomi’ Termiziy”.
Muhaddis ulamolar Termiziy haqida gapirib,
u zotni juda
maqtaganlar. Bu borada Imom Buxoriyning ushbu mashhur
so‘zlarini keltirish kifoya; u zot o‘z shogirdi Imom Termiziyni
g‘oyat qadrlab, kamtarinlik bilan: “Sen mendan bahramand
bo‘lganingdan ham ko‘ra, men sendan ko‘proq bahramand
bo‘ldim”, degan.
Imom Abu Ahmad Nishopuriy esa bunday yozadi: “Mu-
hammad Ismoil o‘zidan keyin Xurosonda zuhdu taqvoda Ter-
|
|
|